O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘zbek tili kafedrasi



Download 267,41 Kb.
bet36/72
Sana18.02.2022
Hajmi267,41 Kb.
#456963
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72
Bog'liq
2 5382020872917750987

3. Sensomotor alaliya – sensor va motor alaliyaning kombinatsiyasidan vujudga kelgan bo‘lib, unda turli darajada eshitish va dvigatel buzilishlari mavjud bo‘lib, eng og‘ir nutqiy nuqson hisoblanadi.
12- mavzu. Assotsiativ tilshunoslik
Reja:

  1. Tilga assotsiativ yondashuvning mohiyati.

  2. Lison inson ijtimoiy tajriba-faoliyatini ta’minlovchi hodisa.

  3. Tilga assotsiativ yondashuvning shakllanishi.

Agarda tilshunoslikning mustaqilligini uning sofligi, ya’ni sof lisoniy hodisalar tadqiqi bilan mashg‘ul bo‘lishi mazmunida tushunsak, unda tilshunoslikni faqatgina til qurilmasi tuzilishining tavsifi bilan shug‘ullanuvchi fan sifatida e’tirof etishga majbur bo‘lamiz. Ammo bunday majburiyatni kim bizga zo‘rlamoqda?! Insonning voqelikni bilishga ehtiyoji o‘sib boradi. Lison ham voqelik, u voqelikdagi mavjud hodisa. Shunday ekan, til qurilmasi ne sababdan u yoki bu tuzilishni olishini yoki ushbu qurilma mexanizmlarini harakatga keltiruvchi energiya – kuchning manbai qaerda ekanligini, umuman lisoniy qurilmaning qanday va nima maqsadda «ishlatilishini» bilishga qiziqmaymizmi?!
So‘zsiz, dunyoni bilish faoliyati tasnif va tavsifsiz kechmaydi. Tasniflash harakati – inson bilish faoliyatining muhim amalidir, zero, voqelikni idrok etish niyatidagi shaxs dastlab ushbu voqelikni boshqasiga qiyoslaydi va uning umumiy, xususiy belgilarini topish yo‘li bilan ma’lum turga kiritadi. Lisoniy hodisalarni bilish istagi ham aynan tasniflash harakatidan boshlanadi. Lisoniy birliklarning tuzilishini bilishda murojaat etiladigan dastlabki amallardan biri ham formal-mantiqiy tasniflash amali bo‘ldi. Ammo bu amalga tovush va grammatik tizimlar oson «bo‘ysunishgan» bo‘lsa, lisoniy semantik hodisalarning unga «bosh egishi» o‘ta qiyin kechdi. Natijada, lingvistika «qarama-qarshiliklar» qiyosiga asoslangan struktur uslubli tasnifdan tilni harakatdagi tizim sifatida tasavvur etish g‘oyasini targ‘ib etuvchi tizimlashtirishga o‘tishga majbur bo‘ldi. Biroq har ikkala holda ham tilshunoslik empirik tahlil doirasidan chiqib keta olmadi va uning asosiy tadqiq obyekti bevosita idrok etiladigan lisoniy struktura hamda grammatika va lug‘at hududidan joy olgan ma’lumotlar bo‘lib qolaverdi. Bu hudud chegarasidan chetga chiqish hamda empirik kuzatish tajribasidan bir oz bo‘lsa-da chekinish «nolingvistik», hatto «noilmiy» tamg‘alarini olishi ham hech gap emas edi.
Borliq haqidagi tizimiy, metodologik va tanqidiy bilimni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lgan fan faqatgina empirik kuzatish bilan cheklanib qolmasligi aniq bo‘ldi. To‘g‘ri-da, bilish faoliyati bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan faoliyatdir, u zohirdagi xususiyat, munosabatlardan botindagi mazmun-mohiyatga qarab yo‘l oladi. «Sharq Arastusi» nomini olgan Abu Nosir al-Forobiy «Kitob – al xuluf» asarida bilish harakati ikki yo‘nalish olishini va ulardan biri «bevosita sezishga yaqin turgan maqsadni, ikkinchisi esa ongli idrokka yaqinligini» oldingi o‘ringa qo‘yishini qayd etgan edi. Undan to‘qqiz asr keyin yashagan Georg Gegel (Hegel) 1807 yilda nashr qildirgan asari «Phanomenologie des Geistes» «Ruh fenomenologiyasi» asarida bilish faoliyatining ko‘p bosqichli ekanligi haqidagi fikrni takrorladi va bu faoliyatni haqiqat yashiringan, botinga qarab tushadigan zinapoyaga o‘xshatdi. Darhaqiqat, bilish faoliyatining ko‘zlagan maqsadi va tutgan yo‘li voqelik hodisalarini kuzatib tavsiflashdan tashqari, ularning mohiyatini idrok etishdir.
Lison inson mavjudligini, uning ijtimoiy tajriba-faoliyatini ta’minlovchi hodisadir. Demak, lison tadqiqi bilan shug‘ullanayotgani kimsa beixtiyor o‘zini bilish bilan mashg‘uldir, zero, lisoniy faoliyat hodisasining mohiyati – uning ijrochisi – shaxs va ushbu shaxsning ijtimoiy, shaxslararo munosabatga kirishishi bilan belgilanadi.
Darvoqe, fenomenologiya ruhidagi g‘oyalar til haqidagi fanning sistem tilshunoslik, funksional tilshunoslik kabi sohalariga qisman bo‘lsa-da, o‘z ta’sirini o‘tkazib kelayotgan edi. Uning ta’siri, ayniqsa, G.Giyom va A.A. Potebnya ta’limotlarida sezilarlidir. Binobarin, lisoniy faoliyat jarayonida bilish va ijodiy yaratish maqsadlarining qay yo‘sinda «omuxta» bo‘lishi hamda shu asosda insonning voqelikni qanday o‘zlashtirishi muammolari ustida bosh qotirgan A.A.Potebnya lisoniy belgilarning qo‘llanishidagi shakl va mazmun mutanosibligi inson tafakkur faoliyatining qonuniyatlari bilan bog‘liq ekanligi haqidagi fikrni muhokamaga tashlaydi. Ukrain tilshunosi ko‘pchilik bildirayotgan «so‘z fikrni ifodalash va uni boshqalarga uzatish uchun kerak» qabilidagi g‘oyaning noto‘g‘ri ekanligini quyidagilar bilan izohlamoqchi bo‘lgan edi. Uningcha, so‘zning har bir qo‘llanishi yangi fikrning yaratilishidir va bu yangi fikr tafakkurdagi oldingi zahiralarning yangi tasavvur, yangi savollar asosida qayta guruhlanishi va o‘zgartirilishi natijasidir. «SHunga binoan, - deb yozadi A.A.Potebnya, - so‘z tayyor fikrni ifodalovchi va uzatuvchi vosita sifatida talqin qilinmasligi lozim; u dastlabki o‘rinda fikrlovchining o‘zi uchun kerak, chunki bu o‘zgarishlarni so‘z uning o‘zida hosil qiladi» (Potebnya 1990: 115). So‘zning fikrni uzatish vositasi bo‘la olishini faqatgina uning tinglovchini oldin so‘zlovchi bajargan mental faoliyatni takrorlash hamda o‘z aqliy zahiralaridagi materialdan foydalangan holda, o‘xshash fikr yaratishga undashida ko‘rish mumkin. «So‘zlash o‘z fikrini o‘zgaga etkazish bo‘lmasdan, balki unda uning o‘zining fikrini uyg‘otishdir» (O‘sha asar: 15).
Qisqasi, tilshunoslik empirik tahlilni bilishning boshqa g‘oyalari va amallari bilan boyitishga uzoq tayyorgarlik ko‘rdi. Bunday tayyorgarlik, izlanishlar zoe ketmadi, o‘tgan asrning oxiri tilshunoslik taraqqiyotida o‘ziga xos yangi bosqich, yangi rivojlanish davri bo‘ldi. Shu davrda empirizm, fenomenologiya, konstruktivizm kabi falsafiy g‘oyalarni o‘zida jamlagan metodologiyaga asoslangan lisoniy tahlil yo‘nalishlari yuzaga keldi. Ana shunday yo‘nalishlardan biri, albatta, pragmalingvistikadir.
Pragmalingvistika, hech qanday gumonsiz «tetapoya» davridan o‘tdi, ushbu soha o‘z tadqiq obyektini (nutqiy muloqot tizimi) va tahlil metodlarini asosan aniqlab oldi. Pragmatik tahlil tamoyillarini belgilovchi asosiy metodologik g‘oya ham aniq: bu – faoliyat nazariyasidir. Ammo pragmalingvistika hamon «navqironlik» davrida. Navqironlik esa – istiqbolli rejalarga to‘liqlikdir, hozircha hal etilishi lozim bo‘lgan muammolardan tap tortmaslikdir. Darhaqiqat, barkamollikka intilayotgan pragmatika fani lisonning inson, jamiyat xizmatida bo‘lishidagi vazifasining qanday amalga oshirilishi borasida izlanishlarni davom ettirishga majbur. Bu izlanishlar lisoniy bilim sohasidagi ushbu yo‘nalishning yangi nazariy g‘oyalar bilan boyitilishini talab etadi.
Hech qanday ilmiy tahlil to‘liq bo‘la olmaganidek, biror bir hodisaning ilmiy bayoni ham bir ma’noli bo‘la olmaydi yoki bir xil ohangda kechmaydi. Zero, voqelikning o‘zini ham bir mazmunda anglash qiyin masaladir. Yakka ma’noli voqelikni faqatgina uni ideallashtirish yo‘li bilangina tasavvur qilish mumkin. Mashhur mantiqshunos Rudolf Karnap (1891-1970) aytganidek, mantiqiy va sof matematik qonunlar albatta, umumiydir, lekin ular voqelik haqida hech qanday ma’lumot berish qobiliyatiga ega emasdirlar. Bu qonunlar «alohida tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarnigina ifodalaydilar... uch plyus birning har qanday voqelikda ham to‘rt bo‘lishiga ishonchimiz komil. Lekin bu tasdiq biz yashayotgan voqelik haqida biror narsani bera olmaydi».
Har qanday ilmiy tahlil o‘rganilayotgan obyekt haqida, uning ma’lum voqelikda mavjud bo‘lgan xususiyatlari haqida aniq ma’lumot bermog‘i darkor. To‘plangan ma’lumotlar asosida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan xulosalar shakllanadi. Xulosalarda obyektning tub, haqiqiy mohiyati va uni bilish jarayonida aniqlangan xususiyatlar aks etadi. Demak, haqiqiy mohiyatni bilish izmidagi tadqiqotchi gnoseologik hodisalar ontologik qiymatiga tayanadi. Xuddi shu sababga ko‘ra ushbu risolada pragmalingvistik hodisalar tahlilida «erkin fikrlilik» tamoyiliga amal qilish maqsadini ko‘zlamoqdaman. Ilmiy tafakkurdagi bunday erkinlik, tahlil etilayotgan obyektning ontologik mohiyatini nazardan qochirmasdan turib, muhokama qilinayotgan muammo echimiga turlicha yondashish, qo‘llanilayotgan usullarning turli-tuman bo‘lishiga imkon beradi. Qisqasi, bunday poliintensiyali (ko‘p maqsadli) tadqiq obyekt mohiyatini yorituvchi xususiyatlarning ko‘pqirrali ekanligini anglashga yordam beradi. Eng asosiysi, bildirilayotgan fikrda mulohazali bo‘lish va o‘zgalar fikriga ham o‘rin qoldirish o‘quvchini bahsga tortish imkonini yaratadi.
Har qanday fan sohasining shakllanishi va rivojlanishi ushbu soha obyektiga nisbatan qiziqish paydo bo‘lishidan boshlanadi. Qiziqishdan esa savollar tug‘iladi. Tilshunoslik ham bundan mustasno emas. Ushbu fanning yuzaga kelishi va taraqqiyoti bevosita til tizimi, lisoniy birliklarning qurilishi, tarkib topishi va ulardan kundalik hayotda, ijtimoiy faoliyatda foydalanishga oid savollarga javob izlashdan boshqa narsa emas. Ammo tilshunoslikda ham xuddi boshqa fanlarda bo‘lganidek, savollar tanlovi ilmiy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi, ularga topiladigan javoblar haqiqatga mos kelishi muhim shartdir. Aks holda, qo‘yilgan savolga javob topish imkoni butunlay bo‘lmasa yoki savol o‘ta mavhum tuzilsa, bunday mashg‘ulot quruq fikrdan, «oldi-qochdi» gaplardan iborat savol-javob o‘yiniga aylanib qolishi hech gap emas. Albatta, bu xavfdan saqlanish, «quruq gap» - spekulyativ falsafadan qochish oson emas. Birgina misol, tilshunoslar, faylasuflar, teologlar va boshqalar 2000 yildan ortiq vaqt davomida eng etuk, voqelikni to‘liq va aniq aks ettiruvchi, lug‘aviy va grammatik tizim jihatidan hech qanday kamchiliksiz, yozma va og‘zaki muloqotda qo‘llanish uchun qulay bo‘lgan tilni topish ishtiyoqidalar. O‘rta asrlarda bunday etuk til o‘z paytida mavjud bo‘lganligi va agarda Bog‘i Eramdagi muloqot vositasi qayta tiklansa, insoniyat voqelikni haqqoniy idrok va ifoda eta olish qobiliyatiga ega bo‘lishi, insonlar, millatlar o‘rtasidagi har qanday anglashilmovchiliklar, ziddiyatlar osonlik bilan bartaraf etilishi haqidagi fikr hukmron edi. Biz ham «etuk til» muammosi muhokamasini butunlay samarasiz mashg‘ulot deyishdan yiroqmiz. Zero, birinchidan, har qanday fan o‘z obyektining to‘liq, aniq bo‘lishini talab qiladi, ikkinchidan, ilmiy tadqiqot uchun salbiy natija ham ilmiy faraz isboti uchun zarur bo‘lgan tajriba natijasidir. Axir bu muammo bekorga G‘arbu SHarqda ko‘plab ilm peshvolarining fikru-zikrini band qilmagan bo‘lsa kerak, olmon olimi Arno Borstga etti jildlik risolasini yaratish (Borst 1957-63), farang tilshunosi Mari-Lyusi Demonitga 700 sahifani (Demonit 1992) bitish, italyan semiotigi Umberto Eko va rus olimi Vyacheslav Ivanovga o‘z gruzin hamkasbi Teymuraz Gamkrelidze bilan hamkorlikda bu borada maxsus tadqiqotlarni bajarish (Eco 1997; Gamkrelidze, Ivanov 1984; Bomherd 1984) oson kechmaganligi aniq. Albatta, bunday izlanishlarning qadriga etmoq, ushbu sohaga o‘zini bag‘ishlagan allomalarning ehtiromini, hurmatini bajo aylamoq darkor, biroq tilshunoslik fani rivoji uchun Odam Ato va Momo Havo Bog‘i Eramda qaysi tilda muloqotda bo‘lganligini bilish harakatidan yoki barcha insoniyat uchun ma’qul keladigan lison (bu lison sun’iydan boshqa hech narsa bo‘lmaydi) yaratishga vaqt va zakovatni sarflagandan ko‘ra, «Lison etuklikka qanday intiladi?»; «Lisoniy etuklikning o‘zi nima va u qanday shakl topadi?»; «Til tizimi taraqqiyotining bosqichlari lisoniy etuklikning shakllanish bosqichlarimi?»; «Yetuklik har bir milliy tilga xosmi yoki umumiy til bo‘lishi shartmi?»; «Milliy adabiy tilning rivoji etuklik namunasimi?» kabi savollar javobi samaraliroq ekanligiga aminman. Shu o‘rinda mashhur adibimiz Pirimqul Qodirov 2005-yilda e’lon qilgan «Til va el» kitobini eslatmoqchiman. Zero, ushbu asar o‘zbek adabiy tilining etuklikka intilish davrlari tarixiy lingvistik tadqiqi namunasidir .
Ma’lumki, lison – faqatgina insonga in’om etilgan ne’matdir. Shu sababli lisoniy hodisalar tadqiqi boshqa ijtimoiy hodisalar tadqiqidan tubdan farq qiladi. Zamonaviy falsafiy yo‘nalish sinergetika ta’limotiga ko‘ra barcha tabiiy va ijtimoiy hodisalar tizimli tuzilishga va o‘z-o‘zidan tarkib topish xususiyatiga ega. Tilning ham tizimli hodisa ekanligi allaqachonlar e’tirof etilishi, tilshunoslarning e’tibori ushbu tizimning qanday tashkil topganligi, uning tarkibida qaysi turdagi birliklar mavjudligi, bu birliklarning o‘zaro munosabatga kirishishi, ushbu munosabatlar asosida hosil bo‘ladigan tuzilmalarning umumiy tizim va uning bosqichli tuzilishdagi o‘rni kabi qator masalalarga qaratilgan. Biroq obyektni to‘liq ilmiy bilish faqatgina tizimning tarkibiy tahlili bilan chegaralanib qolmasdan, balki ushbu tizimning qanday «ishlashi» (yoki ishlatilishi) bilan ham qiziqishi tabiiy. Til tizimining o‘ziga xosligi uning «dualligi», ya’ni ikki tizimdan iborat bo‘lishidir. Darhaqiqat, lisoniy faoliyat ikki asosiy qismdan iborat: til birliklari talaffuzi va ular vositasida ifoda qilinadigan ma’no, mazmun.
Bugungi sharoitda «assotsiatsiya» va «sintagma» tushunchalari tahlili masalasi yanada dolzarblashmoqda, chunki sintagmaning til tizimiga yoki nutqqa oidligini aniqlash Sossyur ta’limotining sintaksisga oid tomonlarini tavsiflash uchun muhimdir. Ma’lumki, olim so‘zlovchining sintagmalar tuzishdagi shaxsiy istagi, ixtiyori bilan bir qatorda nutqiy vaziyatda hosil bo‘ladigan sintagmalarni (in praesentia) ularning negizini tashkil qiladigan mavhum qoliplardan farqlash kerak ekanligini qayd qilgan edi.
«Assotsiatsiya» va «sintagma» tushunchalari munosabati ikkiyoqlama ekanligini e’tiborga olish natijasida murakkab birliklarni tarkibiy qismlarga ajratishda assotsiativ guruhlarni farqlash amalidan foydalaniladi. Bu esa har bir ajratiladigan tarkibiy birlik asosida ma’lum guruhga oid mavhum assotsiativ birlik turishi to‘g‘risidagi fikrning isbotidir.
Sossyur lisoniy birliklarning quyidagi to‘rt asosiy xususiyatga ega bo‘lishini uqtirgan edi: Har qanday lisoniy belgi ixtiyoriy, o‘zgalardan farqlanadi, belgilari o‘zaro qarama - qarshi va ifoda vositasiga befarqlik. Sossyur izdoshlari ushbu xususiyatlarning alohida tillar tizimida va bu tizimlarning turli taraqqiyot bosqichlarida qay ko‘rinishda namoyon bo‘lishi masalasini tadqiq etib kelishmoqda. Bunday tadqiqotlar, albatta, eslatilgan xususiyatlarning umumiylik darajasini tasdiqlash bilan bir qatorda, ularning alohida tillar tizimidagi faollashuv darajasida ma’lum farqlar mavjudligini isbotlovchi dalillar to‘plash imkonini ko‘paytirmoqda.
Sossyurning sintaksisga oid ta’limoti alohida e’tiborga loyiqdir. Ma’lumki, ushbu ta’limot nuqtai nazaridan qaralganda, tilning sintaksis tuzilishi tahlilida sintagmalarni ajratish va ularning strukturaviy mundarijasini o‘rganish lozim. Ammo Sossyur ta’limotining davomchilari sintagmani barcha hollarda ham ajratib bo‘lmasligini sezishib, «signifikativ parallellik»ni vujudga keltiradigan holatlarni ham nazardan qochirmaslikni ta’kidlashdi. Binobarin, plaire – plu, take – took, Nacht- Nacht kabi tovush almashinuvi yo‘li bilan grammatik shakllar yasalganda yoki umuman grammatik ma’no ifodasida boshqa o‘zakdan foydalanilganda, farang tilshunosi Godel aytganidek, «semantik masofa»lar o‘zaro yaqinlashadi. Bu hodisa lug‘at va grammatika munosabati doirasida talqin qilingani ma’qul. Grammatikaning lug‘at tizimi bilan munosabati Sossyur targ‘ib qilgan «mazmuniy muhimlik» (valeurs) g‘oyasi nuqtai nazaridan qaralganda, o‘ziga xos nomutanosiblikni ko‘rish mumkin. Lug‘aviy birliklarning psixologik va semantik jihatdan muhimligi aniq, ammo grammatik muhimlik mantiqan etakchi o‘rinda turadi, chunki grammatik ma’no mustaqil ravishda ifoda topishi mumkin (yordamchi so‘zlar) hamda grammatik shakllar farqlovchi xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Shu tarzda sintaksisning «mavhum birliklari» ajratiladilar. Bunday mavhumlashtirish jarayonida yuzaga keladigan mazmun «sintaktik muhimlik» (valeurs syntaxuque) deb nomlanadi. Mavhum sintaktik birlik til tizimi birliklariga xos bo‘lgan qariyb barcha xususiyatlarga, shu jumladan, belgining ixtiyoriyligi xususiyatiga ham ega. Gap va boshqa murakkab sintaktik birliklar tuzilishi bir mavhum tuzilmaning boshqasi bilan birikishidan (emboitement) iboratdir.
Sossyurning sintaksisga oid fikrlari bevosita lisoniy analogiya va ijodkorlik (yaratuvchanlik) haqidagi g‘oyalar bilan bog‘liq holda talqin qilinishi lozim. Sossyur analogiya hodisasini til taraqqiyoti jarayonida yuzaga keladigan o‘zgarishlar ko‘rinishida emas, balki ma’lum taraqqiyot bosqichidagi lisoniy yaratuvchanlik sifatida o‘rganishni ma’qul ko‘radi. Bu esa tilning o‘zgarishidan ko‘ra uning ma’lum holati haqida gap ketayotganidan darakdir. Demak, psixologik jihatdan ta’riflanganda, analogiya yaratuvchanlikdir, grammatik hodisa sifatida qaralganda esa – til tizimi sinxron holatining ajralmas qismidir. Analogiya tadrijiy rivojning negizini tashkil qiladi va tilning yaratuvchanlik qobiliyatini ta’minlovchi vositalarning cheksizligini tasdiqlovchi hodisadir. Bu hodisa alohida shaxs tomonidan yaratilgan nutqiy birlik – gap va ayni paytda, til belgisi sifatida qaralishi lozimligini izohlab beradi.
Aytish joizki, Sossyurning o‘zi sintaksis tahlili modeli haqida biror bir to‘liq darajada shakllangan g‘oyani olg‘a surmaydi. Ammo uning izdoshi R.Godel (1957) ustozining mulohazalarini jamlab, Sossyurning sintaksis modelini shakllantirishga harakat qilgan. Ushbu modelning sintaksis qismini «muhimliklar va birikishlar» umumlashmasi (valeurs itcombinaisons) sifatida ta’riflash mumkin. Bunda sintagmaning sintaksis uchun muhim bo‘lgan ma’no xususiyatlari e’tiborga olinadi. Sintaktik muhimlik esa, o‘z navbatida, turli xil tarkibiy o‘zgarishlar (transpozitsiya va transformatsiya) uchun asos bo‘la oladigan assotsiativ munosabatlarda aks topadi.
Umuman olganda, hozirgi sossyurona tilshunoslik o‘z asoschisi boshlab bergan yo‘ldan borib, semiologik tamoyillarga tayangan holda sintaksis hodisalarini yoritishni ma’qul ko‘rmoqda. Ma’lumki, Sossyurning o‘quvchilari tomonidan nashr ettirilgan «Umumiy tilshunoslik kursi» da uning semiologiyaga oid g‘oyalari ancha batafsil (ba’zan bir oz uzuq holatda bo‘lsa ham) yoritilgan. Ammo uning sintaksisga oid fikr-mulohazalari esa ko‘proq keyingi yillarda nashr ettirilayotgan ishlarida mavjuddir. Bu fikr-mulohazalarda lisoniy belgining ketma-ketlik tamoyili va sintagma nazariyasi asosiy o‘rin egallaydi. Aynan shu ikki mezon Sossyur lingvistikasining o‘zagidir. Bu ikki mezon til va nutq hodisalarini farqlash bilan bir qatorda, tilshunoslik fanining obyektini aniqlashda ham xizmat qiladi. Til va nutq munosabatini o‘rganishda ushbu hodisalarga nisbatan tarixiy yondashuv muhimdir. Ushbu hodisalar munosabati masalasi esa Sossyur tilshunosligining markaziy muammosi bo‘lib, faqatgina uning muhokamasi asosida boshqa sossyurona g‘oyalarning mohiyatini anglash mumkin. Masalan, lisonni (langue) lisoniy faoliyatdan (language) ajratish masalasini olsak, uning echimiga faqatgina dialektikaning (umumiylik – xususiylik) qonuniyatini tadbiq etgandagina erishish mumkin.
Sossyur ko‘targan masalalardan yana biri – lisonning ijtimoiy institutitsionallik (jamiyatdagi kelishilganlik, ta’sis etilish) darajasi masalasi zamonaviy tilshunoslikda o‘z echimini topmoqda desak, xato qilmaymiz. Binobarin, pragmalingvistikada keng miqyosda targ‘ib qilinayotgan muloqot tamoyillari (Grays va uning izdoshlari) aynan «lisoniy kelishuv» qonuniyatlariga amal qiladi. Ushbu muammo bevosita zaruriyat va erkinlik haqidagi ko‘hna falsafiy munozara bilan bog‘liq ekanligini sezamiz. Bundan tashqari, bu muammo echimi yo‘lidagi izlanish yana bir muhim masalaga, ya’ni tilning paydo bo‘lishi haqidagi azaliy munozaraga ham borib taqaladi. Sossyurning lisoniy faoliyatni ikki qismga, ya’ni shaxs erkinligi namunasi bo‘lgan nutq va ijtimoiy majburiyat namunasi bo‘lgan til bosqichlariga ajratish borasidagi fikrlari tilning paydo bo‘lishi hamda rivoj topishi haqidagi muammo echimini topish yo‘lidagi o‘ziga xos harakat bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Sossyurning o‘zi ham tilning ijtimoiy tabiatini uning semiotik tizimliligi bilan bog‘liq «ichki xususiyati» deb hisoblaydi.
Semiologik tahlilga tortiladigan obyektlar, Sossyurning qaydicha, ma’lum turdagi xususiyatlarga ega bo‘lishlari kerak. Birinchidan, ular belgi ko‘rinishida bo‘lishlari lozim. Belgilar tarixan ixtiyoriy, ammo ularning qo‘llanishi kelishuvga (qoidalarga) asoslanadi. Belgilar majmuasi tizimni tashkil qiladi, ularning muhimlik qiymati qarama-qarshiliklar qatoridan o‘rin olishiga nisbatan aniqlanadi. Har bir semiologik belgi paradigmatik va sintagmatik qatorlarda o‘z o‘rniga egadir. Semiologik tizimlar o‘zgarib turadi.
Sossyur tilning boshqa semiologik tizimlarga nisbatan o‘zgacha tarkibiy xususiyatlar va vazifaviy imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidlaydi. Haqiqatan ham lisoniy belgilarning ixtiyoriyligi boshqa belgilardan ko‘ra yuqori darajada. Yagona bir til sohibi bo‘lgan ijtimoiy guruh a’zolari ushbu tilni bilishadi va undan foydalanadilar; til tizimini alohida shaxs yoki bir guruhdagi shaxslar istagi bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi; til miqdor jihatdan chegaralangan lisoniy birliklar vositasida cheksiz miqdordagi nutqiy birliklarni yasashi mumkin.
German afsonalari haqidagi Sossyurning dastxatlari matni guvohlik berishicha, u folklorni ham semiologik tizim sifatida tadqiq qilish tarafdori bo‘lgan. Demak, u oddiy va estetik tizimlarni keskin chegaralash fikridan yiroq bo‘lgan.
Sossyurning semiologik ta’limotida belgining ixtiyoriyligi tamoyili alohida o‘rin egallaydi. Lekin u ushbu tamoyilning ayrim jihatlardan chegaralanganligini eslatishni ham unutmaydi. Zero, ushbu tamoyil doirasidagi talqinda ikki soha - semiologiya va grammatikaning o‘zaro qarama-qarshiligiga duch kelish ehtimoli ham yo‘q emas. Darhaqiqat, ularning birinchisi lisoniy belgini uning ixtiyoriyligi nuqtai nazaridan o‘rgansa, ikkinchisi esa tahlilda tizim tarkibidagi birliklarni assotsiativ qatorlarda guruhlanishiga tayanadi. Godelning fikricha, Sossyur o‘z ma’ruzalarida lisoniy birliklarning tarkibiy qismlarga ajralishi assotsiatsiya qatorlari munosabatlari bilan bog‘liq ekanligi haqida biror bir aniq fikr aytmagan, ammo u so‘z yasash hodisasi analogiya tamoyiliga mos kelishini bir necha bor qayd qiladi.
Godel, bundan tashqari, lisoniy belgini mutlaq (absolyut) ixtiyoriy deb qarash tilning tizimiy talqiniga ma’lum darajada halaqit berishi mumkinligini qayd qiladi. Ma’lumki, tizimda barcha hodisalar bir-birini taqozo etadi, o‘zaro aloqada. Ifodalovchi (belgi) va ifodalanmish (referent) ning aloqasi o‘ta ixtiyoriy ekanligini aniqlash uchun tizimdan uzoqlashish, bu aloqani mavhumlashtirish lozim bo‘ladi. Bu yo‘sindagi amal bajarilganda, lisoniy belgi o‘zining muhimlik qiymatini yo‘qotishi aniq. Godel Sh.Balli bilan munozara yuritib, ixtiyoriylikning chegarasi lisoniy belgining assotsiatsiya qatori va sintagmatik muhitda turgan o‘rni bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Bizningcha, olimning lisoniy belgining ixtiyoriylik darajasi haqida bildirgan ushbu fikri barcha semiologik tizimlar tadqiqi uchun muhimdir va ushbu tamoyil til tizimining sinxronik va diaxronik tahlilida bir xilda qo‘llanishi mumkin.
Sossyur nazariyotchi bo‘lish bilan bir qatorda, o‘z nazariy g‘oyalarini aniq til materiali asosida isbotlash va izohlashni ham unutmaydi. U aslida qiyosiy –tarixiy tilshunoslik bilan shug‘ullangan bo‘lsa ham, keyinchalik til sinxroniyasiga bo‘lgan qiziqish ustunlik qiladi hamda olim faol til tizimi materialidan foydalanishni ma’qul ko‘radi va og‘zaki nutqqa, aniq matnlarga murojaat qilishni ham unutmaydi.
Har bir olimning fan rivojiga qo‘shgan hissasiga beriladigan baho turli davrlarda turlicha bo‘lishi mumkinligini hech kim inkor etmaydi. Ammo Sossyurning nomi mana qariyb bir asr davomida tildan tushmaydi, uning ta’limotini kamsitishga hech kim jur’at qilmaydi. Olimning tilshunoslik nazariyasiga qo‘shgan hissasi, lisoniy belgilar tizimi haqidagi ta’limoti doimo yuqori baholanib kelinmoqda. Shu sababli Ferdinand de Sossyurning nomini buyuk fan arboblari bilan bir qatorga qo‘yishadi. Sossyur ta’limoti negizida strukturalizmning turli yo‘nalishlari rivoj topdi va shuni aytish joizki, bu yo‘nalishlarning ba’zilari sossyurona strukturalizmdan qanchalik uzoqlashmasinlar (masalan, N.Xomskiy nomi bilan bog‘liq Amerika strukturalizmi), baribir metodologik asos saqlanadi.


Download 267,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish