2. Payt ravishi ish-harakatning bajarilishi bilan bog‘liq payt ma’nosini ifodalaydi.
Qachon?, qachongacha?, qachondan?, qachondan beri? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Payt ravishi gapda payt holi vazifasida keladi. Quyidagilar payt ravishi hisoblanadi: avval,
oldin, ilgari, so‘ng, keyin, kechgacha, kechadan, hozir, doimo, tez-tez, tez orada, bugun-
erta, shu kuni, o‘sha kundan buyon, bu orada, bugun-erta, kundan-kunga, saharlab, boya,
endi, indin, hali-beri, kechalari, hanuz, hanuzgacha, halitdan, azondan, so‘ngra, qishin-
yozin, ertayu kech, uzzukun, tun-kun, hali zamon kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |