O‘zbek tilshunosligi kafedrasi



Download 3,85 Mb.
bet179/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

-achaq//-echek affiksli sifatdosh -chaq//-chäk qo‘shimchasiga borib taqa-ladi: ozarb. utanjag gїz (uyalchang qiz). Demak, bu yerda, dastlab, -chaq//-chakli sifat va otdan tarkib topgan atributiv so‘z birikmasi bo‘lgan.
Amalda sintaktik qayta tiklashda morfologik tayanch bo‘lmasligi mumkin. Masalan, miqdor son+ot tipidagi aniqlovchili so‘z birikmasi turkiy tillarda morfologik tayanchga ega bo‘lmaydi: o‘r.tat. bish a°t (besh ot), tur. altї gün (6 kun) va hokazo. Ammo bobotilda bu so‘z birikmasining mavjudligiga hech qanday shubha yo‘q. Bu sonlarning yalpi tarqalganligi va ularning umumturkiy arxetipini tiklash imkoniyatini bildiradi.
Turkiy tillarda aniqlovchi so‘z birikmasi hosil qiladigan aq tipli affikssiz sifatlar mavjud: aq at (oq ot). Bunday so‘z birikmalarining morfologik tayanchi yo‘q, ammo ularni bobotil davriga taqash mumkin.
Sintaktik arxetiplarni qayta tiklash ko‘pgina omillarni, jumladan, til tipining o‘ziga xos xususiyatlaridan foydalanishni ham nazarda tutadi.
Kuchaytiruv yuklamalari tizimining taraqqiyoti agglutinativ tillarga xos bo‘lib, turkiy tillarda keyingi davrlarda bog‘lovchili ergash gaplarning vujudga kelishi uchun zamin yaratgan. Qadimda turkiy tillarda takroriy harakatni anglatuvchi affikslarning aksariyati jamlovchi ko‘plik affikslari ko‘pligi bilan bog‘liqdir.
Yuqorida tavsiflangan sintaktik birliklar tarixi tadqiqi metodi ba’zi kamchiliklarga ega. Bunday metoddan foydalanish faqat o‘rganilayotgan hodisalarning vujudga kelish nisbiy xronologiyasini tiklashga, boshqacha so‘z bilan aytganda, qaysi hodisa avval, qaysisi so‘ng paydo bo‘lganini aniqlashga yordam beradi. Bunda qaysi paytga (davrga, asr, ming yilliklar ...) taalluqli ekanligini aniq aytish qiyin. Shuning uchun muayyan turkiy tilning sintaktik birliklari tarixini o‘rganishda yozma yodgorliklar materiallari bilan qayta tiklash metodidan foydalanish yaxshi natija beradi.
2. Turkiy tillardagi so‘z birikmalarining tarixiy taraqqiyoti. Grammati-kaning bir bo‘limi sanalgan sintaksis so‘zlarning birikishi, so‘z birikmalari va gaplarning munosabatga kirishuvi, so‘z birikmalari va gaplarning tiplarini o‘rga-nadi.
So‘z birikmasiga, boshqa tillardagi kabi, muayyan va to‘g‘ri ta’rifni rus tiliniñ akademgrammatikasidan ham topish mumkin. Unda so‘z birikmasi deb ikki yoki undan ortiq so‘zning grammatik birligidan tashkil topgan, mustaqil so‘z turkumlariga taalluqli bo‘lgan, qandaydir yagona ma’noni ifodalaydigan, tushuncha yoki tasavvurni ifodalaydigan birlikka aytiladi.
So‘z birikmasi–gap uchun muhim qurilish materiali bo‘lib, ular sifat jihatdan gapdan ajralib turadi, sababi so‘z birikmasi predikativlikdan mahrum va tilning kommunikativ tizimiga kirmaydi.
Istalgan so‘z birikmasi tobe va hokim bo‘lak yoki boshqacha aytganda, «aniqlovchi» va «aniqlanmish»dan iborat bo‘ladi. Predikativ so‘z birikmasi bilan nopredikativ so‘z birikmasi orasida (aniqlovchi+aniqlanmish) izosemantizm (bir xil ma’nolilik) kuzatiladi: o‘r.qoz. kelgen kisi (kelgan kishi) va kisi kelgen (kishi kelgan). Ushbu holatda izosemantizm shundan iboratki, birinchi va ikkinchi misolda belgi yuzaga chiqadi. Ammo predikativ birikmada bu belgi qo‘shimcha tavsiflar (shaxs, son, vaqt, payt kabilar)ning ko‘pligi sababli ancha zaiflashgan.
So‘z birikmalarining tarkibi uning shakllantiruvchi asosi sanalgan bitta mustaqil so‘z atrofida uyushishi bilan xarakterlanadi. So‘z birikmalarining konstruktiv (asos bo‘lak oladigan) xususiyati, uning grammatik va leksik ma’nosi, eng asosiysi, uning bosh bo‘lagi va bog‘liq bo‘laklar bilan sintaktik munosabati xarakteri orqali aniqlanadi.
Bunday sintaktik birliklar bo‘laklari orasidagi grammatik munosabat, yuqorida ta’kidlanganidek, predikativlikdan mahrum qilingan, turkiy tillarda mavjud bo‘lgan sintaktik aloqalar–bitishuv, moslashuv, boshqaruv bo‘yicha shakllanadi.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish