O‘zbek tilshunosligi kafedrasi



Download 3,85 Mb.
bet186/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

4.1. Birinchi izofa. Izofaning ushbu tipi morfologik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lmaydi, mohiyatan, hokim bo‘lagi–ot, tobe bo‘lagi sifat bo‘lgan so‘z birikmalaridan iborat bo‘ladi: tat. zäñär kük (zangori osmon), tur. Qara deniz (Qora dengiz) va hokazo. Uning bunday qurilishi izofaning birinchi tipi doimo sifatlashganligi bilan izohlanadi: o‘r.ozarb. dämir gapї, tat. åg‘ash qashїq, qoz. ay jarїq (oy yorug‘) kabi.
Birinchi izofa hali bunday konstruksiya turkiy bobotilda mavjud bo‘lmagan davrda vujudga kelgan. Taalluqlilik munosabati ko‘l qirg‘oq, ko‘l qirg‘og‘i, ota uy//ota uyi tipidagi ikkita otning birga qo‘llanilishi bilan ifodalanishi mumkin.
Birinchi izofaning vujudga kelishi 2 ta otning ajralishi natijasidir. Bu ajralish 2 ta shart asosida asosida amalga oshiriladi:
1) izofa konstruksiyaning birinchi a’zosi o‘z ma’nosi bo‘yicha amalda sifatga aylanadi;
2) aniqlovchi semantik munosabatda ixtisoslashgan bo‘ladi: u aniqlanmish rolida ishtirok etadigan so‘z ifodalagan predmetning qaysi material, modda yoki tarkibini ko‘rsatadi. Masalan: tur. demir yol, qoz. tiyn ishik (olmaxon po‘stini), qirg‘. bolot qalem (po‘lat qalam) va hokazo.
4.2. Ikkinchi izofa. Birinchi izofa ikkinchi izofadan morfologik planda farqlanib, bunday izofa konstruksiyaning ikkinchi a’zosi 3-shaxs egalik affiksini qabul qiladi: tat. awїl xo‘jalїg‘ї(qishloq xo‘jaligi), tur. deniz alїsї (dengiz qirg‘og‘i) kabi.
Konstruksiyaning birinchi a’zosi aniqlanmishning qaysi kategoriyaga tegishliligini ko‘rsatadigan noaniq jins tushunchasini ifodalaydi: tat. shähär baqshasї (shahar bog‘i). Bu bunday bog‘ning barcha shaharlarga ham xosligini bildiradi. U yoki bu kategoriyaga oidlik yoki tegishlilik ma’nosini ifodalash ikkinchi izofaning g‘ayritabiiy semantik hajmini ta’minlaydi. Bunda u so‘z birikmasi, nisbiy sifatlar+ot va qaratqich kelishigidagi so‘z birikmalariga yaqinlashadi.
Ikkinchi izofa juda qadimiy bo‘lib, u hatto bobotil davrida mavjud bo‘lgan.
Ayrim turkiy tillarda ikkinchi izofa o‘z qo‘llanilish xususiyatiga ega. Yoqut tilida u, odatda, qarashlilik munosabatini bildiradi. Qumiq tilida I va II izofaning ma’nosini farqlash qiyin. Qumiq tili uchun birinchi izofa ancha tipik, chuvash tilida, asosan, ikkinchi izofa keng tarqalgan.
Turkiy tillarda konstruksiyaning 1-a’zosi kuchli sifatlashgan paytda, 2- izofadan 1-izofaga o‘tish jarayoni kuzatiladi: o‘r.qoz. ay jarїq (oy yorug‘i), tat. kurshi awїl (qo‘shni qishloq) kabi.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish