Shartli mayldagi fe’l –(a)r, -mas qo‘shimchasi bilan yasaluvchi sifatdoshga edi to‘liqsiz
fe’lining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi va bajarilishi biror harakatga bog‘liq bo‘lgan harakatni
ifodalaydi: U kelsa, sen borar eding.
Maqsad maylidagi fe’l ish-harakatning bajarilishi maqsad qilinganligini bildiradi:
bormoqchiman, bormoqchi bo‘lyapman kabi.
Fe’llarda shaxs-son
Fe’llarda ish-harakatning kim yoki kimlar tomonidan bajarilishi grammatik son
qo‘shimchalari orqali aniqlanadi. Ish-harakat bajaruvchisi bir kishi bo‘lganda birlik, bir
necha kishi bo‘lganda ko‘plik shakli qo‘shimchasi ishlatiladi. Bu qo‘shimchalar harakat
bajaruvchisi – grammatik shaxsni ham ifodalaganligi uchun shaxs-son qo‘shimchalari deb
yuritiladi. Fe’llarda uch shaxs mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |