O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘zbek tili kafedrasi



Download 267,41 Kb.
bet3/72
Sana18.02.2022
Hajmi267,41 Kb.
#456963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
2 5382020872917750987

Psixolingvistika - psixologiya va tilshunoslik o‘rtasidagi bog’lanishlar asosida hosil bo‘lgan sohadir. "Psixolingvistika" termini 1946-yilda birinchi marta AQSHda N.Pronko tomonidan uning maqolasida qo‘llangan va keyincha 1953-yilda Indiana Universitetida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda keng qo‘llangan. Hozirgi davrda psixolingvistika sohasida jahonning turli mamlakatlarida qo‘llanilayotgan nazariya va metodlar mavjud.
Psixolingvistika nutqning hosil bo‘lish va eshitib his etish jihatlanni nutq faoliyatining jamiyat va shaxsning rivojlanishi bilan bog’liq ravishda murakkab sistema va straktura sifatida ilmiy tadqiq etadi. Psixolingvistikaning asosiy o‘rganish mavzusi nutqning hosil bo‘lishi, uning ongli eshitib his qilinishi va bolalar nutqining shakllanishidir [Belyanin V.P. Psixolingvistika. M.: Flinta, 2003, s. 11].
Psixolingvistikaning xorijdagi taqlimotiga ko‘ra boshqacha taqrif ham mavjud. "Psixolingvistika til va nutqning inson ongidagi tabiati va strukturasiga ko‘ra ko‘zgusi" deb ta]rif beradi T.Skove [Scovel T. Psyholinguistics. Oxford Univ. Press, 1998, p.4]. Psixolingvistika so‘zlovchi va eshituvchining psixologiyasi, uning sharoitga bog’liqligi oddiy va ehtirosga berilgan holati, matnning struk-turasi bilan munosibati, turli nutq buzilishi bilan bog’liq kasalliklar (afaziya)ni ilmiy o‘rganadi.
Lingvokulturologiya - til va madaniyat, o‘zaro madaniy aloqa masalalarini ilmiy tadqiq etadi, chunki: "Til madaniyat bilan juda zich bog’langan, u madaniyatga etib boradi, unda rivojlanadi va uni ifodalaydi" [Maslova V.A. Lingvokul’turologiya. 2-izdanie. M.: Akademiya, 2004, s. 9]3. Bu soha faqat madaniyat bilan emas, balki u orqali turli milliy urf-odatlar, diniy hodisalar, mil-liy kontseptlar, dunyoning til orqali ongli his qilish vositalarini o‘rganadi. Dunyoning til xaritasi umuman ularning insonlar ongidagi mantiqiy ifodasi bilan mos keladi. Bu masalani keng va chuqur ilmiy o‘rganish lingvokulturologiya va lingvokog-nitologiya bilan bog’liqdir.
Etnolingvistika - tilshunoslik, etnografiya va sotsiologiya bilan bog’liq bo‘lib, tilning etnos (xalqning kelib chiqishi) bilan aloqasi va uning jamiyatdagi o‘rnini o‘rganadi. etnolingvistikada til vositalari va kategoriyalarining etnik va ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishda qo‘llanishi o‘rganiladi. Bu soha: - xalq va elatlarning kelib chiqishi (etnogenez va etnik tarix); - xalqlarning moddiy va madaniy tarixini (narsalar, odatlar, tushunchalar, belgilar, ramzlar va h.k.); - xalq tafakkuri tarixining shakllanishi; - til siyosati; - tilning tarqalish jarayoni va boshqalarni o‘rganadi [Gerd A.S. Vvedenie v etnolingvistiku. Izd. Sankt-Peterburgskogo Universiteta. 2005, s. 7].
Antropolingvistika - yozuviga ega bo‘lmagan tillarni o‘rganish sohasidir. Shu bilan birga u etnolingvistika va sotsiolingvistika bilan bog’liq bo‘lib, tilning inson madaniyati va ishonchiga doir andozalar (modellar) yordamida o‘rganadi.
Antropolingvistika nutq jamoasini ijtimoiy, diniy, hududiy va qarindoshlik guruhlari sifatida farqlashda lisoniy xususiyatlarning o‘zgarishlarini o‘rganadi. Bunda turli ijtimoliy sharoit, kundalik muloqot, urf-odat, nutq madaniyati va savod kabilar eqtiborga olinadi.
Paralingvislika - (grekcha para - atrof, lingvistika - fan, ya`ni "lingvistika tevaragidagi fan" ma`nosini anglatadi) tilni boshqarib borishda qo‘llanuvchi vositalarni o‘rganadi. U uchga bo‘linadi: 1) Kinesika, ya`ni imo-ishora, mimika, inson organizmidagi biror muravatni qimirlatish vositasida biror tushunchani ifodalash; 2) Fonatsiya - inson ovozidagi o‘zgarishlar, masalan, bo‘g’izni qisish, "oh", "uh", "voh" kabi turli ehtiroslarni ovoz yordamida ifodalash;
3) Paragrafemika - yozuvda shaxsiy belgilar yordamida turli tushunchalarni bildirish. Paralingvistik vositalar turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlar tomonidan har xil ifodalanadi. Og’zaki va yozma nutqda ifodalanadigan turli paralingvistik vositalar doim bir-biriga to‘g’ri kelmaydi. Masalan, qosh va ko‘zning vositasida ifodalanadigan tushunchalar tildagi so‘zlar va gaplardan ko‘ra kuchliroq mazmunni bera olishi mumkin. Paralingvistik vositalar milliy, shaxsiy, diniy, psixologik, etnik, urf-odat va madaniyat bilan bog’liq.
Jahon tilshunosligi tarixi bir ummonki, undan imkoniyatga, talab va maqsadga ko`ra xabardor bo`lish, shu yo`nalishda bilimga ega bo`lish, undan foydalanish va tadqiqotlarda ushbu «ummonga» asoslanish har bir jiddiy tadqiqotchi uchun, tilshunos uchun sharafdir. Chunki tilshunoslik fanining kelajagi aslida til-shunoslik tarixidan, lisoniy bitmas - tuganmas xazinadan boshlanadi. SHuningdek, tilshunoslikning ilmiy-nazariy muammolarining asosi, poydevori ham man-tiqan tilshunoslik tarixidadir. Ayni tarixni mukam-mal bilmasdan, uni tasavvur qilmasdan, uni ang-lamasdan turib, tilshunoslikning nazariy - falsafiy masalalari haqida fikr yuritish maqsadga mutlaqo muvofiq emasdir, diletantlikdir.
Aytilganlarga ko`ra, biz umumiy tilshunoslik soha-sidagi dastlabki qadamni tilshunoslik tarixidan, li-soniy o`tmishdan boshladik.
Lingvistika termini qator yevropa mamlakatlari: ingliz, fransuz, nemis, ispan, rus va boshqa tillarda faol qo`llanilib, til haqidagi fanni anglatadi. Ushbu so`zning o`zagi lingua bo`lib, til degan ma’noni beradi. Binobarin, lingvistika terminining o`zbek tilidagi muqobili, ma’nodoshi tilshunoslik bo`lib, ular o`zaro sinonimik munosabatga kirishadi.
Lingvistika yoki tilshunoslik fani o`ziga xos murakkab ijtimoiy hodisa bo`lgan aloqa qurolini — tilni sistema sifatida — bir butun ob’ekt sifatida tadqiq va tahlil qiladi. Ayni jarayonda u turli ko`ri-nishlarda, shakllarda namoyon bo`ladi. Bu ijtimoiy xarakterga ega bo`lgan tilning mohiyatidan, uni turli tomondan o`rganish, tekshirish lozimligidan va bu il-miylik nuqtai nazaridan mutlaqo to`g’ri ekanligidan kelib chiqadi.
Lingvistika nihoyatda qudratli ma’naviyat belgisi, millat boyligi bo`lgan tilni o`rganish jarayonida quyi-dagi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi:
1. Dinamik lingvistika.
2. Statik lingvistika.
3. Atomistik lingvistika.
4. Struktural lingvistika.
5. Sinxronik lingvistika.
6. Diaxronik lingvistika.
7. Intralingvistika.
8. Ekstralingvistika.
9. Makrolingvistika.
10. Mikrolingvistika.
11. Paralingvistika
12. Psixolingvistika.
13. Sotsiolingvistika.
14. Etnolingvistika.
15. Matematik lingvistika.
16. Neyrolingvistika va boshqalar.

Download 267,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish