Ravishlarning yasalishi
Ravishlar ham boshqa turkumdagi co‘zlar kabi morfologik va sintaktik usulda
yasaladi.
1. Ravishlar quyidagi qo‘shimchalar orqali turli so‘z turkumlaridan hosil qilinadi:
--cha: qisqacha, yashirincha, yigitcha, yaxshilikcha, yangicha, buguncha kabi.
--larcha: do‘stlarcha, qahramonlarcha, otalarcha, mardlarcha, o‘rtoqlarcha.
--chasiga: dehqonchasiga, yangichasiga, toshkentchasiga.
--siga, --iga: yoppasiga, qatorasiga, ko‘ndalangiga.
--ligicha: xomligicha, tirikligicha, paxtaligicha.
--dek, --day: o‘qdek, tog‘dek, oydek, yelday, muzday.
--lab: ertalab, ko‘plab, yaxshilab, oylab.
--ona: mardona, mug‘ambirona, g‘olibona, shoirona.
--an: taxminan, rasman, vijdonan, tasodifan.
--gacha: ertalabgacha, kechgacha, tushgacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |