-lї//-li affiksli nisbiy sifat+ot: tur. güchlü adam, tat. kёchli kishi (kuchli odam); -g‘an affiksli sifatdosh+ot: kilgen kishi, no‘g‘. kelgen adam, qoz. qaytqan shal (qaytgan chol); jo‘nalish kelishigidagi ot+fe’l formasi: ozarb. anasїna göndärdi (onasini bopladi), tur. arkadashїma verdi (u meniñ o‘rtog‘im-ga berdi);
-cha affiksli ravish+fe’l shakli: ozarb. ruscha danїshїr (u ruscha gapiradi), tur. turkche söyliyor (turkcha gapiradi);
-dї o‘tgan zamon formasidagi fe’l bilan ifodalangan kesimli fe’l-gap: q.qalp. Men bügin bazarda oraq satїp aldїm, tur. yangїn chїktї (yong‘in chiqdi).
Bunday qo‘shma gapr tipidagi sintaktik birikmalarni o‘rganishda bog‘lovchi vositalariniñ morfologik xususiyatlarini, aniqrig‘i, ergash gaplarga kiritiladigan ki, chunki bog‘lovchilarining kelib chiqishini inobatga olish kerak;
3) qardosh tillardagi sintaktik modellarning tarqalish darajasini aniqlash. Tarqalganlik juda keng tushuncha bo‘lib, barcha tillarni qamrab olishi yoki tillarning faqat ayrim guruhini o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin. Sintaktik qurilishning muayyan modeli faqat bir yoki ikki tilda uchrashi ham mumkin. Agar model -lї//-li affiksli nisbiy sifat+ot xarakterida bo‘lsa, bunday model ko‘pchilik turkiy tillarda tarqalgan. Bunday fikrni -g‘an sifatdoshi+muayyan hududiy chega-ralangan otli modelga nisbatan bildirib bo‘lmaydi.
U yoki bu sintaktik konstruksiyaning tarqalganlik darajasi uning tarixiy taraqqiyotining turli etaplarida turli xil darajada bo‘lishi mumkin.
Shuning bilan birgalikda, keng tarqalgan arxetipni tiklash uchun ancha ishonchli mezon bo‘lmasligi mumkin. Masalan, chiqish kelishigidagi -danli ot+ fe’l so‘z birikmasi hozirgi barcha turkiy tillarda uchraydi, ammo uni bobotilga taqab bo‘lmaydi, sababi ancha qadimda -dan li chiqish kelishigi mavjud bo‘lmagan. Hozirgi barcha turkiy tillarda hozirgi zamon fe’lining är (bo‘lmoq) bog‘lamasi uchramaydi. Ammo bundan turkiy bobotilda bu formalar, umuman, bo‘lmagan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Inkorni anglatuvchi emes fe’l-bog‘lamaning mavjudligi turkiy bobo tilda är fe’l-bog‘lamaning hozirgi zamon shakli borligiga guvohlik beradi. Shuningdek, ba’zi holatlarda hududiy chegaralanganlik bu hodisaning turkiy bobotilda bo‘lmaganligini tasdiqlashi mumkin. -achaq formaga ega bo‘lgan kesimli gap hududiy chegaralangan. Turkiy bobotilda ham ushbu forma, ehtimol, bo‘lmagandir.
Demak, sintaktik birikmaning qandaydir tarkibiy modelining ancha avval yoki ancha keyin vujudga kelishi uning morfologik tayanchining tarixiy taraqqiyoti bilan aniqlanadi. Bunga misol tariqasida güchlü at (kuchli ot) tipidagi so‘z birikmasini keltirish mumkin. Bu atributiv birikmada asosiy a’zo sifatida ot, bog‘liq (tobe) sifatida–güchlü qatnashayapti. Morfologik tayanch sifatida bu yerda -lї sifat affiksi xizmat qilayapti. Tarixiy jihatdan -lї affiksi bobo til davrida mavjud bo‘lgan -lї:g‘ affiksidan vujudga kelgan.
Quyida misol tariqasida turk tilidagi «Adam gelejek» sodda gapini ko‘rish mumkin. Fe’lli gapning ushbu modeli -achaq//-echeklidir. Gapning morfologik tayanchining tarixiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, gapdagi -achak affiksi fe’l formasi–achaq//-echek li kelasi zamon sifatdoshidan o‘sib chiqqan. Shuning uchun gelejek, avvalo, faqat atributiv birikmalarda qo‘llanilgan. Bundan turkiy bobo tilda -achaq//-echek li sodda gaplar bo‘lmagan, degan xulosa chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |