O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘zbek tili kafedrasi



Download 267,41 Kb.
bet30/72
Sana18.02.2022
Hajmi267,41 Kb.
#456963
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72
Bog'liq
2 5382020872917750987

Etnolingvistika
Til bilan shu til egasi bo’lgan xalq uzviy aloqadadir. Xalq tarixidagi har bir voqea, xalqning urf-odatlari, turmush tarzi uning tilida aks etadi. SHu­ning uchun ham til bilan shu til egasi bo’lgan etnos o’rtasida qanday mustahkam aloqa mavjud bo’lsa, ularni o’rganuvchi tilshunoslik bilan xalq tarixi va etnogra­fiya o’rtasida ham shunday aloqa mavjuddir.
Xalq elatlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida ro’y bergan har bir o’zgarish uning tilida ham o’z ifodasini topadi. Shuning uchun xalq tarixi uchun tarixiy hujjatlar, arxeologik yodgorliklar guvohlik bera olmagan taqsirda ham, uning tili qimmatli materiallar berishi mumkin. Ayniqsa, toponim, etnonimi, etnotoponimlar xalq tarixini inobatga olmay turib o’rganib bo’lmaydi. Shu bilan birgalikda tilshunoslik etnografiya bilan ham uzviy aloqadadir.
Tilning shu til egasi bo’lgan madaniyatiga bo’lgan munosabatini, tilning funksiyalanish va rivojlanish jarayonida til etnomadaniyat, etnopsixologik omillar o’rtasidagi aloqani o’rganishga ehtiyoj tu­fayli etnolingvistika yo’nalishi vujudga keldi.
Etnolingvistika atamasi grekcha yetnos — xalq, qabila va lingvistika so’zlardan olingan bo’lib, mustaqil lingvistik yo’nalish sifatida XIX asrning 70-yillarida Shimoliy va keyinroq Markaziy Amerikadagi indus qabilalarining tili, madaniyati, urf-odatlarni o’rganishning kuchayishi bilan paydo bo’ldi. Lekin bu yo’nalishning ilk davrida ko’proq etnografiya masalalarga diqqat jalb qilindi, faqat asrimizning 20- yillarida lingvistik tomoniga ahamiyat kuchaytirildi.
Etnolingvistikaning mustaqil lingvistik yo’na­lish sifatida shakllanishida Amerika tilshunosi, etnografi F.Boas va uning o’quvchilarining xizmati katta bo’ldi. Ular yo’nalishning muammolar doirasini va tadqiqot metodlarini belgiladilar. Etnolingvis­tika Amerika olimlari asarlarida ko’pincha «antropo­lingvistika», «etnosemantika» atamalari bilan ham almashtirib qo’llaniladi.
Etnolingvistika muammolaridan eng muhimi sifa­tida Amerika induslari tillarining genetik qarindoshligini aniqlash masalasi qaraldi.
Bu tillarning tasnifi dastlab ma’lum tamoyilga asoslanmagan holda, taxminlarga asoslanib qilingan bo’lsa, keyinchalik E.Sepir, S.Lem, M.Svodesh, Dj.L.Treyjer va boshqalar tomonidan aniq ilmiy metodlarga tayanildi. Induslar tillarini sinflarga bir- lashtirishda hissiy-tarixiy (E.Sepir, S.Lem), glottoxronologik (M.Svodesh), tarixiy-tipologik va areal (K.Xeyil, Dj.L.Treyjer) kabi metodlardan foydalanildi.
Tillarning tasnifidan tashqari, yana tillarning va madaniyatlarning o’zaro ta’siri, bilingvizm masa­lalari, til taraqqiyotiga ijtimoiy madaniyatning ta’­siri kabi muammolar ham etnolingvistikaning o’rga­nish doirasiga kiritildi.
Dastlab etnolingvistika doirasiga semantika ham kiritilgan edi. Lekin keyinchalik deskriptiv lingvistikaning avj olishi natijasida semantika lingvis­tik tadqiqotlar doirasidan chiqarildi.
Tilning semantik tomoniga asrimizning 50-yillarida Sepir — Uorf gipotezasini keng muhokama qilish jarayonida qayta jonlandi. Ayni paytda etno­lingvistika masalalariga ham yana e’tibor kuchaydi. Bu davrda semantikaga e’tiborning qaratilishi natijasida uzviy tahlil metodi amaliyotda keng qo’llanildi. Bunday usul yordamida turli tillarda sotsial — madaniy xususiyatlarni ifodalovchi so’zlar guruhi (qarindosh-urug nomlari, rang bildiruvchi so’zlar) atroflicha tahlil etildi.
Shuningdek, turli etnik guruhlarda qo’llaniladigan paralingvistik vositalar, folklor materiallarni o’rganish ham etnolingvistika ob’ektiga kiritildi. Xususan, asrimizning 70—80-yillarida etnolingvistikaning folklor materiallariga e’ti­borning tortilishi til va madaniyat o’rtasidagi aloqaning yangi turlarini ochishga imkoniyat yaratdi va bu bilan etnolingvistikaning o’rganish doirasini kengaytirdi.
Hozirgi kunda etnolingvistika dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida tilshunoslikning bir yo’nalishi sifatida e’tirof etildi va bu yo’nalish bo’yicha keng tadqiqot ishlari olib borilmoqsa.


Download 267,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish