O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘zbek tili kafedrasi



Download 267,41 Kb.
bet27/72
Sana18.02.2022
Hajmi267,41 Kb.
#456963
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72
Bog'liq
2 5382020872917750987

Navoiy: Qo’rqma! (Uzukni olib tomosha qiladi.) Qimmatbaho uzuk. Kattalar xizmati evaziga mukofot qilib bersa arziydigan uzuk. Ma!

  1. Husayn: Koshki, boshqa amirlar ham avomning tilini bilsa? Koshki o’zgalarni g’iybat qiluvchilar o’z nuqsonlarini ham bilsalar! (Majididdinga kinoya)

Xullas, muloqot samarasini ta’minlovchi qoidalar turlicha, ularning soni H. Grays ajratgan ikki juft maksima bilan chegaralanmaydi. Shu o’rinda Husayn voiz Koshifiy suhbat, gapirish odobi o’n olti (martabaga yetganlar uchun – sakkizta va martabaga yetmaganlar uchun - sakkizta) tamoyilga amal qilishni talab etishini qayd qilib ketganligini eslatmoqchiman: «Agar martabaga erishganlar suhbatda qaysi qoidalarga amal qilishi kerak, deb so’rasalar, aytg’il, quyidagi sakkiz qoidani esda saqlashlari kerak: birinchidan, har kimning ahvoliga qarab, munosib so’z aytsin. Ikkinchidan, dag’allik qilmasdan, lutf va muloyimlik bilan gapirsin. Uchinchidan, gapirayotganda, tabassum qilib, ochilib gapirsin. To’rtinchidan, ovozini baland ko’tarmasin, eshituvchilarga malol kelmaydigan qilib gapirsin. Beshinchidan, odamlarga nafi tegadigan ma’noli gaplarni gapirsin. Oltinchidan, agar so’zning qimmat-qadri bo’lmasa, uni tilga olmasin, chunki ulug’larning so’zi bamisoli urug’dir, agar urug’ puch yoki chirigan bo’lsa, uni qayerga ekmang, unib chiqmaydi» (Koshifiy 1997: 227).
Martabaga yetmaganlarning suhbat odobi ham sakkizta: «birinchidan, so’ramagunlaricha gapirmasin. Ikkinchidan, gapirayotganda ovozini baland ko’tarmasin. Uchinchidan, gapirayotganda o’ngu so’lga qaramasin. To’rtinchidan, g’arazli va kinoyali gaplarni gapirmasin. Beshinchidan, qattiq gapirmasin va betga choparlik qilmasin. Oltinchidan, pushaymon bo’lmaslik uchun o’ylab gapirsin. yettinchidan, odamlar gapini bo’lib, so’z qotmasin. Sakkizinchidan, ko’p gapirmasin. Chunki ko’p gapirish aqli noqislik belgisidir. Oz bo’lsa ham, ammo soz gapirishni shior etsin» (O’sha asar, 227-228 betlar).
G’arb pragmalingvistlari ham H.Grays tasnifidan oxirigacha qoniqmadilar. Jeofri Lich (Geoffry Leech 1988) samarali muloqot qoidalarini shaxslararo munosabat doirasida va matn sathida alohida ko’rinishda namoyon bo’ladi, deb hisoblaydi. Birinchi guruhga oid qoidalar botiniy nutq jarayonida, ya’ni muloqot birligining maqsadi (intensional qismi) shakllanayotganda, kognitiv faoliyat bosqichida amalda bo’ladi. Ikkinchi guruh qoidalari esa konseptual mazmunning lisoniy voqelanishi jarayonida faollashib, nutqiy tuzilmalarning hosil bo’lishida o’ziga xos tartibga soluvchi mexanizm –regulyator vazifasini o’taydi. Natijada, muloqot ritorikasi ikki turga ajraladi:

  1. Shaxslararo munosabat ritorikasi: hurmat, hamkorlik va kinoya tamoyillari asosida amalga oshadi;

  1. Matn ritorikasi: axborotni idrok etish va anglash tamoyili, tejamkorlik tamoyili, aniqlik yoki yaqqollik tamoyili, ma’nodorlik yoki ifodadorlik tamoyili.

Ma’lumki, nutq shakllanishi dastlab kognitiv faoliyat bosqichidan o’tadi, ya’ni botiniy (ichki) nutq jarayonida bo’lg’usi nutqiy tuzilmannng namunaviy qoliplari shakllanadi. Bunday namunalar turli ko’rinishda bo’ladi. So’zlovchining vazifasi – ushbu namunalardan birortasini tanlash. Tanlovni boshqarish shaxslararo munosabatlar doirasida faollashuvchi qoidalar zimmasiga tushadi. So’zlovchi ongida mavjud bo’lgan va ko’zlangan kommunikativ maqsadga erishish imkonini beradigan nutqiy tuzilmalar majmuasi ushbu shaxsning pragmatik zahirasi va imkoniyatidir. Ushbu majmuaning miqyosi keng yoki torligiga nisbatan tanlov imkoniyati ham erkinlashadi yoki chegaralanadi.
Bayon va ifoda usuli tanlovi esa matn ritorikasi qoidalari bilan bog’liq. So’zlovchi mavjud bo’lgan ritorik zahira imkoniyatlaridan foydalangan holda tafakkurda yuzaga kelgan va ma’lum illokutiv mazmunga ega bo’lgan konseptni matnga ko’chiradi. Konseptning nutqiy vaziyat matnida voqelanishi aniq bir ifoda shaklini tanlash vositasida amalga oshiriladi.
J.Lich, S.Levinson, P.Braun, R.Lakoff, G.Kasper va boshqalar muloqot boshqaruvida hurmat tamoyili uning samarali kechishini ta’minlovchi asosiy manba ekanligini ta’kidlaydilar. Tilshunoslik fanida hurmat kategoriyasining turli tillarda ifodalanishi, mazmun-ma’no maydoni haqida qator tadqiqotlar bajarilgan (Alpatov 1973; Zikrillayev 1990; Hojiyeva 2001 va boshqalar). Pragmalingvistik talqinda esa hurmat tamoyili ijtimoiy munosabat tamoyilidir. Hamkor – suhbatdosh shaxsiga ehtirom mazmunidagi ushbu tamoyil lisoniy va nolisoniy muloqotning barcha turlariga xosdir. Hurmat tamoyiliga amal qilgan holdagina ijtimoiy munosabatlar samaradorligiga erishish mumkin, chunki «ijtimoiy muvozanat va do’stona munosabatni saqlash» (Leech 1983: 82) muloqotda muvaffaqiyat omilidir.
J.Lich hurmat tamoyilini quyidagicha ta’riflaydi: «Qo’pol fikr va hukm ifodasini imkoni boricha (mavjud vaziyatni inobatga olgan holda) kamaytirish» (Leech 1983: 81). Ushbu tavsifning Kaykovus «Qobusnoma»sidagi pandga qanchalik mos kelishini qarang: «Sovuq so’zlik bo’lmag’il. Sovuq so’z bir tuxumdir, undan dushmanlik hosil bo’lur». Hurmat –ehtiromning nutqiy muloqotda nechog’lik ahamiyatga molikligini Alisher navoiy satrlarida ham ko’ramiz:

Download 267,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish