Asliy sifatmi yoki nisbiy sifat? Elbek Mo’minov Hasan o’g’li, Urgut tumanidagi 33-o‘rta maktabning ona tili va adabiyot o‘qituvchisi. Annotatsiya



Download 21,67 Kb.
bet1/2
Sana09.07.2022
Hajmi21,67 Kb.
#760333
  1   2
Bog'liq
ASLIY SIFAT MAQOLA


ASLIY SIFATMI YOKI NISBIY SIFAT?
Elbek Mo’minov Hasan o’g’li,
Urgut tumanidagi 33-o‘rta maktabning
ona tili va adabiyot o‘qituvchisi.
Annotatsiya: Ushbu maqolada sifat so’z turkumining asliy va nisbiy turlari haqida so’z boradi. Maqola muallifi sifat so’z turkumidagi asliylik va nisbiylik tushunchalarining bugungi kundagi e’tiborsiz qoldirilayotgan ayrim jihatlarini ochib berishga intilgan.
Kalit so‘z va iboralar: Belgini to’ridan to’g’ri ko’rsatish, asliy va nisbiy sifat, qiyosiy daraja, aqlli, ezgu, devoriy,ajib.
Аннотация: В этой статьe речь идёт о качественных и относительных прилагательных. Здесь автор статьи постарался открыть несколько нових аспектов качественных и относительных прилагательных, которые в нынещное время остаются неизучаемой стороной имён прилагательных.
Ключевые слова и слова сочетания:
Показать знак в прямом состаянии; качественное и относительное прилагательное; сравнительная стенень прилагательных; умный, добро, стенный (-ая, –ое, – ые); удивительный.
Annototion: In this artisle we will talk about the original and ulotive types of adjectives the auth or of the articli seek to reveol some aspects of the conseptsof originality and relotivity in the cotegory of adjectives that are neglected today.
Key words and phroses: Direct presentotion of beigi originol and relotive degree intelligent, noble poster, wonderful.
Barchamizga ma’lumki, bugungi kun ona tili ta’limida sifat so‘z turkumining asliy yoki nisbiyligini belgilashda faqat sifatning qiyosiy darajasi shakli -roq qo‘shimchasiga tayanib qolganmiz. Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatish, darajalanish degan qoida esa o‘z kuchini yo‘qotib borayotganga o‘xshaydi.
Bugungi kun darsliklari va qo‘llanmalaridagi qoidaga asosan muallif(lar) tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan misollarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, barcha asliy sifatlar -roq qo‘shimchasini qabul qilganiga guvoh bo‘lamiz. Afsuski, belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri va darajalab ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, -roq qo‘shimchasini qabul qilolmaydigan ezgu, ajib kabi asliy sifatlarga birorta ham misol yo‘qligi ajablanarli holatdir. Quyida bugungi avlod darsliklari va ayrim qo‘llanmalardan iqtibos keltiramiz.
Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalaydigan va uni darajalab ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: go‘zal, chiroyli, shirin, oq, aqlli, yuzaki. Bunday sifatlar -roq qo‘shimchasini qabul qiladi. Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi: qishki, ko‘chma, derazali, devoriy. Bunday sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi1.
Bundan kelib chiqadiki, darajalanuvchi sifat – asliy sifat: katta ( kattaroq – eng katta), yaxshi ( yaxshiroq – eng yaxshi), achchiq ( achchiqroq – eng achchiq).
Darajalanmaydigan sifatlar nisbiy sifat deyiladi: tonggi, kuzgi, kechki, keyingi, bulturgi bugungi.2
Amaldagi darslik va o‘quv qo‘llanmalarni ko‘zdan kechirganimizda, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, -roq qo‘shimchasini qabul qilmaydigan, lekin darajalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan asliy sifatlarga ularning hech birida misollar keltirilmagan. Ezgu, ajib singari bir qancha so‘zlar “eng” leksik vositasi orqali darajalanish xususiyatiga ega: Eng ezgu ish, eng ajib manzara.
Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatadigan bunday so‘zlarga e’tibor nafaqat maktab darsliklarida, balki bugungi kun adabiyotlarining barchasida alohida to‘xtalib o‘tilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.
Biz sizlar bilan yuqorida tub asliy sifatlar haqida mulohaza yuritdik. Endi esa so‘z yasovchi qo‘shimchalar (affiksatsiya) yordamida yasalgan yasama sifatlar orasida ham mavjud bo‘lgan tushunmovchilik haqida fikr yuritamiz. Keling, fikrimizni boshlashdan oldin qoidani bir eslab olamiz.
Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalaydigan va uni darajalab ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: go‘zal, chiroyli, shirin, oq, aqlli, yuzaki. Bunday sifatlar -roq qo‘shimchasini qabul qiladi.
Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi: qishki, ko‘chma, derazali, devoriy. Bundaysifatlar nisbiy sifatlar deyiladi3.
Keling, endi fikrimizda davom etsak. Demak, asliy sifat bo‘lishi uchun so‘zlar belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalashi lozim hamda darajalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Go‘zal so‘zi ma’lum bir tushunchaga nisbatlanmaganligi uchun asliy sifat deyiladi. Lekin aqlli, chiroyli kabi so‘zlar belgini go‘zal so‘zi kabi to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsata oldimi? Aql so‘ziga nisbat berilmadimi? Yoki -roq qo‘shimchasini qabul qilgani, darajalab ko‘rsatgani uchun asliy sifat deymizmi? Qishki so‘ziga ham ma’lum bir tushunchaga nisbat berilgan-ku. Darajalab ko‘rsata olmaganligi uchun nisbiy sifat hisoblanadimi? Shu o‘rinda sizga yana bir ma’lumotni keltirib o‘tsam.
Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalaydi va uni darajalab ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi: oq, suluv, keng.
Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatlangan holda ifodalaydi va daraja ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi: aqlli, ilmiy, tuzsiz4.
Yuqoridagi ma’lumotga asoslanib mulohaza yuritadigan bo‘lsak, asliy sifatlar yasalish xususiyatiga ega emas. Siz buni keltirilgan barcha sifatlarning (oq, suluv, keng) tub ekanligidan ham sezgan bo‘lsangiz kerak. Nisbiy sifatlar uchun esa (aqlli) -roq qo‘shimchasini qabul qilish-qilmasligi, daraja ko‘rsatish-ko‘rsatmasligi ahamiyatga ega emasligini ko‘rdingiz. Chunki, haqiqatan ham, keltirilgan barcha misollar ma’lum bir tushunchaga nisbatlangan.
Sifatlarni asliy va nisbiyga ajratishda darsliklarda ham qator muammolar mavjud. Bu esa, guvohi bo‘lganingizdek, maktab darsligidagi va ba’zi qo‘llanmalardagi asliy va nisbiy sifatlarning qoidasiga ozgina o‘zgartirish kiritilsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini anglatib turibdii. Bu fikrimiz bilan kuchli, aqlli singari so‘zlarni nisbiy sifatlarga o‘tkazish kerak, demoqchi emasmiz. Bundan osonroq yo‘l bor bizning nazdimizda. Maktab darsligi va boshqa qo‘llanmalardagi nisbiy sifatlarni tashkil etgan yasama sifatlarning ko‘pchiligi o‘rin va paytga nisbatlanganligini va hamisha nisbiy sifatni yuzaga keltirishini, aqlli, chiroyli, yuzaki kabi otga nisbatlangan so‘zlar daraja ko‘rsata olsa, -roq qo‘shimchasini qabul qilsagina asliy bo‘lishini, devoriy, derazali kabi otga nisbatlangan so‘zlar daraja ko‘rsata olmasligi, -roq qo‘shimchasini qabul qila olmasligi uchun nisbiy sifat hisoblanishini aytib o‘tishsa, ba’zi tushunmovchiliklar barham topgan bo‘lar edi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga tayangan holda maktab darsliklaridan foydalanishda, o‘quvchilarga bu ma’lumotlarni o‘rgatish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

Download 21,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish