O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘zbek tili kafedrasi



Download 267,41 Kb.
bet2/72
Sana18.02.2022
Hajmi267,41 Kb.
#456963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
2 5382020872917750987

O‘QUV MATERIALLARI


MA’RUZA MASHG‘ULOTI


1-modul. “Tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlari” fanining maqsad va vazifalari
Reja:

  1. Insoniyat sivilizatsiyasi va filologiya ilmi.

  2. O`zbek tilshunosligida zamonaviy yo`nalishlarining paydo bo`lishi.

  3. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo`nalishlarni o`rganishda integrativ yondashuv.

Insoniyat sivilizatsiyasi barcha sohalarda, jumladan ta’lim tizimida ham global o’zaro bog’liqlik darajasigacha erishdi. Hozirgi kunda bitta davlat yoki millatning muammosi butun jahon rivojiga katta ta’sir etishi mumkin. YUzaga kelgan ekologik, iqtisodiy, siyosiy muammolar va inqirozlarning yechimi faqatgina insoniyatdan kelajakda aqliy va ma’naviy rivojlanishni talab etadi. Bunga esa faqatgina to’g’ri va sifatli ta’lim tizimini yo’lga qo’yish orqaligina erishish mumkin. Bugungi kunda dunyoda yuzaga kelayotgan barcha muammolar ildizi ta’lim-tarbiya tizimidagi sifat nuqsonlari natijasi desak xato bo’lmaydi. Buning yechimi ta’lim-tarbiyaga e’tiborni yanada oshirish, bu sohaga yanada ko’proq mablag’ ajratish orqali ta’lim sifatini yuksaltirish bilan hal etilishi mumkin.


“BMT ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatimizda ta’limga yo’naltirilayotgan xarajatlar davlat byudjetining 35 foizidan ortig’ini tashkil etmoqda”1. Lekin ta’kidlash joizki, ta’lim sohasidagi islohotlarning yanada ijobiyligi pedagoglarning globallashuv va axborotlashgan jamiyat ta’lim tizimi mazmun-mohiyatini nechog’lik tushunib yetishlariga va qanchalik astoydil bajarishlariga ham bog’liqdir.
Hozirgi vaqtda dunyo ilmida ijtimoiy antropologiya, jamiyatdagi insonning o’rnini o’rganish va buning markaziga insonni qo’yishga katta e’tibor qaratilmoqda. Filologik fanlarni o’rganish va o’rgatishning xorij namunlari ham ayni yo’nalishda ekanligi bilan ajralib turadi. Biz ham mazkur jihatga alohida ahamiyat qaratishimiz lozim. Tilshunoslikning ijtimoiy hayot bilan bog’lanishida ham bu sohalarning o’ziga xosligidan tashqari sotsial, xususan, madaniy antropologiya bilan yaqinlashib boradi. Dunyo filologiya ilmi ham aynan mana shunday yo’nalishlarda bormoqda.
Insoniyat jamiyati, shuningdek, respublikamizda mavjud ijtimoiy-itisodiy, g’oyaviy-siyosiy, ta’limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini topish tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o’zaro aloqadorligi va o’zaro munosabatlariga bog’liq. Chunki, ularning barchasi mohiyati, mazmuni, tabiati, shakli va ko’lamiga ko’ra tizimlilik xarakteriga ega bo’lib, ularga aynan mos yondashuv yordamida tadqiq etilib, yechimi topiladi. Bu o’z navbatida ta’lim-tarbiya ishida ham tizimli yondashuvdan foydalanishni ko’zda tutadi.
Hozirgi vaqtda dunyo ilmida ijtimoiy antropologiya, jamiyatdagi insonning o’rnini o’rganish va buning markaziga insonni qo’yishga katta e’tibor qaratilmoqda. Filologik fanlarni o’rganish va o’rgatishning xorij namunalari ham ayni yo’nalishda ekanligi bilan ajralib turadi. Biz ham mazkur jihatga alohida ahamiyat qaratishimiz lozim. Tilshunoslikning ijtimoiy hayot bilan bog’lanishida ham bu sohalarning o’ziga xosligidan tashqari sotsial, xususan, madaniy antropologiya bilan yaqinlashib boradi. Dunyo filologiya ilmi ham aynan mana shunday yo’nalishlarda bormoqda.
O`zbek tilshunosligining yangi yo`nalishlari deganda, tilshunoslikda antroposentrik paradigmasi, til va jamiyat munosabatlarining innovatsion xarakterdagi ko`rinishlarini, til va madaniyat munosabatlari, madaniyatlararo munosabatda lakuna tushunchasini, nutqning psixolingvistik va neyrolingvistik asoslari haqidagi ma`lumotlarni tushunamiz.
Bugungi kunda tilshunoslikning ko‘pgina yo‘nalishlarini o‘rganish va tadqiq etish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu imkoniyatlardan foydalangan holda bitiruv malakaviy ishida nutqiy buzilishlarning til sathlarida namoyon bo‘lish omillariga to‘xtalamiz.
XX asrda bir nechta chegaradosh fanlar paydo bo‘ldi. Tilshunoslik sohasida ham xuddi shunday fan Neyrolingvistikafanivujudga keldi. Bu fan nevrofiziologiya va tilshunoslik fanlari o‘rtasida yuzaga kelgan fan hisoblanadi. Neyrolingvistika fanining yo‘nalishlarida biri bo‘lgan Afaziya, uning turlari va afaziyaning til sathlarida, ya’ni tilning fonetik, leksik, grammatik va semantik sathlarida namoyon bo‘lishini o‘rganish, nutqiy buzilishlarni tadqiq qilish logopedik muammolarni bartaraf etishda nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi ilm-fan borasida yuzaga kelgan yutuqlarni o‘rganishimiz, tadqiq etishimiz va rivojlantirishimiz zarur.
Neyrolingvistika (grek tilidan νεϋνον – nerv, lingua – til) – bu psixologiya faning tarmog‘i bo‘lib, psixologiya, nevrologiya va lingvistikani chegaralarida vujudgakelgan, “nutqiy faoliyatning miyadagi mexanizmlarini o‘rganuvchi va miyaga mahalliy shikast yetishida nutqiy jarayonlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni” o‘rganadi. Neyrolingvistikaning fan sifatida shakllanishi bir tarafdan neyropsixologiyaning, boshqa tarafdan esa lingvistika va psixolingvistikaning rivojlanishi bilan bog‘liq. Zamonaviy neyropsixologiya tasavvurlariga mos ravishda neyrolingvistika nutqni tizimli funksiya, afaziyani esa birlamchi defekt va birlamchi defekt ta’siri natijasida yuzaga keluvchi ikkilamchi buzilishlar, shuningdek miyaning buzilgan funksiyalarini qayta tiklashga qaratilgan ish faoliyati natijasida paydo bo‘luvchi tizimli buzilish sifatida o‘rganadi. Miyaning shikastlanishida tilga oid o‘zini tutish faoliyatining buzilishi bo‘yicha olib borilgan tasodifiy kuzatuvlar o‘rta asr davridanoq ma’lum, biroq ularni tizimli ravishda o‘rganish XIX asrning 2-yarmidan boshlangan. Mamlakatimiz lingvistikasida til jihatlari patologiyasiga I.A.Boduen de Kurtene, V.A.Bogoroditskiy, L.V.Shcherba va boshqalar e’tibor qaratganlar. Boduen de Kurtene afaziyani nutq faoliyatini tashkil etuvchi uch jihatidan, ya’ni fonatsiya (talaffuz qilish), auditsiya (qabul qilish) va erebratsiya (“shaxsiy miya markazida sodir bo‘ladigan jarayonlar”) jihatlariga ko‘ra tadqiq qilgan. U tomonidan aytilgan qator fikrlar, dunyo tillarida fonologik tizimlarni qurilishi, ularning rivojlanishi va afaziya klinikasining parchalanishi o‘rtasidagi tizimli korrelyatsiyani ta’riflab bergan R.O.Yakobson asarlarida rivojlantirilgan. SSSRda neyrolingvistik tadqiqotlarning rivojlanishi A.R.Luriya tadqiqotlariga asoslanadi. Bilislarning alohida sohasi sifatida neyrolingvistika XX asrning 50-60-yillarida shakllana boshlagan, biroq bu fanning yuzaga kelishiga miyaning mahalliy shikastlanishida, ya’ni afaziyada nutq buzilishi haqidagi yuz yildan ortiqroq davr mobaynida to‘plangan bilimlar sabab bo‘lgan. Neyrolingvistikaning paydo bo‘lishiga, meditsinaning afaziya bilan kasallangan kishilarning davosi bilan shug‘ullanuvchi sohasi afaziologiyaning amaliy talablari asosiy sabab bo‘lgan deb hisoblash mumkin. Neyrolingvistika fani ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. I.M.Sechenovning tadqiqotlariga asoslangan Boduen de Kurtenening fikriga ko‘ra psixik hodisalarni fiziologik substratdan ajratib bo‘lmaydi, demak, ularning barchasi faqatgina tirik miya bilan birga mavjud bo‘la oladi va uning “o‘lim”idan so‘ng yo‘q bo‘lib ketadi.2 Maxsus neyrolingvistika muammolari bilan Rossiya va Amerika lingvisti Roman Osipovich Yakobson shug‘ullangan. R.O.Yakobsonning taqdirlashga loyiq xizmatlaridan biri bu nutqiy patologiyada tovush xususiyatlarining bo‘linib ketishi qonuniyatlarini aniqlaganligidir. A.R.Luriya o‘zining “Bosib o‘tilgan yo‘l bosqichlari” avtobiografik kitobida aynan Bernshteynning asarlari, motorli afaziya ikki xil shakllardan, ya’ni efferent va afferent shakllardan tashkil topgan, degan taxminiy fikrga kelishiga sabab bo‘lganligini eslab o‘tadi.3 Neyrolingvistikaning vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari neyropsixolog va mamlakatimiz neyrolingvistikasi asoschisi, nutqiy buzilishlarni tizimli tahlil qilishni lingvistika va psixolingvistikaning nazariy tushunchalari bilan umumlashtirgan Aleksandr Romanovich Luriya tadqiqotlari bilan bog‘liq.
1836 yilda Fransiyaning Monpele shahrida bo‘lib o‘tgan tibbiyot jamiyati majlisida vrach Mark Daks miya shikastlanishi natijasida nutqini yo‘qotganlarni tekshirishga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruza bilan qatnashdi.Mark Daks birinchi bo‘lib nutqning yo‘qolishi va miyaning shikastlangan tarafi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud degan fikrni aytdi. Bu esa o‘z navbatida unga nutqiy funksiyalar miyaning chap yarim sharida shakllanishi haqidagi fikrni aytish imkonini berdi. Garchi keyinchalik ma’ruza matni chop etilgan bo‘lsa-da, ilmiy jamiyat Mark Daks tadqiqotlariga jiddiy ahamiyat bermadilar. Shunga qaramay, afaziologiyani paydo bo‘lishini an’anaviy ravishda faqatgina ikki nafar kasalni patologoanatomik jihatdan o‘rganish natijasida nutq markazini, ya’ni Brok markazini tasodifan aniqlagan fransuz jarrohi va antropologi Polem Broka nomi bilan bog‘laydilar. Yorib ko‘rish natijasida, har ikki kasalda ham bosh miyanig chap yarim sharining aynan bir xil sohalari shikastlanganligi ma’lum bo‘ldi va aynan shu narsa Polem Brokaga avvalgi tadqiqotlar natijasiga tayangan holda nutqiy markazni lokallashtirish sohasida xulosalar chiqarish imkonini berdi. Ushbu nutq markazi shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan afaziyani Broka afaziyasi deb nomalay boshladilar. Nemis psixonevropatologi Karl Vernike ham bundan kam bo‘lmagan kashfiyot qildi. 1873 yilda Vernike insultni boshidan o‘tkazgan kasalni o‘rganar edi. Bir tarafdan bu odam gapira olar edi, biroq u patologik ravishda gaplashar edi va uning eshitish qobiliyati shikastlanmagan, boshqa tarafdan esa u og‘zaki va yozma nutqni qiyinchilik bilan anglab olar edi. Uning vafotidan so‘ng yorib ko‘rish jarayonida Vernike bemor miyasi chap yarim sharining orqa yuqori qismi va chakka qismida shikastlanishni ko‘rdi. U miyaning eshitish sohasiga yaqin bo‘lgan qismi nutqni tushunishda ishtirok etadi degan xulosaga keldi. Shunday qilib Karl Vernike 1874 yilda o‘zining sensorli afaziyani yoki uning o‘zi nomalaganidek, boshqaruv afaziyasini birinchi marotaba ta’riflab bergan 72 betli “Afazik simptomlar kompleksi” asarini chop etdi. O‘z kitobida Vernike miyaning turli qismlaridagi psixik buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli afaziyalarni o‘zaro bog‘lashga harakat qilgan. Keyinchalik esa u Broka va Vernike qismlarini bog‘lovchi yoysimon asab tolalarining shikastlanishi ham motorli yoki sensorli afaziyaga olib kelishini kashf qildi. Hozirgi kunda neyrolingvistik tadqiqotlarning Rossiyada shakllangan ikki turdagi an’analari haqida gapirish mumkin. Birinchisi A.R.Luriya Moskva neyrolingvistika maktabi bo ‘lib, hozirgi kunda T.V.Axutina tomonidan rivojlantirilmoqda. Ikkinchisi Balonov Deglin Sankt-Peterburg lingvistika maktabidir. Bu maktabning hozirgi rahbari T.V.Chernikovskaya hisoblanadi. Bu ikki maktabning nazariy masalalar bo’yicha olib borgan tadqiqotlarida turli qarashlar yuzaga kelgan. Moskva maktabi neyrolingvistlari asarlarida nutqiy faoliyatda miya o‘ng yarim sharining faoliyati nazardan chetda qoldirilishi yoki e’tiborga olinmaslik holatlari namoyon bo‘ladi, Peterburg maktabi vakillari tadqiqotlarida esa turli nutq mexanizmlarining bosh miyaning ham o‘ng, ham chap yarim sharlarida taqsimlanganligi haqidagi fikrlar qat’iyat va ketma-ketlikda keltiriladi.
Ko‘pincha, turlari ko‘p bo‘lgan fonologik, grammatik, leksik va semantik buzilishlarni qamrab oladigan afaziyalar neyrolingvistik tadqiqotlarning predmeti bo‘lib ishtirok etadi. Inson voqelikni his qilish organlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan miya analizatorlari – ko‘rishga, eshitishga oid va taktil-kinestetik analizatorlar orqali aks ettirishi haqidagi neyrolingvistik tasavvurlar ham o‘rganilmoqda.
Miyaning sensorli va harakatga keltiruvchi tizimidan farqli ravishda gnostik-praksik qobiq va qobiq analizatorlarining to‘sish zonalari funksional assimetriya bilan xarakterlanadi: til tushunchalarida tilga oid umumiy xulosalar tizimi va tafakkurni asosan miyaning chap yarimshari bilan, aniq-obrazli tafakkurni esa o‘ng yarim shar bilan bog‘laydi. Sensorli proeksion tizimlarning o‘choq shikastlanishlari klinik jihatdan eshitish va ko‘rish qobiliyati o‘tkirligining susayishi yoki qabul qilinuvchi tovush chastotalari va ko‘rish maydonining chegaralanganligi bilan bog‘liq holda og‘zaki va yozma nutqlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklar orqali namoyon bo‘ladi. Harakatlanuvchi proeksion tizimlarning shikastlanishi esa to‘g‘ri tuzilgan iboralarni ifodalovchi talaffuzga oid va prosodik vositalar buziladigan turli dizartriyalar orqali aniqlanadi. Qobiqning gnostik maydonlarining o‘choq shikastlanishi nutqiy agnoziyalar ko‘rinishlarida, qobiqning praksik maydonlari esa apraksiyalar ko‘rinishida aniqlanishi mumkin. Nutqiy agnoziyalarda bemorlar yaxshi ko‘radilar va eshitadilar, biroq ona tilidagi nutq belgilarining tovushli belgisini,ya’ni nutqiy eshitishga oid agnoziyani yoki yozma matnlarning grafemalarini, ya’ni nutqiy ko‘rishga oid agnoziyani taniy olmaydilar. Ayni vaqtda bu bemorlarda fonologik, grammatik va leksik umumlashtirish qobiliyati saqlanib qolgan va bu gapirish va yozish qobiliyatining saqlanib qolganligida namoyon bo‘ladi. Bu holatda nutqiy eshitish agnoziyasiga chalinganlar o‘qiy oladilar, nutqiy ko‘rish agnoziyasiga chalinganlar esa og‘zaki nutqni tushunadilar. Nutqiy apraksiyalarda esa teskari manzara aks etadi, ya’ni ular so‘zni talaffuz etish yoki uni yozishni bilmaydilar, lekin atrofdagilar nutqini tushunish va o‘qish qobiliyati saqlanib qoladi.
Neyrolingvistik tadqiqot usullari nevrologiya va lingvistika nazariyalarning rivojlanishi bilan parallel tarzda rivojlanadi va o‘zgarib boradi. Lingvistik jihatlarni davolashga ko‘chirish ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim, chunki nutqiy xulqning tashqi sifatlariga ko‘ra aynan bir xil ko‘rinishlari, tizimli tashkillashtirilgan miya faoliyatidagi tamomila turlicha psixolingvistik shikastlanishlar natijasi bo‘lishi mumkin. Faqatgina A.R. Luriya tomonidan amaliyotga tadbiq qilingan, buzilgan funksiyaning tizimli o‘rganilishi uning tilga oid tabiatini tushunishga olib kelishi mumkin. Nevrologiya va lingvistika natijalariga tayanuvchi, nutqiy buzilishlarning tabiati haqidagi majmuaviy tasavvurlarga asoslangan bu kabi tadqiqot eng samarali tadqiqot hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rish mumkinki, jamiyatning rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan oraliqdagi neyrolingvistika fani nutqdagi kamchiliklarni o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Nutqdagi kamchiliklar esa kasallikning turiga, shikastlanish darajasiga qarab turlicha bo‘ladi.
Tilshunoslik nazariyalari uchun eng zarur tushunchalar tilning sistemasi va strakturasidir. Tilning sistemasi undagi barcha birliklar va bosqichlar (sathlar) o‘rtasidagi o‘zaro ichki bog’lanishlar va munosabatlarning majmui sifatida izohlanadi.
Tilning strukturasi esa shu bog’lanish va munosabatlarning qay tarzda ekanligini ifodalaydi. Ba`zan sistema va struktura tushunchalari farqlanmaydi. Aslida til sistemasi boshqa fanlar sistemasi kabi o‘z strakturasiga ega. Ko‘pincha "struktura" tushunchasini "tarkib" sifatida qaraladi. Lekin aslida tarkib tildagi bosqichlar, hodisa va jarayonlar tarkibi bilan chegaralanib qoladi. Struktura tushunchasi tarkibni ham qam-rab oladi va fonemalar, morfemalar, gap tarkibi kabilarni o‘z ichiga olib, ularning o‘rtasidagi bog’lanishlarni va shu jumladan til bosqichlarining (sathlari) o‘zaro munosabatlari qanday tarzda tuzilganini izohlaydi. Sistema va struktura tushunchalari bir mavzuga - tilga qaratilgani birisiz ikkinchisi bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Shu sababli til - sistemaviy – strukturaviy tuzilma sifatida qaraladi. Tilning har bir bosqichi (fonologiya, mor-fologiya, sintaksis, leksika, stilistika) ham o‘z sistemasiga, to‘g’rirog’i "kichik sistema"siga ega.
Shu sababli til butun bir sistemalar sistemasi sifatida izohlanadi.
Tilshunoslikda ko‘p qo‘llanadigan yana bir tushuncha "ramziy belgi"dir. Tilshunoslikda strukturalizm oqimining poydevorini yaratgan shvetsariyalik buyuk olim Ferdinand de Sossyur: "Til - tushunchalarni ifodalovchi belgilar sistema-sidir" - deb taqrif bergan edi. Chunki tildagi tushunchalarni ifodalovchi belgilar undagi barcha birliklarni (fonema, mor-fema, so‘z, so‘z birikmasi, gap) qamrab oladi. Belgilar sistemasini va shu jumladan tildagi belgilarning umumiy va xususiy xususiyatlarini o‘rganuvchi fan - semiotika (grekcha semi - belgi, tika - fan) deb ataladi (Ba`zan uni "semiologiya" deyiladi). Tildagi belgilar o‘zining ikki jihati bilan ajralib turadi: a) eshitilish (og’zaki nutq) yoki ko‘rish mumkinligi (yozma nutq belgilari) va b) ma`no jihati. So‘z tilning markaziy birligi sifatida eshitilishi - akustik tomoni, yozuvda alohida belgilar - harfiar bilan yozilishi bilan ajralib turadi. Tildagi bu sunqiy belgilarni hayotimizdagi tabiiy belgilardan farqlash zarur.
Turli sohalarga tegishli shartli belgilar, xususan ko‘cha qoidalarini ifodalovchi belgilar, matematikadagi turli funksional va differensional hodisalarni ifodalovchi belgilar va h.k. Tilshunoslikda til belgilari sistemasi o‘ziga xos murakkabligi bilan izohlanadi. Tildagi belgilarni sodda va murakkab, erkin va ramziy, to‘g’ri va yordamchi, tematik va notematik, statik (tinch) va dinamik (rivojlanishda), sharoitga bog’liq va bog’liq emas, ochiq va yopiq kabi turlarga bo‘linadi.
Ko‘rinadiki, til murakkab belgilar sistemasi hisoblanadi. Hozirgi davr tilshunosligida an`anaviy va struktural hamda bularning har ikkisidan foydalanib alohida tilshunoslik nazariyalari ishlab chiqilgan.
Struktural tilshunoslik oqimlari jahondagi turli mamlakatlarda o‘ziga xos ko‘rinishda mavjud. Ular qatorida Praga tilshunoslik taqlimoti (V.Matezius, N.S. Trabetskoy, V.Vaxek va boshqalar), Amerika Qo‘shma SHtatlaridagi deskriptiv (L.Blumfild, Z.Harris, G. Glison va boshqalar), tagmemika (K.Payk), stratifikatsion (S.M.Lamb), generativ tilshunoslik (N.CHomskiy, S.SHein, M.Xalle va boshqalar) oqimlari bor. Bulardan tashqari Fransiya, Germaniya, Angliya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda ham nom qozongan ilmiy tilshunoslik taqlimotlari bor. Bu tilshunoslik yo‘nalishlarini keyincha "Umumiy tilshunoslik" kursida o‘rganiladi.
Hozirgi davr tilshunosligidagi eng dolzarb yo‘nalishlar qatorida sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, lingvokulturologiya, paralingvistika, etnolingvistika, antropololingvistika kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Sotsiolingvistika. Til va jamiyat, til va tafakkur (ong) o‘rtasidagi bog’lanish eng murakkab va doimo dolzarb hisoblanadi. Tilning jamiyatdagi xizmatini o‘rganish sohasi sotsiolingvistika (lotincha sotsio - jamiyat, tika - fan) deb ataladi. Sotsiolingvistika tilning jamiyatdagi o‘rni va xizmati, uning jamiyatning turli tabaqalari va kasb egalari tomonidan qo‘llanishidagi xususiyatlarni irmly tadqiq qiladi. Sotsiolingvistika tillarning jamiyatda qo‘llanishiga ko‘ra rasmiy, davlat, elat, qabila tillarini farqlaydi. Odatda umummilliy tillar davlat va rasmiy tillar sifatida qabul qilinadi.
Ba`zi davlatlarda ikki, uch va undan ortiq tillar rasmiy til deb eqlon qilingan. Hindistonda tillar ko‘pligi tufayli 14 ta til rasmiy deb eqlon qilingan va ikkinchi rasmiy til sifatida ingliz till qabul qilingan.
O‘zbekistonda o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega va bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ko‘rsatib qo‘yilgan.
Kognitiv tilshunoslik (inglizcha cognize - bilmoq, anglamoq, tushunmoq) falsafadagi bilish nazariyasi bilan cheklanmay, balki tilni tafakkur (ong) bilan bog’lab, uning hosil bo‘lishidagi psixologik, biologik va neyrofiziologik jihatlarning ijtimoiy, madaniy, lisoniy hodisalar bilan uzviy aloqasini chuqur ilmiy tadqiq etadi. Kognitiv tilshunoslik psixologiyadagi tushuncha va kontsept birliklari bilan ish ko‘radi. Kontsept tushunchasi asosida ma`no va obraz yotadi va ular bilim ummumlashmasi sifatida "kvant" deb ataladi. Kontsept - ong - belgi o‘rtasidagi bog’lanish miya faoliyati orqali boshqariladi.
Masalan, yaxshilik kontsepti barcha yaxshi narsa, belgi, xislat, odat va boshqalarni ifodalab, o‘z "tushunchalar maydoni"ni tashkil etsa, "yomonlik" kontsepti buning aksini ifodalaydi.

Download 267,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish