O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘zbek tili kafedrasi


Neyrolingvistik tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 267,41 Kb.
bet33/72
Sana18.02.2022
Hajmi267,41 Kb.
#456963
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72
Bog'liq
2 5382020872917750987

Neyrolingvistik tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Neyrolingvistika (yunon. neuron – tomir, nerv, asab va lot. lingua – til) – nutqiy faoliyatning miya mexanizmlarini va miyaning mahalliy jarohatlanishi tufayli yuzaga keladigan nutqiy jarayondagi o‘zgarishlarni o‘rganadigan fan.

Binobarin, barcha jihatlar bir-biridan ajralmagan holda o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganiladi, ya’ni til sistemasi lisoniy muomalaning miya substrati (lot. substratum – asos, zamin, negiz, bu o‘rinda miya asosi) bilan o‘zaro munosabatda o‘rganiladi. Shunday qilib, neyrolingvistika asosiy e’tiborini turli ko‘rinishdagi nutqiy buzilishlarni tashxislash va davolashga qaratadi26.
Neyrolingvistika mustaqil fan sifatida (biologik) tilshunoslik negizida, neyrologiya, psixologiya va lingvistika kesishgan nuqtada yuzaga keldi va u til sistemasini lisoniy muomalaning miya substrati bilan o‘zaro aloqada o‘rganadi. Neyrolingvistika lingvistika, psixolingvistika, fiziologiya, neyrofiziologiya, nevrologiya, psixologiya va neyropsixologiya fanlari bilan o‘zaro bog‘langandir.
Nutqiy buzilishlar etiologiyasida bosh miya jarohatlanishining o‘z o‘rni borligi eramizdan avvalgi 400 ming yil ilgari Gippokrat tomonidan aytib o‘tilgan. Lekin uni sistematik jihatdan o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Nutqiy buzilishlar faktlariga bo‘lgan qiziqishni Boduen de Kurtune, A.Shleyxer, G. Vernike, V. A. Bogoroditskiy, L.B.Sherba, R.Yakobson, L.R.Zinder h.k. olimlarning tadqiqotlarida uchratish mumkin.
Neyrolingvistikada nutqiy buzilishlarning neyrofiziologik va lingvistik jihatlari T.Alajuanin, A.Ombredan, M.Dyuran, K.Konrad, K.Breyn, F.Grevel, R.Yusson, Yu. Barbiz, K.Kolmayer, A.Layshner, P.Milnerlar singari olimlarning ishlarida yoritib berilgan. A.R. Luriya esa L.S.Vigotskiy, I.P.Pavlov va P.K.Anoxinlarning ishlariga tayanib tadqiqotlar olib borgan. Mazkur tadqiqotchilar tomonidan turli fonologik, grammatik, leksik va semantik buzilishlar tasvirlangan. Shuningdek, neyrolingvistika lisoniy muomala buzilishining noafazik shakllari (nutqiy agnoziya, apraksiya, aleksiya va agrafiya)ni tadqiq etishga ham e’tibor qaratadi.

Download 267,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish