Ko’zi ojiz shaxslarning lisoniy ijtimoiylashuvi
Inson tug’ilibdiki, dunyoni bilishga, anglashga intiladi. Insonlarda bu jarayon ko’rish orqali amalga oshiriladi. Demak, bunda insonning ko’rish qobiliyati asosiy vazifani bajaradi. Tabiiyki, ko’rish qobiliyatini yo’qotgan shaxslarda uning boshqa sezgi organlariga yanada ko’proq yuk tushadi. SHifokorlarning bergan ma’lumotiga ko’ra, har yili sayyoramizda ko’zida nuqsoni bor bolalarning tug’ilishi ortmoqda. Mana shu hodisa tiflopsixologiya va tiflopedagogika fanlarining shakllanishiga, rivojlanishiga turtki bermoqsa.
Tiflopsixologiya grekcha «tuphlos» ko’zi ojizlik, «psyuxe» - ruh, jon va «logos» - fan so’zlaridan olingan bo’lib, u ko’zi ojiz shaxslarning ruhiyatini o’rganadi.
Tiflopsixologiya va tiflopedagogika alohida mustaqil fan- lar bo’lib, deyarli bir vaqtda yuzaga kelgan. Jamiyat tomonidan ko’zi ojiz shaxslarga alohida z’tibor berilishini jahon tiflo- psixologiyasi 5 bosqichga ajratadi.
XII asr oxiridan XIX asrgacha bo’lgan davrni. Bu bosqichda ko’zi ojizlar uchun maxsus o’quv qurollari yaratildi.
XIX asr. Mazkur bosqichda fransuz tiflopedagogi Lui Braul tomonidan «Brayl alifbosi» joriy qilindi. Fransuz olimi Didro tomonidan ko’zi ojizlar uchun ilk marta maktab tashkil etildi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlari. Bunda yozuv dastgohlari yozuv va o’qish uchun qulay hamda ixcham holda keltirildi. «Brayl alifbosi» birmuncha soddalashtirilib, 1 ta harf uchun 6 nuqta- li katakchalar belgilandi.
Birinchi jahon urushidan toki XX asrning 90-yillarigacha. Bu bosqichda «Brayl alifbosi»da murakkab belgilarni va raңamlarni ham ifodalash imkoniyati paydo bo’ldi. Bir necha maktablar ochildi. Fransiya va Rossiyada ko’zi ojizlar uchun max- sus kollejlar tashkil etildi.
XX asrning 90-yillaridan bugungi kunga qadar. Bu bosqichda ko’zi ojiz odamlarga jamiyatning to’laqonli a’zosi sifatida qarala boshlandi. Ular barcha sohalarda teng huquqli bo’lib faoliyat ko’rsatmoqdalar. Olimlar25 bu davrlarni, asosan, tiflotexnikaning rivojlanishi bilan ham belgilaydilar.
Ko’zi ojiz shaxslarning lisoniy ijtimoiylashuvi haqida tiflopsixolog Kovalenko shunday deydi: «Nutq - ko’zm ojizlar bilan ishlashda asosiy qurol. Qachonki u aniq ma’lumot va mehnatga tayansa». YAna bir tiflopsixolog olim Nedler: «Ko’zi ojiz bolani tarbiyalashda katta talab qo’ymaslik kerak. Avvalo, u o’zi bilan kurashadi. Agar u ojizligani iloji boricha kamroq his qilsa, uni nutqiy jarayonga olib kirish osonroq kechadi», - deb ma’lumot beradi. Demak, ko’rish organlari zararlanganda ma’lumotlarni qabul qilishda nutqning ahamiyati katga bo’ladi. Ko’zi ojiz shaxsning ma’lumot bazasi noaniqdan aniqqa qarab boradi.
Bu mavzuni o’rganish maqsadida biz 2 ko’zi ojiz talaba (1-o’g’il bola, 2-qiz bola) bilan oldindan tayyorlangan savollar asosida so’rovnoma o’tkazdik. Savolnomada insonning ijtimoiylashuvini aniqlashga qaratilgan «Siz uchun odamlar bilan muloqotga kirishish qiyin emasmi?», «Ziddiyatlarni qanday hal etasiz?», «Sog’lom kishilar ko’zi ojiz kishilar bilan qanday munosabatda bo’lishlari kerak?» degan savollar ham bor edi. Savolnomadagi ayrim savollarga retsipiyentlar (sinaluvchilar) quyidagicha javob berdilar.
Savol: San’atni qanday vosita bilan his qilasiz? His qila olish nima o’zi?
A: (o’g’il bola) His qilish - san’atni, muhabbatni his qila bilish. Muhabbat san’atdir, agar u go’zal bo’lsa! Muhabbatli bo’lish ham san’at. Hayotda raqs san’ati masalasida biror narsa aytolmayman. Lekin nazariy jihatdan uning qanday amalga oshi- rilishini bilaman. Eshitish orqali yoki o’qish orqali san’atni qabul qilsam, shular haqida ayta olaman. Musiqa va badiiy adabmyotni his qilaman. SHularni eshï/ptanda ich-ichimdan zavqla- naman, yuragim hapriqib ketadi, so’z lazzatini his qila olishdan zavqlanaman. Raqsning go’zalligini eshitganman, ammo ongda tasavvur etolmayman. Sizni tasvirlab berishim mumkin, lekin bu qayerdadir o’qilgan yoki eshitilgan ma’lumot bo’ladi. O’zim guvoh bo’lmaganman, shuning uchun tasvir jonli chiqmaydi.
B: (qiz bola) His qila olish - ko’ngildan o’tgan narsa. Faqat dardni his qilish-da! Dardni his qilgan paytda ko’ngildan chiqqan narsa - san’at asari. Uni o’qigansiz, ko’nglingiz ko’rinib turadi (she’r haqida gapira turib). O’zgalardagi san’atni asarlarida tashbehlarni qo’llashidan, ashula aytishidan his qilaman. Bunday asarlar birovlarga yoqish uchun yozilmaydi.
Savol: Kelajagingizni qanday tasavvur etasiz?
A: Kelajagimni tasavvur qilsam, aqlim boy bo’pishini xohlayman. Kelajakda meni nima kutayotganini bilaman. Lekin men undan ham yuksakroq natijaga erishishga intilaman. O’zimga ishonaman. O’zimning sohamga yangilik olib kirishga harakat qilaman. «Sen o’qituvchi bo’lasan» degan o’y xayolimni qamrab olgan, lekin o’zimning sohamda professor bo’lishni xohlayman. Kelajagimni porloq tasavvur etaman.
B: Kelajagimni tasavvur qilolmayman. Hamma narsa bo’lishi mumkin. Bugun bormiz, ertaga yo’q. Lekin yorqin kelajagim bo’lishini xohlayman. Magistratura, aspiranturada o’qishni davom ettirmoqchiman. CHunki o’qishdan boshqa, hayotda o’z o’rnimni topishdan boshqa ovunchim yo’q. Eng qo’rqadigan narsai - uyda o’tirib qolish! Uyda o’tirib qolsam, kelajagimni tasavvur qilish tugul, harakat ham qilmay qo’yaman.
Darhaqiqat, inson cheksiz imkoniyatlardan foydalanadimi yoki uning imkoniyatlari cheklangan bo’ladimi, bundan qat’i nazar, o’zini hech kimdan kam emasligini his qilib yashashi lozim. Bu, avvalo, o’zining, qolaversa, jamiyatning, davlatning yutug’idir.
Do'stlaringiz bilan baham: |