Ravishlarning ma’noga ko‘ra turlari
Ravishlar ma’nosiga ko‘ra olti turga bo‘linadi: holat ravishi, payt ravishi, o‘rin
ravishi, maqsad ravishi, miqdor-daraja ravishi, sabab ravishi.
1. Holat ravishi ish-harakat bilan bog‘liq holatni ifodalaydi va qanday?, qay
holda?, qay tarzda? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Gapda ravish (tarz) holi vazifasida
keladi. Holat ravishiga quyidagilar kiradi: asta, sekin, tez, birdan, ilkis, qo‘qqisdan,
to‘satdan, yonma-yon, qo‘lma-qo‘l, omon-eson, zo‘rg‘a, piyoda, yayov, do‘stona,
qahramonona, qadrdonlarcha, naridan-beri, ketma-ket, darhol, zimdan kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |