O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘zbek tili kafedrasi



Download 267,41 Kb.
bet29/72
Sana18.02.2022
Hajmi267,41 Kb.
#456963
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72
Bog'liq
2 5382020872917750987

-Uch qavat hovlida ikkimiz yolg’iz qolsak qanday baxt bu?.. Bo’lmasa men darbozani zanjirlab kelay.
-Ha... zanjirlab keling...
-Nega achchig’lanasan, yaxshi qiz, men ichkari kirsam, mehmonxonaning yolg’iz qolishini o’ylamaysanmi?
Ra’no istig’nolandi.
-Men sizni ichkari taklif qilgani chiqmadim, nima osh qilishni so’ragali chiqdim.
-Maqsadingga tushunib turibman, ammo sen yolg’iz zerikmagil deyapman.
-Men.... zerikmayman..... qanday osh qilay?
-Qaysi xilini buyursam ekan? – deb o’z-o’ziga savol berdi Anvar. –Ubraga uquving yo’q, palovni lanj qilasan, somsani yopolmaysan, tuppani kesolmaysan, senga qayla buyurg’andan, atala qil degan yaxshi, chunki eziltirib yuborasan, manti to’g’risida o’ylash ham ortiqcha... YAna shu holda qanday osh qilay, deb do’q urganing qiziq.
-Men uquvsiz bo’lsam, o’zingiz osh qiling.
-Men ham osh qilishni yaxshi bilmayman, shuning bilan birga do’q ham urmayman,- dedi Anvar. – Lekin ikki yorti bir butun bo’lsaq, ehtimol yaxshi osh qilarmiz... Sen borib o’choq harakatini ko’raber, sabzi-piyoz to’g’rashni menga qo’y, xo’bmi, yaxshi qiz?
Ra’no javob bermadi, o’pka namoyishi ostida ichkari jo’nadi. Anvar kulgi orasi tashqariga chiqdi... (Mehrobdan chayon. 1992. 445-b)
Anvar va Ra’no o’rtasidagi munosabat asimmetrik xususiyatga ega bo’lsa-da, muloqot harakatlarida bu tenglik o’z aksini to’liq topmaydi. O’zbek nutq odobi qoidalari o’ziga xos (Iskandarova 1993; Mo’minov 1997): qizlar nutqi iffat, ibo etikasi doirasida shakl topadi va voqelanadi. SHu sababli, kattalar va yigitlar beradigan savollarga qizlar bilvosita javob berish yo’lini izlaydilar, ba’zan sukut saqlab qo’ya qolishadi.
Nutqiy vaziyat simmetrik munosabat doirasida yuzaga kelsa, fikr izhori ancha ochiq, kommunikativ maqsadlar aniq ifodalanayotgan nutqiy harakatlar ijrosida kechadi:
-Bugun qanday bahonani o’ylab kelayapsiz? – deya qarshi oldi u (xotin).
-Obbo!-Tohirning tishlari g’ijirlab ketdi. – YAxshi gap yo’q ekanda bu uyda. Qachon qarasa, tergagani tergagan.
-Tergashimga asos bor, - dedi Go’zal tap tortmay. –Qolaversa, yaxshi gapga qorin to’ymaydi (Zulfiya Qurolboy qizi. YOvuzlik farishtasi. T., 2005. -47 b).
Ammo simmetrik vaziyatda ham muloqot tagma’noli, tumtoq iboralar vositasida, lo’nda ifodada kechishi hech ham istisno emas:
-Ovqating tayyormi?
-Yo’q.
-Nima sababdan?
-Bilmayman.
-Istamadingmi?
-Ha.
-Nega?
-Shunday.
Nutqiy muloqotning yuqorida eslatilgan hamkorlik va hurmat tamoyillari asosan tinglovchi - adresantning «foydasi»ni ko’zlovchi tamoyillardir. Bu tamoyillar simmetrik va nosimmetrik nutqiy vaziyatlarda bir xilda faollashadilar. Shaxslararo muloqot jarayonida so’zlovchi o’z foydasini ham unutmaydi, u o’z shaxsiyatining qimmatini ko’rsatishga, o’z hurmatini saqlashga urinadi. SHaxsiy qadrini saqlashga yo’naltirilgan tamoyil ko’pincha nosimmetrik munosabatlar vaziyatida namoyon bo’ladi. Ushbu tamoyil, masalan, kinoya mazmunidagi nutqiy harakatlar ijrosida faollashadi, chunki tabaqa pillapoyasida yuqoriroq o’rin egallagan shaxs – so’zlovchi pastki pog’onada turgan tinglovchiga kinoya vositasida ta’sir o’tkazishga harakat qiladi. Kinoya qo’pollik va qat’iyatni bir oz bo’lsa-da, yumshatish imkonini beradi (Leech 1983: 142).
Maslahat mazmunidagi nutqiy akt ham ko’pincha muloqot asimmetrik sharoitda ko’chayotganda hosil bo’ladi. T.Hadsonning ta’kidicha, maslahatga ehtiyoj suhbatdoshlardan biri qiyin holatga tushganda tug’iladi va maslahat beruvchi shaxs uni qo’llab-quvvatlashga urinadi (Hadson 1990: 286). Demak, maslahat berish huquqiga ijtimoiy mavqei yuqori bo’lgan (bu mavqe doimiy yoki turli sharoitlarga nisbatan o’zgaruvchan bo’lishini ham unutmaylik) shaxs egadir. Maslahat vaziyatining o’zgarib turishi sababli bo’lsa kerakki, so’zlovchi o’z fikrini yetkazishda unchalik qat’iyat bildirmasdan, o’zini xolisona tutishga, betarafdek ko’rsatishga harakat qiladi. Agarda qat’iylik ko’rsatilsa, xolislikdan yiroqlashilsa, avtoritar vaziyat yuzaga kelib, munosabatlarning nosimmetrikligi kuchayadi. Buyruq, farmoyish, ko’rsatma kabi avtoritar xususiyatga ega bo’lgan nutqiy faoliyat jarayonida tinglovchi bo’lg’usi harakatni tanlash ixtiyoridan qariyb mahrum, u, so’zsiz, ijroga mahkum. Bunday sharoitda muloqot hamkorligi buziladi, u bir tomonlama hamkorlik tusini oladi. Direktiv nutqiy harakatlarning qat’iyligi «talab ijrosi uchun ajratilgan vaqtni chegaralash yo’li bilan belgilanishi mumkin (Pushkin 1990: 29). Masalan, «Zudlik bilan yetib keling!», «Hoziroq javob qaytaring!», «Bir hafta muddatda ijrosi ta’minlansin!» kabi farmoyishlar ko’rsatilgan vaqtda bajarilishi lozim.
Xullas, olamning rang-barang va unda kechayotgan voqe-hodisalarning turli-tuman bo’lgani kabi muloqot vaziyatlari ham turli xususiyatlarga egadir. Ular har xil sharoit, muhitlarda hosil bo’ladilar, muloqot ishtirokchilarining munosabatlari ijtimoiy mavqega bir xilda ega bo’la olmaydi. Aynan shu turli-tumanlik muloqot tizimining sotsiopragmatik ko’rsatkichlarini, ijtimoiy deyksis qobig’ini tashkil qiladi. Sotsiopragmatik belgilarni e’tiborga olmaslik nutqiy harakatlar jo’yaliligi tamoyilining talablari buzilishiga olib keladi. Professor N.Mahmudov yaqinda e’lon qilgan maqolasida nutqning jo’yalilik sifatini ta’minlash uchun so’zlovchi, ifodalamoqchi bo’lgan mazmundan tashqari, nutqiy vaziyatni, tinglovchi xususiyatlarini, uning ijtimoiy maqomi, madaniy-ma’rifiy saviyasi kabi faktorlarni nazardan qochirmasligi lozimligini yana bir karra uqtirdi. Olim jo’yalilik tamoyili talabi qondirilmaganligi qanday oqibatga sabab bo’lishini kichkintoylarga «Sog’likda ko’rishaylik! Omon bo’lsak, albatta, ko’rishamiz!» kabi rasmiy muloqot shaklidagi jumlalarni o’rgatishga intilish mavjudligi misolida izohlab berdi (Mahmudov 2007: 16).
Haqiqatdan ham, nutq vaziyati, suhbatdoshlarning ijtimoiy mavqei, ular bajaradigan nutqiy harakatlarning axloqiy-ma’naviy normalarga oid xususiyatlari kabilar muloqot tizimining muhim belgilaridir. Ularni to’liq bir majmua sifatida tadqiq qilish pragmalingvistikaning dolzarb vazifalaridandir.

Download 267,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish