Ya va da bog‘lovchilari<taqї>ta//da, yaqa>ya (yaq fe’li (birikmoq)+ ravishdosh affiksi) tarzida yuzaga kelgan. Bu yerda ikkinchi bo‘g‘in tushib qolgan.
Fonetik tarkibi bo‘yicha yana bog‘lovchisiga o‘zlashgan bog‘lovchilar yaqin bo‘lib, bir qancha tillarda kitobiy til ta’sirida keng tarqalgan: ozarb ya’ni, uyg‘. yäni, boshq. yäg‘nї, qoz. yag‘nї va hokazo.
Turkiy tillarda bog‘lovchilar tarkibiga ko‘ra sodda (oddiy), yasalma va murakkab bo‘ladi. Sodda bog‘lovchilar ancha qadimiy bo‘lib, ular morfologik jihatdan bo‘linmaydi. Hozirgi tillarda murakkab bog‘lovchilar, shuningdek, bosh-qa, har xil kategoriyadagi aralash bog‘lovchilar keng tarqalgan (ravishlar, olmosh-lar, ravishdosh, yuklamalar).
Aftidan, birinchi navbatda, teng bog‘lovchilar vujudga kelgan, modomiki, ergashtiruvchi bog‘lovchilar uchun turkiy tillar rivojining mana shu etapida, shuningdek, hozirda ham yetarli vositalar mavjud bo‘lgan (ravishdosh, kelishiklar, sifatdoshlar va hokazo). Demak, turkiy tillarda ergashtiruvchi bog‘lovchilar teng bog‘lovchilarga nisbatan keyinroq paydo bo‘lgan.
2. Turkiy tillarda taqlid so‘zlar. Qadimgi va hozirgi turkiy tillarning bar-chasida mimemalar, ya’ni tovushga taqlid va tasviriy so‘zlar uchraydi. Bu guruhdagi so‘zlar o‘ziga xos leksik va grammatik xususiyatlarga ega. Shuning uchun ularni o‘rganish qiyosiy-tarixiy grammatikaning vazifasiga kiradi. Tovushga taqlid va tasviriy so‘zlar mustaqil ma’noga ega bo‘lib, ular insonning obyektiv borliq, dunyo bilan munosabati natijasida paydo bo‘lgan turli tovush hodisalari yoki tasviriy so‘zlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Tarkibiga ko‘ra taqlidiy so‘zlar sodda va murakkab bo‘ladi.
Turkiy tillardagi taqlidiy so‘zlar ilmiy tadqiqot obyekti bo‘lganligiga hali uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bunga birinchi e’tibor bergan turkolog olim N. I. Ashmarin edi. U turli davrlarda chuvash tilidagi taqlidiy so‘zlarga bag‘ishlangan bir qancha ishlarni nasgr qildirdi. Janubi-g‘arbiy guruhidagi turkiy tillardagi turkiy tillardagi taqlidiy so‘zlar bilan N. K. Dmitriyev shug‘ullandi. Uning bu boradagi tadqiqotlari turkman, yoqut, qoraqalpoq, boshqird, qozoq, qirg‘iz, xakas tillari bo‘yisha mutaxassislarning diqqatini o‘ziga jalb qildi. Ushbu ta’kidlangan ishlarning aksariyati taqlidiy so‘zlarni sinxron tavsiflash xarakteriga ega bo‘lib, ular orasida otlar va fe’llardan hosil qilingan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qilardi. Keyinchalik, bu boradagi tadqiqotlar soni orta bordi. Hozirda ko‘pchilik turkiy tillarda ushbu turkum bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar amalga oshiriladi.
O‘zining leksik xususiyati va bajaradigan vazifasiga ko‘ra, taqlidiy so‘zlar ikkita guruhga ajratiladi:
1) tovushga taqlid so‘zlar, ya’ni insonning turli harakat va holati bilan bog‘liq bo‘lgan, ixtiyoriy va beixtiyoriy tadqlidiy qichqiriqlari–kulgu, yig‘i, qa‘rg‘ish, hiqqillash, shuningdek, jonli va jonsiz tabiatdagi turli tovushlarga taqlid qilishlariga aloqador so‘zlar;
2) ko‘rish mumkin bo‘lgan – inson va tabiatning harakat yoki holat obrazi (obrazga, tasvirga) taqlid so‘zlar tasviri) ni turli tovushlar orqali ifodalaydigan so‘zlar.
O‘zining morfologik tarkibiga ko‘ra taqlid so‘zlar sodda, qo‘shma, juft va yasamaga bo‘linadi.
Turkiy tillar, ayniqsa, janubi-g‘rbiy guruhdagi turkiy tillar materiallarining guvohlik berishicha, bu tipdagi taqlid so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida jarangsis portlovchi tovush p, jarangsiz sirg‘aluvchi f, til oldi portlovchi t kelishi mumkin: tur. fuf, tap, ozarb. tap, tïr (qushning uchishi) kabi.
Sodda taqlid so‘zlar, odatda, bitta so‘zdan tashkil topgan bo‘lib, uning keng tarqalgan tipi sifatida CVC tarkibni ko‘rsatish mumkin: tuf!, fuf!, tap, tїr, zїr, shap, fish, mäv, tїñ kabi.
Taqlid so‘zlarning ikkinchi tipi kammahsul bo‘lib, uning tarkibi CVCCdan iborat: tur. qart, xak. sart (tars), pїrt (tarvuz yorilishi natijasida chiqadigan tovush) kabi.
Qo‘shma yoki juft taqlid so‘zlar ikkita sodda taqlid so‘zdan iborat bo‘ladi. Taqlid so‘zning bu turi turkiy tillarda keng tarqalgan. Bu tipdagi taqlid so‘zlar ot so‘z turkumi oiddir: tur. shїp-shїp (tuflining taqillashi), firfir (kapalakning pirillab uchishi), gag. pampam (qoqi o‘ti, momaqaymoq), bulul (suvning qulq-qulq, qult-qult qilishi), shor-shor (suvning sharillab oqishi), ozarb. dur-dur (vati-kuti, safsata), chaqchaq (shaqildoq–bolalar o‘yini), o‘zb. dir-dir (qaltirash), gumbur-gumur, xak. xoox-xoox (kabutarning g‘urillashi), miav-miav (mushikning miyov-lashi), yoq. nir-nir g‘alvir mashinaning gurillashi) kabi.
Juft taqlidiy so‘zlarda ikkinchi qism aks-sado so‘z bo‘lib, unda, avvalo, tor unli boshqacha tus oladi: tur. langїr-lungur (soqovlanib gapirishga taqlid) kabi.
Taqlid so‘zlarga yaqinroq qadimgi turkiy yodnomalarda ham duch kelinadi: Näñ yїlsїg‘ budunqa olurmadїm, ichrä ashsїz, tashra tonsїz yabїz yablaq budunta uzä olurtum (Mol, yilqilik xalqqa (xoqon bo‘lib) o‘rnashmadim. Ichi oshsiz, toshi kiyimsiz (och-yalang‘och), yovuz, yomon xalq uza o‘rnashdim. Kultegin, 26).
Demak, turkiy tillarda taqlid so‘zlar qadimgi yodnomalar tilida ozchilikni tashkil qilgan bo‘lsa, ushbu tillarning keyingi taraqqiyoti natijasida ular miqdori ancha ko‘paygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |