Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Ishning ilmiy-nazariy
xulosalari,
unda
tahlil
qilingan
faktik
material
va
chiqarilgan
umumlashmalardan o‗zbek tilidagi narsa-buyum otlarining tarixiy-genetik
asoslarini chuqur tadqiq etish bitiruv malakaviy ishining ilmiy-nazariy
ahamiyatini tashkil etadi.
Tadqiqotning tuzilishi.
Kirish
,
uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro‗yxatidan iborat.
7
I.Bob.“Devonu lug„otit turk”dagi maishiy uy-ro„zg„or otlari.
1.1.
Kiyim-kechak otlari
Kiyimlar moddiy madaniyatning asosiy qismlaridan bo‗lib, ularda shu
xalqning milliy xususiyatlari va madaniy qadriyatlari namoyon bo‗ladi. Har bir
xalqning an‘anaviy mashg‗ulot turi (dehqonchilik, chorvachilik,
hunarmandchilik va hokazo), fasl va yoshdagi o‗zgarishlar, hatto o‗sha xalqning
fe‘l-atvoridagi nozik tomonlari ham kiyimlarda mujassamlashgan. Kiyimlar
tarixning turli davrlarida bo‗lgan o‗zgarishlar barobarida o‗zgarib borgan va
o‗sha zamonning in‘ikosini o‗zida aks ettirib turgan
3
.
Kiyim insoniyat tarixining ilk davrlarida tashqi ta‘sirlardan muhofaza qilish
vositalaridan biri bo‗lgan bo‗lsa, keyinchalik uning vazifa doirasi kengayib,
boshqa xususiyatlar ham kasb etdi. Kiyim insonni tashqi ta‘sirlardan muhofaza
qilish bilan birga, uning ijtimoiy taraqqiyot faktorlari majmuyini o‗zida aks
ettiruvchi, inson tanasini u yoki bu darajada berkitib, o‗rab, bezab turuvchi
predmetlar yig‗indisidir. Kiyim ijtimoiy hodisa bo‗lib, jamiyat taraqqiy etgan
sayin u ham taraqqiy etib, rivojlanib boradi.
Tadqiqotchilar A. Levin-Dorsh va G. Kunovlarning yozishicha, ibtidoiy
yovvoyi odam beliga bog‗lagan tasma yoki oyoq-qo‗liga taqilgan xalqalar ham
keng ma‘noda kiyimga kiradi. Hatto badanni bo‗yash (tatiurovka), xom teridan
qilingan yopinchiqlar, o‗simlik yaprog‗i, qush patlaridan tayyorlangan tutqichlar
ham ―kiyimning ibtidosi‖ hisoblanadi
4
.
Qadimgi Bo‗zqir turklari kiyim-kechaklarini qo‗y, sigir, tulki va turli ov
hayvonlarining terisidan hamda qo‗y, echki, tuya kabi hayvonlarning junidan
tayyorlashgan. Ayniqsa, kigiz yomg‗ir va qorda kiyiladigan ustki kiyimlar,
shuningdek, bosh va oyoq kiyimlarini tikishda asosiy xomashyo vazifasini
bajargan. Shu bilan bir qatorda, qadimgi turklar bo‗z to‗qishgan, kiyim uchun
3
http://www.kitab.uz/cms/q=node/223
o1.04.08.
4
Аджи М. Европа, тюркии, Великая степь. – M., 1998. – C. 51.
8
kendir yetishtirishgan. Turklar tomonidan ishlab chiqarilgan jun gazlamalar va
kigizlar Xitoy va boshqa mamlakatlarga eksport qilingan. Mahmud Koshg‗ariy
ham ―Devonu lug‗otit turk‖ asarida qadimgi turklar gilam, jun va ip
gazlamalarni qo‗l dastgohlarida to‗qiganliklari, shoyi gazlamalarni esa Xitoydan
olib kelganliklarini qayd qilib o‗tgan
5
.
Kiyimning paydo bo‗lishi haqida so‗z borar ekan, jamiyat hayotida kiyim
turlarini yuzaga keltirgan turli ijtimoiy omillarni ham hisobga olishga to‗g‗ri
keladi. Har qaysi xalqda, har bir millat yashagan joyning tabiiy sharoitlari,
iqlimi, o‗simlik va hayvonot olami bilan bog‗liq holda, turli mamlakat
xalqlarining yonma-yon yashashi o‗zaro moddiy va madaniy aloqalarning
o‗sishi natijasida kiyimlar, ularning bichilishi va hatto nomlari bir-biriga
o‗tishini ham ko‗zda tutish lozim
6
.
Mahmud Koshg‗ariyning «Devonu lug‗otit-turk» asarini sinchklab tadqiq
qilish asosida, Markaziy Osiyolik turkiy xalqlar madaniyatining X-XI asrlardagi
ahvoli qanday saviyada bo‗lganlagini o‗rganish mumkin. Xususan, ushbu
monumental asarda yuzlab kiyim-kechakka oid so‗zlarning uchrashi, o‗sha
davrda turkiy xalqlarning nechog‗lik madaniy saviyaga ega bo‗lganligini
ko‗rsatadi. Turkiy qabila va urug‗larning bir-biridan farq qiladigan lahjalardagi
kiyim-kechaklar atamalari va ularning nomlari ham berilgan.
«Devonu lug‗otit turk» asarida uchraydigan kiyim-kechakka oid so‗zlarni
quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Faslbop kiyimlar.
2. Аyollar kiyimi: a) bosh kiyimlari b) ust kiyimlari d) oyoq kiyimlari.
3. Erkaklar kiyimi: a) bosh kiyimlari b) ust kiyimlari d) oyoq kiyimlari.
4. Bolalar kiyimi.
5
Merich A. Afyonkarahisar Muzesindi Bulunan Tarihi Kiyafetler Uzerine Bir Arashtirma// V. Afyonkarahisar
Sempozyumi Bildirileri. – Afyonkarahisar. 2000. – S. 2016.
6
Асомиддинова М. Кийим-кечак номлари. – Тошкент: Fan, 1981. – B. 9.
9
5. Marosim kiyimlari.
6. Kasb kiyimlari; asosan, jangchilarga xos kiyimlar.
I. Faslbop kiyimlar: 1. اٍٍّ - yalma – yopinchiq, paxtali to‗n, Mahmud
Koshg‗ariyning fikricha, forslar buni turkiy xalqlardan olib, yalme shaklida ham
talaffuz qilganlar. Uning yozishicha, ―arablar forslardan olib, yalmaq shaklida
qo‗llaydilar. Chunonchi, kandani ىذٕو kanda قذٕخ xanda qilib olganlar. Аrab
shoirlaridan hech kim bu so‗zni turklar forslardan olgan deb da'vo qila
olmaydilar. Chunki men bu so‗zni eng tog‗lik chegaralarda yashovchi oddiy turk
xalqlaridan ham eshitganman. Bular boshqa xalqlardan ko‗ra bu xil yopinchiqqa
muhtojroqdirlar‖. 2. Kizuk نزو yomg‗irda kiyiladigan yopinchiq. 3.Yishim ُطٍ -
sovuqda ikki oyoqqa kiyiladigan pocha. 4.Eliklik هٍىٌا - qo‗lqop. 5.Keduklik
kiziz هٍوذو صزو – yomg‗irda yoping‗ich qilish uchun tayyorlangan namat.
II. Аyollar kiyimlari: А)Bosh kiyimlar 1. Didak نذٍد - kelin ko‗chganda,
yurganda begonalardan yashirinish uchun pinadigan narsa. 2. Ko‗shik هضوو -
yopish, bekitish yopinchiq ma'nosida. 3. Kiduk نذو - patdan qilinadigan bosh
kiyim. 4. Urag‗ut burunchuk o‗rindi xotin peshonabog‗ (dakana) o‗radi. 5.
Engak - هىٔا xotinlar bosh yopinchiqlariga bog‗laydigan ip, bog‗ich. 6.
Sarag‗uch جغاشس - xotinlarning boshiga yopinadigan narsalari, ro‗molchalari. 7.
Tulfir - شفٍج parda. Xotinlar pardasi , bu ipakli gazmollardan ishlanadi.
B) Ust kiyimlar: 1. Yurunlug‗ urag‗ut غٍٔشٍ ثغاسا ipak kiyimlik bo‗laklari
bor xotin.2 . Terinchak هجٔشج - xotinlarning yengi yopiq ust kiyimi (o‗g‗uzcha).
3. Bag‗irdaq- قدشغب xotinlar ko‗kragiga tutadigan narsa (siynaband). 4. Chubra -
اشبج eski kiyim (umumiy qo‗llangan). 5. Partu - وجشب yaxtak (bir qavatli ustki
to‗n) partuk. Shayx Sulaymon lug‗atida partuk degan so‗z bor. Bunda hozirgi
orqasi bog‗ichli ish va ovqat mahalda tutiladigan fartuk so‗zi kabidir. Rus
etimologik lug‗atida bu so‗z polyak tilidan XVIII asrda olingan deb yoziladi,
ammo XI asrda yashagan ajdodlarimiz ham shu so‗zni qo‗llashgan. 6. Qulan ٍٓل
- kamar ( umumiy) . 7. Sizik- نزس ustki kiyimning bir tomoni. 8. Qur- شل
10
qurshovchi,belbog‗, kamar. 9. O‗tran - ْاشجا ishton (bu yag‗mo qabilasida
uchraydi). 10. Artig‗- غجسا xotinlar kiyadigan nimcha (jeletka). 11. Um - َا
ishton, lozim, shalvar.
D) Oyoq kiyimlar: Bukum- ُىب bukum etuk- xotinlar kiyadigan etik, mahsi
(o‗g‗uzcha) o‗g‗uzlardan boshqalar
ِ
،ُى ٓىِ mukin, mukim deydilar.
M.Koshg‗ariy shunday yozadi: «Men buni toza turkcha deb hisoblamayman,
lekin qipchoq va qabilalarning (oddiy kishilari) shunday ataydilar». Tizilduruk -
نسذٌزج mahsining boshiga bezak uchun qadaladigan yaltiroq chaqalar.
Bundan tashqari ayollar kiyimining bir qancha taqinchoqlari mavjud: 1.
Suwluq- كٍفس dastro‗mol. 2. Ulatu - وحٌا dastro‗mol. Va quyidagi zargarlik
buyumlari ayollar libosi bilan taqilgan. 1. Tolg‗ag‗- غاغٍج quloqning yuqorisiga
taqiluvchi xotinlar zirak iborasi shundandir. 2. Qawurg‗an: bu bilazo‗k ol bilik
qawurg‗an - وب نرلاب هٍبٌا ْاغشفل. Bu bilakuzuk ziragi. Jinju tolg‗ag‗- marvarid har
vaqt bilakni siqadi. 3. Bog‗maq - كّغب Bo‗yintumor, tilla va boshqa narsalardan
yasalib, har xil qimmatbaho toshlar va marvaridlar qadalgan, kelinlarning
bo‗yniga taqiladigan ziynat asbobi. 4. Kimsan - ْاسّو do‗ppi va quloqlarga
ishlatiladigan, taqiladigan yupqa va girdak oltin kulchalari. 5.Didim- َدد. Nikoh
kechasi kelinga kiydiriladigan toj (qimmatbaho toshlar o‗rnatilgan bosh
kiyim).6.O‗kmak - هّوا xotinlarning ko‗ylaklariga taqiladigan oltin yoki
kumushdan qilingan xalqa, zirak. 7. Quz yintu tolg‗adi – ضَل وجٕج ىداغٍج qiz inju
va boshqa narsalardan yasalgan zirak taqdi.
III. Erkaklar kiyimi. А) Bosh kiyimlar: 1. Qiymaj-جَّل qiymaj bo‗rk- جَّل
نشب uzun, mayin, oq echki yungidan qilingan qalpoq. Uni chigillar kiyadilar. 2.
Er suwliqin sarindi- سا ٓمٍفث ىذٔشس odam sallani boshiga o‗radi. 3. Salqanduruq -
قسذمٍس qalpoq tushib ketmasin uchun unga bog‗lanib, jag‗ tagidan o‗tkazilib
qo‗yiladigan chizimcha. Ipakdan to‗qiladi. 4. Qizig‗lig‗ bork - غٍغزل نشب atrofi
jiyakli, qirg‗oqlari burama qalpoq. 5. Suqarlaj bork- جٌشمس نشب uzun qalpoq.
11
B) Ust kiyimlari: 1. Toqu-ومج kamar to‗qasi. 2. Yipkil to‗n- ًىبٍ وج
ْ Аrg‗uvon
rangli to‗n. 3 . Qorin - ٍٓسول belbog‗. 4. Er qaftan yaxsindi - سا ْإحفل ىذٕسخٍ.
Odam kaftan kiyimni kiftiga soldi, bog‗ichini (tugmasini) ham bog‗lamadi,
qo‗llarini ham yengiga kirgizmadi. Bu so‗z faqat yelkaga tashlanadigan hirqa va
boshqalarga (unga o‗xshash narsalarga) qo‗llaniladi. Navoiyda kaftan so‗zi
xuddi shu ma'noda qo‗llanilgan.
Hirqa aning jismida kaftan bo‗lib,
Kaftanni to‗n jismi aning jon bo‗lib.
5. Suf - فوث yungdan qo‗lda to‗qilgan kamar. Fikrimizcha, bu o‗rinda «s»
harfining ishlatilishi Mahmud Koshg‗ariyning turk tilida bu tovush
ishlatilmasligi haqidagi ko‗rsatmasiga ziddir. 6. Er bertlandi -سا ىذٍجشب odam
kalta paxtalik to‗nli bo‗ldi. 7. Qurshag‗- غاضشل belbog‗. 8. Qarshag‗- غاضشل
to‗n kengligi. Аning qarshag‗i ko‗r - uning choponining kengligini ko‗r. 9.
Kazindi to‗n - ىذٔزو ْوج ko‗p kiyilgan to‗n ma'nosida. 10. Qaftan - ْاحفل to‗n
ustki kiyim. Bu so‗z rus tilida qo‗llanilib, usmoniy turklardan olingan deb
ma'lumot beriladi. 3. 11. Ko‘rk - نشو mo‗yna po‗stin. 12. Qars-طشل tuya yoki
qo‗y yungidan qilingan kiyim. 13. Er ishtonlandi - سا ىذٍٕٕحضا odam ishton
kiydi. Аsli ichtonlandi. ىذٍٕحجا 14. Ubraq to‗n - قاشبا ْوج eskirgan to‗n ma'nosida.
15.Ichmak - هّجا qo‗zi terisidan qilingan po‗stin. 16. A:z - صاأ oq susar po‗stin.
17.Eshuk- هضا ust kiyim. 18. Ichuk - هجا sobol, olmaxon va boshqa
hayvonlarning terisidan qilingan po‗stin. 19. Jengshu- وطىٕج kalta paxtalik to‗n.
20. Ol qaftanig‗ qurladi- يا غَٔاحفل ىدلاشل u to‗nga belbog‗ olib, uni to‗n ustidan
bog‗ladi. 21.Sanch kisirlu- جٕس يشسو sonoch-burdyuk, tursuk.
D) Oyoq kiyimlar: 1. Er bashmaklandi - سا ىذٍٕمّطب odam sandal-chuvak
kiydi (o‗g‗uzcha). 2. Etik- هجا etik. 3. O‗g‗uq- كغا. Mahsini ayab, ustidan
kiyiladigan paytava kabi narsa. 4. Yo‗rganchi - يجٕوشٍ paytava.
Bolalar kiyimlari deb berilgan so‗zlar uchramaydi, ammo shu kiyimlarning
kichik shakllari shu nom bilan bolalarga ham ishlatilgan bo‗lsa kerak.
12
IV. Marosim kiyimlari: bu haqida quyidagi ma'lumotlarni ko‗rish mumkin:
1. Tanguq-كىٕج. Chavgon o‗yinida koptokni tortilgan o‗rovdan o‗tkazganga
beriladigan ipak kiyimlik; shohlar safarga chiqqanda beriladigan taom va ipak
kiyimliklarga qo‗llaniladi. Umuman, tanguq so‗zi tortiq, sovg‗a ma'nosida
qo‗llanilgan. 2. Ashuk - هضا shohlar, beklar o‗lganda ularning hurmati uchun
qabrlari ustiga yopilib, so‗ng faqirlarga beriladigan ipak mato yirtish. 3.Kazut -
تزو kiyiladigan kiyim. Ko‗pincha bu so‗z to‗yda kelin va kuyov yaqinlariga
hurmat yuzasidan kiydiriladigan to‗nga nisbatan aytiladi. Kezut berdi, ya'ni to‗n
berdi, kiygazdi ma'nosida.
5.Kasb kiyimlari: 1.Yariq- قشٍ janglarda kiyiladigan temir ko‗ylak (zirh) va
qalqonning har ikkisiga qo‗llaniladigan turdosh ismdir, so‗ng ularni farq qilib,
temir ko‗ylakka kuba yariq ابو قشٍ, qalqanga say yariq ٌس قشٍ deyilgan. 2.
Yaptach - جحبٍ yomg‗irdan, qordan saqlanish uchun yopinadigan yopinchiq. 3. Er
bechkamlandi - سا ىذٍّٕىجب. Odam jang kuni kiyiladigan kiyimlarni kiydi. 4.
Tulumlandi - ىذٍٍّٕج. Jang kiyimlarini, yaroqlarini kiydi, qurollandi. 5. Er
suwluqlandi - سا ىذٍٕمٍفس odam salla o‗radi. 6. Batraq –قشحب uchiga maxsus
ipaklik osilgan yog‗och yoki askar jangda shu bilan o‗zini belgili qiladi. 7.
Ashuq - كضا temir qalpoq dubulg‗a.
Yuqorida biz devonda uchraydigan kiyim-kechakka oid terminlarni tasniflar
ekanmiz, ayrim asosiy terminlarni misol tariqasida keltirish bilan cheklandik.
Аslida bunday terminlar ta'kidlab o‗tilganidek ikki yuzdan oshiqdir.
Ushbu tasnif shartli ravishda qilindi. M.Koshg‗ariy aksariyat kiyim-
kechaklarni jinslarga bo‗lmasdan umumiy qilib beradi. Biz ularning ba'zilarini
funksiyasiga yoki Koshg‗ariy keltirgan misollarga tayanib shunday tasniflashni
lozim topdik.
Shuningdek,«Devonu lug‗otit turk»da kiyim kechak bilan bog‗liq maqollar
ham uchraydi:
1.Tawg‗ach xanning turqisi telim tenglamazib bichmas:
13
جاغفج هٔاخ يسولشج ٍُج : لاىٕج بزِ طاّجب
Xitoy xoqonining ipak gazmoli ko‗p, lekin o‗lchamay kesilmaydi. Bu maqol
ishni boshida puxta o‗ylab qilishga undab, isrofgarchilikka qarshi qarata
aytiladi. Hozirgi paytdagi o‗zbek maqollaridan «Yetti o‗lchab bir kes» maqoliga
monanddir.
2. Qilnu bilsa qizil kizar,
Yarani bilsa yashil kizar.
وٍٕل اسٍب يضل سازو ؤاوٍ اسٍب ًطٍ سازو
Xotinlar eri bilan suhbat istaganda qizil ipakli kiyadi, yalinish va
xushomadgo‗ylik vaqtida yashil kiyim kiyadi. Xotinlar haqidagi bu maqol
maqsadga erishish, yoqimli muomalada bo‗lishni eslatish maqsadida ishlatiladi.
Bu ―Onangni otangga bepardoz ko‗rsatma‖ maqoliga yaqindir.
3. Eringanga elik qari bo‗z o‗m tikamas - اىٔسا اىٔ هٌا ىشل صوب َا طاِاىج
Bo‗ydoq odamga ellik gaz bo‗z ham ishtonlikka yetmaydi, ya'ni bu maqol bilan
bo‗ydoq kishi ayolsiz o‗zini eplay olmasligi va begonalar unga yon bosmasligi
uqtiriladi. Bu maqol yigitlarni uylanishga tashviq qiladi.
4. Taz keligi bo‗rkchiga صاج يىٍو اىَجوشب
Kalning kelish joyi (boshini bekitish uchun zarur do‗ppini sotib olishga)
do‗ppifurush do‗konidir. Ya'ni bu maqol bilan inson hamisha nuqsonlarini
yashirishga urinishi izohlab beriladi.
Umuman olganda, «Devonu lug‗atit-turk»da juda ko‗plab gazlamalar
nomlari berilgan. Аsarda 30 ga yaqin mato nomlari berilgan bo‗lib, asosan,
matolar Xitoydan keltirilgan. Devonda uchragan gazlamalarning uchdan bir
qismi Xitoy ipak matolaridir. Misol uchun: taxchak, shalashu, yixansu, zungun,
xuling va boshqalar. Barchin va chit kabi matolar ham uchraydi. Bundan
ko‗rinib turibdiki, Xitoy bilan Markaziy Osiyo xalqlari o‗rtasidagi savdo-sotiqda
14
matolar muhim rol o‗ynagan va Xitoy azaldan o‗zining ipakli matolarini
mahalliy aholiga sotib kelgan.
Mahmud Koshg‗ariy yashagan davrda, ya'ni X-XI asrlarda Markaziy
Osiyolik turkiy xalqlar yuksak saviyada madaniyatga ega bo‗lishgan, buni
―Devonu lug‗otit-turk‖da uchraydigan kiyim-kechakka oid yuzlab terminlarning
uchrashi tasdiqlab turibdi. ―Devonu lug‗otit-turk‖da kiyim-kechakka oid so‗zlar
berilsa, misol tariqasida umumiy ma'noda to‗n ْوج so‗zini qo‗llaydi.
Shuningdek, ―Devon‖da uchraydigan kiyim-kechakka oid so‗zlar bugungi
kunda nafaqat hozirgi turkiy tillarda saqlanib qolgan, balki forsiy, slavyan va
boshqa xalqlar tillarida ham o‗zlashgan so‗z sifatida uchraydi. Misol uchun
kaftan, bashmak, fartuk, utyug kabi so‗zlarini keltirish mumkin.
Xulosa o‗rnida shuni aytish joizki, ―Devonu lug‗otit turk‖da uchraydigan
kiyim-kechaklar turlarining hozirgi turkiy xalqlar, shu jumladan, o‗zbek,
qirg‗iz,qozoq, uyg‗ur va boshqa xalqlarda saqlanib qolganligi va ularning
ko‗pchiligi asarda keltirilgan nomlari bilan kam o‗zgargan holda atalishi
e'tiborga molik ishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |