1.1. Turkiy bog‘lovchilar. Da bog‘lovchisi ancha keng tarqalgan va faol qo‘llaniladigan bo‘lib, hozirgi turkiy tillarning barchasida mavjud bo‘lib, umumturkiy hisoblanadi. Uning 2 tadan 8 tagacha fonetik varianti mavjud–so‘z boshida d//t va oxirgi unlilar almashgan holda qo‘llaniladi: a//e//ä//o//ö. Masalan: olt. da//de//do//dö; ta//te//to//tö; qirg‘., barab. tat., boshq., qoz., no‘g‘., q.qalp., qar., qr.tat., q.balq., qum., turkm., ozarb., gag., tur., o‘zb., uyg‘. tillarida da (variantlari bilan), chuvash tilida ta (variantlari bilan), yoqut tilida dag‘an ї, xak., tuv. dä (variantlari bilan) qo‘llaniladi.
Barcha turkiy tillarda ushbu bog‘lovchi, avvalo, teng, biriktiruvchi ma’nosida qo‘llaniladi (shuningdek, shuning bilan birgalikda). Uning qo‘llanish darajasi barcha turkiy tillarda bir xil emas. Chunonchi, arab va fors (avvalo, fors adabiy tili) tillarining kuchli ta’siriga uchragan tillarda biriktiruvchi bog‘lovchi vazifasida arabcha bog‘lovchi vä ishlatiladi. Bunday tillar qatoriga o‘g‘uz ham qarluq tillari (turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, o‘zbek, uyg‘ur) kiradi.
Ayrim turkiy tillarda da bog‘lovchisi boshqa yordamchi so‘zlar bilan birika borib, murakkab bog‘lovchilar yuzaga keltiradi: q.tat. da ... da, chuv. tata va da; ba’zi tillarda da o‘zlashgan yordamchi elementlar bilan birikadi: o‘zb. hamda, qar.t da vale (baribir) va hokazo.
Ayrim turkiy tillarda bu bog‘lovchi muayyanlik, chegaralanganlik ma’nolarini anglatadi.
Da bog‘lovchisi tag‘ї//dag‘i yuklamasiga borib taqaladi. Aslida, taq< birikmoq+i ravishdosh formasidan kelib chiqqan. U turli turkiy tillarda har xil fonetik o‘zgarishlarga uchragan holda ishlatiladi: qirg‘. dag‘ї (yana), yoq. dag‘anї, qoz., q.qalp., boshq. va boshqa: tag‘ї, qoz. tog‘їn, q.qalp., qoz. tag‘їda (shuning-dek) va hokazo.
Dag‘ї>daning turkiy yodnomalarda yuqorida keltirilganlar bilan birgalikda, jarangli undoshli (unlilar orasida) jarangsiz undoshli varianti “yana”, “shuningdek” ma’nosidagi taqї shakli qo‘llanilgan: Alalїñ ya: taqї qalqan tamg‘a bizgä bolsun buyan (Kamon va qalqonlarni olamiz, bizga tamg‘a bilan xudoning marhamati). So‘z yuritilayotgan bog‘lovchining ta varianti qadimgi turkiy yodnomalarda bog‘lovchi sifatida qayd etilmagan. Bu, ehtimol, bog‘lovchining yuqoridagi fonetik variantlari ancha keyinroq–XI asrdan so‘ng har bir turkiy tilda mustaqil bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Demak, bobotilda ushbu umumturkiy taqї formasi ravish, kuchaytiruv yuklamasi va biriktiruvchi bog‘lovchi ma’nolari o‘zaro farqlanmagan, deyish mumkin.
N. Z. Gadjiyeva ushbu bog‘lovchini kuchaytiruv yuklamasi da negizida bog‘lovchi vazifasiga ko‘chganligini ta’kidlaydi. Kuchaytiruv yuklamalaridan pastpozitiv bog‘lovchilarning vujudga kelish jarayonini, shartli ravishda, 3 ta etapga ajratadi:
1) postpozitiv yuklama fe’l yoki otga birika borib, hali bog‘lovchilik ma’nosiga ega bo‘lmasdan, kuchaytiruv ma’nosini saqlaydi;
2) hali kuchaytiruv ma’nosini saqlagan holda, bog‘lovchilik ma’nosi rivoj-lanadi;
3) bog‘lovchilik ma’nosi, turli ottenkalarga ega bo‘la borib, yetakchi bo‘ladi.
Barcha turkiy tillar uchun da bog‘lovchisining umumiy xususiyati–bu biriktiruvchilik funksiyasidir. Hanuz o‘rganilmagan boshqa barcha ma’nolarda ushbu bog‘lovchi ancha farqqa ega.
Asosiy, biriktiruvchilik funksiyasidan tashqari, da bog‘lovchisi zidlovchi (payt, shart-to‘siqsiz) ma’nosiga ham ega. Bu, aftidan, boshqa omillar bilan birga, ta//taqї, avvalo, nafaqat bir xil tushunchani, balki turli – biriktirmaydigan, zidlov ma’nolarini ham birlashtirishi mumkin.
Demak, yuklamalarning, dastlab, ot va fe’llarda kuchaytiruv-chegaralov funksiyasi negizida, so‘ngra gaplarda biriktiruv ma’nosi bilan birga, ikkala harakatning qarama-qarshi (zidlov) ma’nosi, ularning shartlanganlik, vaqtinchalik, o‘zaro munosabat, nafaqat teng (biriktiruv), balki ergashtiruvchilik ma’nosi ham rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |