1. Fe’lga –ma qo‘shimchasini qo‘shish orqali: yozmadi, kelmadi.
2. Sifatdosh shakliga emas, yo‘q so‘zlarini qo‘shish orqali: kelgan emas, ketgani
yo‘q.
3. Na inkor bog‘lovchisi orqali: na yozdi, na o‘qidi – yozmadi, o‘qimadi.
Ba’zan nutqda inkor bo‘lishli fe’l bilan, tasdiq ma’nosi bo‘lishsiz fe’l bilan
ifodalanishi mumkin: Axir, do‘st achitib gapirmaydimi? El boshiga ish tushganda kim o‘zini
chetga oladi?
Fe’l nisbatlari
Ish-harakatning bajaruvchisi bilan predmet o‘rtasidagi munosabatning ifodalanishi
fe’l nisbati deyiladi.
Fe’l nisbatlari besh turga bo‘linadi:
1. Aniq nisbat. Bu nisbat ega tomonidan bajariladigan harakatni ifodalaydi. Aniq
nisbatni hosil qiluvchi maxsus vosita yo‘q: keldi, o‘qiyapti, ketmoqchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |