24
tasnif va tahlil qilish nafaqat o‗zbek tilshunosligi, balki turkologiya fani oldida
turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi
25
. ―Devon‖
tili leksikasini har
tomonlama chuqur o‗rganish, jumladan, maishiy
atamalarni tadqiq qilish
tilshunosligimizdagi haligacha yechilmagan ayrim muammolarni hal qilish
uchun muhimdir.
Shuningdek, bu lug‗atning turkologiya tarixini,
uning XI
asrdagi holatini o‗rganishda ham ahamiyati katta.
“Devonu lug„at-it-turk”da keltirilgan kiyim-kechak otlarining
qardosh tillarda nomlanishi
Qadimgi va eski turkiy tilda ―
yomg„irpo„sh
‖ ma‘nosini
ifodalash uchun
jalma (Malov PDP, 383, DLT, III, 41) so‗zidan foydalanilgan.
Olim mazkur so‗zni: ―…forslar buni turkiy xalqlardan olib
yalma
shaklida
ham talaffuz qiladilar. Arablar forslardan olib jalmaq shaklida qo‗llaydilar. Hech
kim bu so‗zni turklar forslardan olganlar deb da‘vo qila olmaydi. Chunki men
bu so‗zni eng qirg‗oq chegaralarda yashovchi
oddiy turk xalqlaridan ham
eshitganman. Bular boshqa xalqlardan ko‗ra, bu xil yomg‗ir yopinchig‗iga
muhtojdirlar. Chunki bularning yurtlarida qor, yomg‗ir ko‗pdir‖
26
deb izohlagan.
Keyinroq EDALda turk
. yalma
; t-manj.
nelme
-; mo‗g‗.
nolom
―kimxob‖ so‗zlari
ayni guruhda keltirilgan.
Tahlilga tortilgan
yalma
―yomg‗irpo‗sh‖ so‗zi
ya
–― yopmoq‖, ―qoplamoq‖
o‗zagi + -
l
va kiyim-kechak nomi yasovchi –
ma
affikslarining qo‗shilishidan
yasalgan. Qiyoslang:
jama, jamak
―yamoq‖,
ya
-―yopmoq‖, ―qoplamoq‖; tur.
shev.
ualpak
―ro‗mol‖,
ya
-―yopmoq‖, ―qoplamoq‖.
25
Г. Шукурова . “Девону луғатит турк”да кийим-кечак қисмлари номлари // Тил ва адабиёт таълими. –
Тошкент, 2004. – Б. 43-50.
26
M.Кошғарий. Девону луғотит турк. III. Таржимон ва нашрга тайёрловчи С. М. Муталлибов. – T.: ФзФА
нашриёти. 1963. – B. 41-42.
25
Ko‗rilayotgan leksemaning ma‘nodoshi jag(k)u bo‗lib, u esk. turk. jayqu,
jaqu (DTS 225, 238), olt. Jaki (AMS 59), qirg‗. shev. jaqi, qoz. shev. zaqi,
boshq. jaqi ―yomg‗irpo‗sh‖, ―po‗stin‖ (ESTYa 4, 60-61, Leksika 476)
shakllarida uchraydi. ―Devonu lug‗otit turk‖da jaqu so‗zi ―yomg‗irli joy‖
ma‘nosida ham qayd qilingan bo‗lib, Mahmud Koshg‗ariyning izohlashicha, bu
so‗z asli jayqu bo‗lgan; uning yengillatilgan shakli jaqudir
27
. J. Klosonning
fikricha, jaqu so‗zi jay-―yog‗moq‖ o‗zagidan shakllangan
28
.
EDALda jaku bilan qiyoslangan mo‗g‗. daqu, daxu, daxa ―yelkaga
tashlab
yuriladigan mo‗ynali kiyim‖, ―po‗stin‖, odatda, toy, buzoq, yovvoyi echki,
bug‗u, oqquyruq kabi hayvonlarning terisidan tikiladi.
Turkiy tillarda ―po‗stin‖ ma‘nosi ichik so‗zi yordamida ham anglashiladi.
Esk. turk. ichuk ―suvsar, olmaxon va shu kabi hayvonlarning mo‗ynasi‖ (DTS,
203), qirg‗. Ichik ―qoplama matodan tikilgan yoqasi mo‗ynali po‗stin‖
29
, o‗zb.
shev. ichik ―ichi tukli nimcha‖ (Muhammadjonov 98), qqal. Ishik, qoz. Ishik
―mo‗ynali po‗stin‖ (ESTYa, I, 393), olt. Ichigi ―teridan tikilgan oyoq kiyimi‖
30
ma‘nolari mavjud. Bulardan tashqari ichmak shakli ham keng tarqalgan.
Masalan, esk. turk. ichmak ―qo‗zi terisidan qilingan po‗stin‖ (DLT I, 127), o‗zb.
shev. ichmak ―ichdan kiyiladigan issiq kiyim‖ (O‗XSHL 118), qirg‗. Ichmek
―terlikning tagiga solinadigan yumshoq kigiz‖ (KTTS 254), turkm. Ichmek
―mo‗ynali po‗stin‖, uyg‗. shev. ishmak ―ot-arava abzalining tagiga solinadigan
qavilgan to‗shama‖ ma‘nolarini ifodalab keladi.
27
M.Кошғарий. Девону луғотит турк. III. Таржимон ва нашрга тайёрловчи С. М. Муталлибов. – T.: ФзФА
нашриёти. 1963. – B.31.
28
Clauson G. An Etymological Dictionary of Pre – Thirteenth-Century Turkish.–New-York: Oxford Press, 1972.–P.
898.
29
Bang W. Vom Ko‘kturkischen zum Osmannischen. Vorarbeiten zu einer vergleichenden Grammatik des
Turkischen. II-III. – Berlin: Verlag der Ko‘nigl. Akademie der Wissenchaften 1917. – P. 37.
30
Ш. Усмонова. Олтой тилларида маиший лексика. Т.: 2011.