Da yuklamasining bog‘lovchiga o‘tishi sekinlik bilan ro‘y bergan. Ba’zi holatlarda da yuklama sifatidagi o‘rnidan boshqa o‘ringa ko‘cha olmagan. U yangi sifatlarga ega bo‘la borib, gapning oxiriga birika boshlagan. Bu bilan gap oxiridagi o‘rnni egallagan da bog‘lovchisi bilan bir turdagi kesimning transformatsiyasi (bir turdan boshqasiga o‘tish) holati kuzatiladi.
Ya va da bog‘lovchilari<taqï>ta//da, yada>ya(yaq fe’lidan bo‘lib, birik-moq+ravishdosh affiksi). Bu yerda ikkinchi bo‘g‘in tushib qolgan.
Ba’zi turkiy bog‘lovchilar, kelib chiqishi ancha qadimiy bo‘lishiga qaramay, mintaqaviy tarqalgan. Masalan, yana bog‘lovchisi turli fonetik ko‘rinishlarda, asosan, qipchoq va unga qo‘shni bo‘lgan tillarda qo‘llaniladi: uyg‘. yana, boshq. yänä, tat. yanä, qoz. jäne, qirg‘. jana kabi.
Yana bog‘lovchisi o‘rxun yodnomalari (Bilga xoqon)da uchraydi. Unda kuchaytiruv yuklamasi ma’nosiga ega.
Ayrim bog‘lovchilarning tarqalishi chegaralangan: a zidlovchi bog‘lovchi: qoz., qirg‘., tuv., q.balq. barab.tat. a; tat., boshq. ä. Uning ancha qadimiy shakli al deb taxmin qilinadi. Bu hozir ham ba’zi turkiy tillarda shu holatda saqlangan: q.qalp., qoz., qirg‘. al.
Ushu bog‘lovchi qozoq, qirg‘iz. tilidagi al (shu) yuklamasi bilan genetik jihatdan amomorf o‘xshashlikka ega.
Ba’zi turkiy tillarda a bog‘lovchisi negizida murakkab bog‘lovchilar vujudga kelgan: qirg‘., al emi (endi-chi?)<al+emi; olt. aysa, qirg‘., q.qalp. al (nahotki).
Ta’kidlangan bog‘lovchilar ancha qadimiy bo‘lgan holda, ehtimol, umumiy manbaga ega bo‘lib, turkiy tillarda o‘xshashlik taraqqiyoti bilan vujudga kelgandir. Boshqa bog‘lovchilar ancha keyingi davrga mansub bo‘lib, ular XI–XIII asrlarga borib taqaladi.
Bog‘lovchilarning alohida yordamchi so‘z sifatidagi taraqqiyoti ravish, fe’l, yuklama, olmosh va boshqa so‘z turkumlariga borib taqaladi. Ular ko‘pchilik turkiy tillarda o‘ziga xos ravishda qo‘llaniladi. Ammo ayrim turkiy tillarda ularning taraqqiyoti o‘xshash.
Yuklamalar negizida yuzaga kelgan bog‘lovchilar ancha qadimgi davrga mansubdir: qoz., qar., qum., no‘g‘.: tek (faqat, ammo)<tek. Ushbu bog‘lovchi, asosan, qipchoq tillarida tarqalgan.
Ba’zi bog‘lovchilar sonlar negizida vujudga kelgan: bir: qoz: birde, xak. pirde, tuv. birde, chuv. perre, tuv. bireves (agar). Mazkur bog‘lovchilarning aniq areali bo‘lmaganligi, ularning turli tillarda (modeli umumiy bo‘lishiga qaramay) vujudga kelishi mustaqildir. Bir so‘zining bog‘lovchi vazifasida qo‘llanishi turk tilida qayd qilingan. Bir soni asosida vujudga kelgan boshqa bog‘lovchi O‘rta Osiyo arealiga tegishli: qoz., q.qalp.: biroq, uyg‘. biroq, o‘zb., qirg‘. biraq<aq– kuchaytiruv-chegaralov yuklamasi. Ushbu bog‘lovchining keyingi taraqqiyoti da//ta yuklamasini biriktirish orqali sodir bo‘lgan: qoz. bїraqta, qirg‘. biraqta. Nihoyat, turkiy tillarda fe’l o‘zagidan, bir so‘zidan hosil qilingan bog‘lovchilar keng tarqalgan: bir+la (fe’l yasovchi affiks)+n (ravishdosh affiksi): qum., uyg‘. bilän, o‘zb. bilan, turkm. bilen, qirg‘., qoz. benen//menen//penen, tuv. bile, q.balq. bilä, qoz. men//ben//pen, no‘g‘. man//ban//pan//men//ben//pen; q.tat. pen//ile; gag. lan//län//nan//nän, tur. ile//la//le, olt.: la//le//lo//lö; xak. nañ//neñ. Bir va uning negizida paydo bo‘lgan bog‘lovchi, dastlab, ko‘makchi, undan ham avval ravish (ravishdosh) bo‘lib, ularning kelib chiqishi bobotil davriga borib taqaladi.
Ba’zi bog‘lovchilar fe’ldan vujudga kelgan bo‘lib, turkiy tillarda keng qo‘llaniladi: bol, yer va de. Bu bog‘lovchilar har bir turkiy tilda mustaqil vujudga kelgan bo‘lib, ergashtirish ma’nosiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |