To‘liqsiz fe’llar quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Mustaqil ma’noga ega emas.
2. Fe’llarga xos bo‘lishsizlik, nisbat, zamon kabi ma’nolarga ega emas.
3. To‘liqsiz fe’l yakka holda tuslanmaydi. Shaxs-son qo‘shimchasi to‘liqsiz fe’lga
qo‘shilsa-da, ular bildirgan shaxs ma’nosi kesim vazifasidagi butun birikmaga taalluqli
bo‘ladi: kelgan edi+m, kelgan edi+ng.
4. To‘liqsiz fe’l tarkibidagi –di, -kan, -mish qo‘shimchalari o‘z ma’no xususiyatini
yo‘qotgan.
5. To‘liqsiz fe’lning birinchi tovushi tushirib qo‘llanishi mumkin: kelardi,
kelarkan, kelarmish kabi.
6. To‘liqsiz fe’l otga ham fe’lga ham qo‘shila oladi. Ko‘proq sifatdosh va
ravishdoshga birikib keladi.
7. Nutqda qatorlashib kelishi mumkin: Ana xolos, bu odam meni tanirmidi ekan?
... sharmanda bo‘ldim (M.Ismoil).
Do'stlaringiz bilan baham: |