Asosiy savollar:
1.Ravishlarning o‘zgarmaslik xususiyati
2. Ravishlarning ma’no va tuzilishiga ko‘ra turlari
3. Ravishlarda daraja kategoriyasi
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Ish-harakat nomi bilan bog‘liq bo‘lgan holat, payt, sabab, o‘rin, miqdor kabi
ma’nolarni bildirib morfologik jihatdan o‘zgarmaydigan mustaqil so‘zlarga ravish deyiladi.
Masalan: unda, bunda, ko‘p, sal, picha, noiloj, chorasiz, quyida, , chapda uzoqda, kecha,
bugun, yayov, astoydil kabi.
Ravish biror so‘z bilan grammatik aloqaga kirganda, hech qanday qo‘shimcha
qabul qilmaydi va shaklini o‘zgartirmaydi. Ravishlar o‘ziga xos yasalish tizimiga ega.
Gapda hol vazifasini bajaradi. Ravishlar nutqda otlashganda otga xos xususiyatlarga ega
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |