Mavzuning dolzarbligi
.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning ―o‗zlikni
anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‗rtasidagi ruhiy-ma‘naviy
bog‗liqlik til orqali namoyon bo‗ladi‖
1
degan bebaho so‗zlari tilning jamiyatdagi
rolini yorqin aks ettiradi. Zotan, ijtimoiy hayotning barcha jabhalaridagi tarixiy
taraqqiyotni tilsiz tasavvur qilish mumkin emas.
O‗zbek tilshunosligi bugungi kunga qadar bir qancha davriy bosqichlarni
bosib o‗tdi. Ushbu vaqt oralig‗ida o‗zbek tilining anchayin muammoli,
yechilmagan jihatlari tom ma‘noda o‗rganilib, fanga ma‘lum qilindi. Bu yo‗lda
tilshunos olimlar barakali faoliyat olib borishdi. Ularning mehnati samarasi
o‗laroq o‗zbek tilining leksik, grammatik, morfologik, fonetik kabi sathlarida
nazariy manbalar, ilmiy asoslar yaratildi. Ona tilimizning o‗ziga xos serqirra
jihatlari namoyon bo‗ldi. Ammo yutuqlar bilan bir qatorda hali o‗rganilishi
lozim bo‗lgan muammolarimiz yetarlichani tashkil qiladi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi orqali o‗zbek tilining tub negizi, ya‘ni
Mahmud Koshg‗ariyning ―Devonu lug‗otit turk‖ asari va unda keltirilgan narsa-
buyum otlari keng ko‗lamda tadqiq etiladi. Bugungi kunda iste‘molda bo‗lgan
so‗zlar qomusiy olim davri (XI asr) da qanday nomlangan va hozirga qadar qay
tarzda yetib kelganligi mushohada qilinib, o‗xshash va tafovutlar haqida
ma‘lumotlar beriladi. Va, albatta, bir til oilasiga birlashgan millatlar tillari ham
o‗rganilib, ulardan misollar keltiriladi. Bu esa mazkur narsa – buyum otlarining
qadimiy ildizlarini aniqlash, ularning manbalari va evolyutsiyasi bosqichlarini
tahlil qilish, shuningdek, bu terminning tilshunoslikdagi tutgan o‗rni va
ahamiyatini ilmiy tadqiq etish zarurligini ko‗rsatadi. Ana shularning barchasi
mazkur ilmiy tadqiqot
mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Muammoning o„rganilish darajasi.
«Devonu lug‗otit turk» 1914 - yilda
Turkiyaning Diyorbakir shahrida topilgan. Bu asar qo‗lyozmasini ko‗chirgan
1
I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. B. 82-83.
4
kotib Muhammad binni Abu Bakr Damashqiyning yozishicha, u nusxani
Mahmud Koshg‗ariyning o‗z dastxatidan olgan. «Devonu lug‗otit turk»
1915-1917 yillarda uch tomdan iborat qilib, Istanbulda nashr etiladi. Shu
nashri asosida K. Brokkelman asarni 1928 - yilda nemischaga tarjima qilib,
nashr etadi. 1939 - yilda esa Anqarada Bosim Ataliy tarjimasida usmonli
turk tilida bosiladi. 1939-1941-yillarda hozirgi turk tiliga tarjima qilinib nashr
etilgan. G‗arbiy Yevropada koshg‗ariyshunoslikni sharqshunos olim Karl
Brokkelman boshlab berdi. U 1920-yilda Koshg‗ariy haqida asar yozib, bu
asarni ―Devonu lug`otit turk‖dan olingan ayrim so‗zlar, ism va joy nomlarining
ro‗yxati bilan birgalikda kitob shaklida nashr ettirdi. Bu kitobga K.Brokkelman
nemischa so‗zboshi ham yozgan. K.Brokkelmanning ―Devonu lug‗otit turk‖ning
til va adabiyot uchun ahamiyati haqida yozgan ko‗plab ilmiy-ommabop
maqolalari jiddiy ilmiy tadqiqotlari G‗arbiy Yevropada Mahmud
Koshg‗ariyning keng jamoatchilikka tanitishda ijobiy rol o‗ynadi. Mahmud
Koshg‗ariy merosi bilan shug‗ullanganlar: V.V.Bartold, A.I.Samoylovich,
S.E.Malov, S.P.Tolstoy, A.H.Kononov, A.B.Borovkov, I.Y.Krachkovskiy,
B.I.Belyayev, N.A.Baskakov, K.K.Yudaxin, A.M.Shcherbak kabilar.
O‗zbekistonda Mahmud Koshg‗ariyning hayoti va uning ―Devonu lug‗otit
turk‖ asarini o‗rganish 1930-yillardan boshlandi. O‗zbek olimlaridan, xususan,
filologiya fanlar doktori Solih Mutallibov o‗zining butun kuch–g‗ayratini
koshg‗ariyshunoslikka bag‗ishlab, ―Devonu lug‗otit turk‖ haqida juda ko‗p
ilmiy ishlar, monografiyalar yaratdi. Devonning tarjimasi va nashrga tayyorlash
ishi O‗zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti ilmiy xodimi
filologiya fanlari kandidati Solih Mutallibov tomonidan bajarilgan. Olim Solih
Mutallibov «Devon» tarjimasi ustida samarali ishlab, 1960—1963 yillar
davomida uch tomli qilib o‗zbek tilida nashr ettirdi. Devon uch qismdan
iborat bo‗lib, har bir kitob alohida izoh va kommentariyalar bilan ta‘minlanadi.
Kitobda uchraydigan ayrim so‗z tushunchalarga o‗z o‗rnida izoh berib o‗tiladi.
5
Izoh va kommentariyalar ham S.Mutallibov tomonidan tuzilgandir
2
. Bu holat
o‗zbek tilshunosligida katta ilmiy voqeadir. O`zbek tilshunoslaridan
U.Tursunov, F.Abdullaev, E.Fozilov, G‗.Abdurahmonov, S.Ibrohimov,
A.Aliyev,
A.Matg‗oziyev,
Sh.Shukurov,
Q.Karimov
kabi
olimlar
koshg‗ariyshunoslikda o‗zlarining munosib hissalarini qo‗shib keldilar. Ayni
paytda
B. Qosimov, H. Boltaboyev va H. Dadaboyevlar birgalikda sermahsul faoliyat
olib borishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |