2. O‘zlik nisbati. Ish-harakatning boshqa buyumga o‘tmay, bajaruvchining o‘zida
qolishini ifodalovchi fe’llar o‘zlik nisbati hisoblanadi. O‘zlik nisbati fe’l negiziga –n, -in, -l,
-il qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi: kiyindi, cho‘mildi kabi.
3. Majhul nisbat. Bu nisbatdagi fe’llarning bajaruvchisi noaniq bo‘ladi. Majhul
nisbat –l, -il, -n, -in qo‘shimchalari bilan hosil qilinadi.
O‘zlik va majhul nisbat bir xil qo‘shimchalar bilan yasaladi. Ularning farqi gap
mazmunidan anglashiladi: Ali tarandi - o‘zlik nisbatda, kema ko‘rindi – majhul nisbat,
bajaruvchisi noaniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |