O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘zbek tili kafedrasi


-modul. Sotsiopragmatika. Etnolingvistika



Download 267,41 Kb.
bet26/72
Sana18.02.2022
Hajmi267,41 Kb.
#456963
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   72
Bog'liq
2 5382020872917750987

8-modul. Sotsiopragmatika. Etnolingvistika
Reja:

  1. Sotsiopragmatikaning o`rganish ob`yekti haqida.

  2. Lisoniy muloqot haqida H.Grays ta`limoti.

  3. Sharq falsafasida muloqot tamoyili.

  4. Muloqot ritorikasi.

  5. Muloqot boshqaruvida hurmat tamoyili.

  6. Etnolingvistika –mustaqil lingvistik yo`nalish sifatida.

  7. Etnolingvistikada etnomadaniyat, etnopsixologik omillar.

Muloqotning samarali kechishi ma’lum qoidalar, muomala tamoyillariga amal qilish bilan bog’liq. Dunyo xalqlari muloqot odobi, muomala mas’uliyatiga oid minglab maqol-matallar yaratganlar, bu borada behisob nodir asarlar bitilgan. Jumladan, sharq milliy madaniyati durdonalari bo’lmish «Qutadg’u bilig», «Qobusnoma», «Hibbatul haqoyiq» kabi madaniy yodgorliklar, buyuk mutafakkirlar Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, So’fi Olloyor kabilarning asarlari bunga misoldir. Kaykovusning «Qobusnoma»da keltirgan quyidagi pandlarini eslaylik: «Gar so’zni va hunarni yaxshi bilsang ham hech bir so’zni sindirmag’il, to’g’ri ta’rif qilg’il va uni bir rangda aytg’il: xosga xos so’z, omiyga omiy so’z deg’il, toki u hikmatga muvofiq bo’lsun va eshitg’on kishiga og’ir kelmasin, yo’qsa so’zingni dalil va hujjat bila ham eshitmag’aylar. Undin so’ng ularning rizosiga qarab so’zlag’il, to salomat bo’lg’aysan» (Kaykovus 1994: 40). Eng asosiysi, bu an’analar hozirgacha davom etmoqda va nutq mas’uliyati, muloqot odobi, so’zlashish madaniyati kabi masalalar doimiy ravishda o’zbek olimlarining diqqat markazida bo’lib kelmoqda (Begmatov 1980; O’rinboyev, Soliyev 1984; Mo’minov 1997; Iskandarova 1993 va boshqalar).


Pragmalingvistikada lisoniy muloqotning samarali kechishini tizimli ravishda tadqiq qilish lozimligini asoslashga harakat qilganlardan biri H.Graysdir. U 1967 yilda Harvardda o’qigan ma’ruzalarida lisoniy muloqot oqilona va umumqabul qilingan tamoyillarga rioya qilingandagina samarali kechishi mumkinligini uqtirdi. H.Grays ta’limotiga binoan kommunikativ faoliyat asosini o’zaro hamkorlik tamoyili tashkil qiladi. Bu umumiy tamoyil quyidagicha ta’riflanadi: «Muloqot dialogining ushbu bosqichida sening kommunikativ ulushing muloqot maqsadi va vaziyati talabiga javob berishi kerak» (Grice 1975: 45). Hamkorlik (cooperation) hosil bo’lishi uchun muloqot ishtirokchilari to’rt asosiy tamoyilga (H.Grays iborasi bilan aytganda, maxim - maksimalarga) amal qilmoqlari darkor. Ushbu tamoyillarning o’zaro farqi axborotning qay yo’sinda uzatilishi bilan bog’liq. Ma’lumki, axborot almashinilishi jarayonida miqdor, sifat, muqobillik va muomala tarzi muhim rol o’ynaydi. Xuddi shunga binoan quyidagi maksima-tamoyillar ajratiladi (Grays 1985):
1. Miqdor tamoyili (ma’lum qilinayotgan axborotning miqdorini belgilash yoki chegaralash):
a) ma’lum qilinayotgan axborot talab darajasida bo’lmog’i darkor;
b) ortiqcha ma’lumotni berishga harakat qilma.
2. Sifat tamoyili, ya’ni «berilayotgan axborot haqiqat bo’lishiga harakat qil»:
a) yolg’on axborotni uzatishga harakat qilma;
b) o’zing to’liq ma’lumotga ega bo’lmagan hodisa haqida gapirma.
3. Mavzuga oidlik tamoyili – mavzudan uzoqlashma, kerak bo’lgan ma’lumotni berishga harakat qil.
4. Muloqot uslubi (tarzi) tamoyili, ya’ni «aniq va tushunarli so’zlashga harakat qil»:
a) notanish, tushunilishi qiyin bo’lgan iboralarni qo’llashdan qoch;
b) dudmallikdan uzoq tur;
v) bayoning qisqa bo’lsin;
g) nutqing mantiqiy uzviylik, tartibda bo’lishi lozim.
Sanab o’tilgan tamoyillar nutqiy xatti-harakatlarning umumiy yo’nalish- modellarini belgilab beradi, ularning bevosita tadbiqi esa muloqot sharoitida o’zaro hamkorlik maqsadi kabi qator kontekst kategoriyalari bilan bog’liqdir. Keyingi yillar davomida H.Grays taklif qilgan tamoyillar qatori tadqiqotchilar tomonidan qayta tahlil qilinib, ayrim o’zgartirishlar kiritilib, kengaytirilib borilmoqda. Bunday «yangilanish» ilmiy tahlil taraqqiyoti talabidir. Binobarin, tabiiy nutq, muloqot jarayonida ko’rsatilgan tamoyillarga doimiy ravishda va bir xilda amal qilish qiyinligi sezilib turadi. Ma’lumki, umumiy tamoyil talabi – o’zaro hamkorlikka faqatgina muloqotdoshlar bir-birlarini tushunishga intilganlaridagina erishish mumkin. Agarda bunday maqsad bo’lmasa, suhbatdoshlardan biri ikkinchisini chalkashtirishga, umumiy mavzudan uzoqlashtirishga, sezdirmasdan mavzuni o’zgartirib, ahamiyatsiz narsalar haqida so’zlashga harakat qiladi. O’z yashirin maqsadini amalga oshiradi, ya’ni suhbatdoshni aldashga ahd qilgan suhbatdosh qasddan noto’g’ri axborotni ma’lum qiladi. Bundan tashqari, ayrim maqsadlar uchun muloqot tamoyillariga amal qilmaslikning boshqa ko’rinishlari ham uchrab turadi. Masalan, sud-tergov jarayonlarida guvohlar, jabrlanuvchilar, tinglovchilarga allaqachon ma’lum bo’lgan axborotni qayta-qayta takrorlashga majbur. Miqdor tamoyilining bu xildagi bajarilmasligi yo’li bilan yuzaga keladigan muloqot matnlari boshqa turdagi matnlardan tamoman farq qiladilar.
Xuddi shuningdek, miqdor va sifat tamoyillariga amal qilmaslik holatlari ham tez-tez uchrab turadi. So’zlovchi ayrim savollariga «Izohga hojat yo’q», «Tilimda qulf» yo’sinidagi javob olishi mumkin. Shu turdagi iboralar ifodalaydigan ma’lumot, albatta, yetarli darajada emas. Ammo tinglovchining ushbu kontekstdan yetarli axborotga ega bo’lishi, javobni oldindan bilishi ehtimoli ham yo’q emas. Demak, ayrim tamoyillardan chekinish muloqot hamkorligini to’lig’icha yo’qotmaydi, chunki bunday hollarda axborotning ma’lum qismi tagma’no (yashirin mazmun) ko’rinishiga ega bo’ladi. Muloqot tamoyillaridan chekinish va tagma’noni izlash bevosita matn implikaturasini o’rganishga undaydi.
Darhaqiqat, o’zaro hamkorlik, bir-birini tushunishga intilish muloqot samarasining asosiy talabidir. Hatto «devor orqasidan turib» so’zlashuv sharoitida ham muloqotdoshlar «davriy (shu holatga xos) muloqot maqsadiga, qiziqishga» (transitory conversational interests – Grice 1975:48) ega bo’lishlari talab qilinadi. Shuning bilan birgalikda, kundalik hayotda ushbu talabga to’lig’icha mos kelmaydigan holatlar ham mavjud, Masalan, so’kishish, janjallashish vaziyatlarida qaysi turdagi muloqot hamkorligi tamoyiliga amal qilinadi, degan savolga javob topish qiyin.
Har holda muloqotning ayrim maksima – tamoyillaridan chekinish kuzatiladigan holatlarda ham umumiy prinsip – o’zaro hamkorlik ma’lum darajada saqlanmog’i darkor. Bu tamoyildan chekinish faqatgina yuzaki, shaklan bo’lib, haqiqatda esa, yashirin bo’lsa ham, mavjud bo’ladi. Chunki so’zlovchi hamsuhbatiga aniq mazmundagi axborotni yetkazish maqsadini ko’zlaydi. Buni, masalan, buddizm g’oyalarini targ’ib qiluvchi dzen ta’limotiga oid pandlar to’plami «Bi yan lu» (yunoncha – «Xekigan roku») matnida uchraydigan «To’g’ri – bu to’g’ri. Afsusdaman» (23-koan) kabi misra izohida ko’rishimiz mumkin. Dastlabki o’qishda sifat va son tamoyillaridan chekinish bordek (so’zlar takrori, mantiqiy bog’liqlik talabi buzilgan), ammo fikrni bu usulda ifodalash dzen ta’limoti uchun umumiy holat: ustoz shogirdi savollariga javob berishda o’zini savolni eshitmagandek, shogird istagini sezmagandek tutadi. SHogirddan bunday «so’z o’yini»ga ishtirok etib, muloqot san’ati mo’’jizasi sirlarini egallashi talab qilinadi (Yunger 2005: 296-297).
Buyuk Konfutsiy si viloyati knyazi szyanning davlat boshqaruvi sirlari haqidagi savoliga quyidagi javobni beradi: «Faqatgina podshoh – podshoh, vazir-vazir, ota-ota, o’g’il-o’g’il bo’lgan joydagina hukumat (boshqaruv) mavjuddir». Nuqul tavtolik juftliklardan iborat bo’lgan bunday nutqiy tuzilmada miqdor tamoyili unutilgandek. Aslida, Konfutsiy ifoda qilayotgan fikrini mazmundor ifodalash tarafdori. To’g’rida, mamlakatni to’g’ri idora qilish uchun podshoh podshohlik qilmog’i, vazir o’z vazifasini ijro etish sifatiga ega bo’lmog’i, ota oilaning haqiqiy boshlig’i ekanligini isbotlashi, o’g’il esa ota-ona hurmatini bajo keltirishi zarur. Bunday mazmun, tagma’noni implitsit, ya’ni botiniy ifodalash Konfutsiy ta’limoti ma’naviy-etik g’oyalari targ’ibotining asosiy uslublaridandir (Sorokin 1985: 107-108).
Fikrni bu yo’sinda ifoda etish uslubi SHarq falsafasida, pandnomalarida keng qo’llanishi barchaga ma’lum. Alisher Navoiyning muxlisi va do’sti, futuvvat ilmining targ’ibotchilaridan bo’lgan Husayn Voiz Koshifiyning shogird tushishning shart-sharoitlari haqidagi fikrini olaylik: «Agar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi, deb so’rasalar, irodat ustiga quriladi, deb javob bergin. Agar irodat nimadir deb so’rasalar, samo’ va toatdir deb aytgin. Agar samo’ (eshitish) va toat nimadir deb so’rasalar, nimaiki ustoz aytsa, uni jon qulog’i bilan eshitish, chin ko’ngil bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali amalda ado etishdir, deb ayt. Agar shogird uchun nima yaxshi deb so’rasalar, pok e’tiqod deb ayt, chunki faqat e’tiqod kishini murodiga yetkazadi» (Koshifiy 1997: 198).
Alisher Navoiy avliyolarning eng komil rahnamolaridan biri deb bilgan Fariduddin Attor «Mantiq -ut tayr» («Qush tili mantig’i») asarini tugatgach, o’z o’quvchisiga xitob qiladi: «Ey o’quvchim, dardli dil bilan bu devonga kir (kitobni varaqla), jondan kechib bu ayvonga qadam qo’y. Jon ko’rinmay qolgan ana shunday maydonda, balki maydon ham ko’rinmay qolgan (vaqtda), agar dard bilan unga kirmasang, unda bir gard-g’ubor ham senga yuz ko’rsatmaydi. Ko’nglingda agar dard qo’zg’olib, maqsad sari intilsang, agar qadam tashlamoqchi bo’lsang – maqsad sari qadam qo’y. Noumidlik – baxtsizlik ozuqang bo’lmay turib, hayron qalbing qayta tirilarmidir? Sen dard hosil qil, chunki darmonu davoying shu darddir. Ikki olamda jonning dorisi ham shu darddir. Ey yo’lovchi, mening kitobimga shoirlik va kibru havo bilan boqma. Daftarimga ishq dardi yuzasidan qara, shunda yuzdan bir dardimga ishonching ortar balki. Bu yo’lga kirganlarga dard yuzasidan boqqan kishigina bizni tushunadi, hamdard bo’ladi, ishq davlatiga erishadi» (Fariduddin Attor 2006: 219).
Attorni bu satrlar bitigida miqdoriy sifat tamoyiliga amal qilmaslikda ayblab bo’larmikan?! Yo’q. Bu, birinchidan, janr uslubi, ikkinchidan, mualliflik intetsiyasini (nutqiy muloqot maqsadini) amalga oshirish yo’li. Tavtologik takrorlar, ko’p ma’noli so’zlar, kiritma iboralarini keng qo’llash vositasida muallif o’z maqsadini o’quvchiga nafaqat tushunarli qilib yetkazish, balki uni shu maqsadni qabul qilish va bevosita ijro etishga undash niyatidadir. Bu niyatni ro’yobga chiqarish uchun lisonning zohiriy va botiniy imkoniyatlari uyg’unlashuvi lozimdir.
Muloqot tamoyillaridan chetga chiqmasdan turib, stilistik trop va figuralarni shakllantirish qiyin vazifa. Binobarin, sifat tamoyilining buzilishi sarkazm, kinoya kabi nutqiy bayon amallarini shakllantirishga olib keladi (SHomaqsudov va boshqalar 1983: 241-243):


  1. Download 267,41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish