1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«IJTIMOIY FANLAR » KAFEDRASI
DINSHUNOSLIK
FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH
TOSHKENT – 2017
2
S.Tulyaganova. Dinshunoslik fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish. –
T.: TMI., 2017. 40 bet.
Inson bilim olish jarayonida asosiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z ustida
mustaqil ta’lim jarayonidagina takomillashtirib boradi. Shu ma’noda talabalarning
mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish, dars mashg‘ulotlarida
ma’lum bilimlar bilan qurollantirish, ularni ma’lum mavzular bo‘yicha mustaqil
ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim muassasalari professor-
o‘qituvchilarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ushbu uslubiy qo‘llanma «Dinshunoslik» fanidan saboq berayotgan
kafedralarda mustaqil ta’limni tashkil etish va bajarishda professor-o‘qituvchilar
hamda talabalarga mo‘ljallangan qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
Tuzuvchi:
katta o‘qituvchi S.Tulyaganova
Taqrizchilar: t.f.d., prof.
N.Maxkamova
t.f.n., dots.
Sh.Shayakubov
O‘quv-uslubiy majmua 2017 «__» ____________da “Ijtimoiy fanlar”
kafedrasining №_____- sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va O‘quv-uslubiy
Kengashda ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilingan.
O‘quv-uslubiy majmua 2017 «__» ____________da institut O‘quv-uslubiy
Kengashining №_____- sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va foydalanish
uchun tavsiya qilingan.
3
KIRISH
Axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi
sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga etkazish
vaqt nuqtai nazaridan amalga oshirish mushkul vazifa hisoblanadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z
ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning
asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi,
mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish
paydo bo‘ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil
qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars
mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘z ustida
mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim tizimida faoliyat olib
borayotgan professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Talabaning mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim,
ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi
maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida
o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
O‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida talabalar mustaqil ishini tashkil etish
bir qator vazifalar bilan bog‘liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalari ta’limning
navbatdagi turi – oliy ta’limga ko‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish
jarayonida o‘z mustaqil faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil eta olmaydilar. Ma’lumotlarni
qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni tahlil qilish va zarurlarini ajratib olib
tartibga solish, konspektlashtirish, o‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o‘z vaqtlarini
to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash
ular uchun katta muammo bo‘ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruhan
tayyor bo‘lishmaydi.
Shuning uchun har bir professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobiliyati va
aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otish, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich
mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borishi lozim. Bu jarayon
4
dastlab dastur asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarni
bajarish jarayonida o‘qituvchi tomonidan adabiyotlar ustida ishlash jarayonidan
boshlash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda
o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib,
kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib
borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga ko‘nikma orttirgan talaba faqat o‘qituvchi
tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‘zining ehtiyoji, qiziqishi
va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil
ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.
5
I. MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH
Mustaqil ta’limni amalga oshirish bugungi kun ta’lim jarayonining muhim
bo‘g‘inlaridan biri sifatida amalda joriy etilgan bo‘lib, uni tashkil qilish jarayonlari
va uslublari yildan-yilga takomillashtirib borilmoqda. Mustaqil ta’lim talabalarning
qo‘shimcha bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishi, o‘z ustida ishlash malakasi va
mas’uliyatining shakllantirilishi, mazkur jarayonda xosil qilingan turli malakalarning
takomillashtirib borilishi asnosida talabalarning kelgusida etuk va malakali
mutaxassislar bo‘lib etishishlari uchun asos bo‘lishi lozim bo‘lgan omillardan biri
sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fanning muayyan qismlarini o‘rganish va
o‘zlashtirishni talabalar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi mustaqil
ta’limning mazmunini tashkil qilar ekan, uning tashkil etilishi, aniq maqsad va
vazifalarning qo‘yilishi hamda yo‘nalishlarning aniqlanishi bu jarayonni amalga
oshirilishini osonlashtiradi. Ayni vaqtda talabalarning mustaqil ta’limni amalga
oshirish jarayonida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar, mavzularning
asosiy xususiyatlari, ularning tadqiq qilinishi va o‘rganilish uslublari, mustaqil
ishlarning tayyorlanish usullari va turlari, mavzularning mazmunidan kelib chiqqan
holda mustaqil topshiriqlarni bajarish shakllarining xilma-xilligi talabalarning bu
jarayonni to‘liq bajarish va maqsadga erishish imkoniyatlarini oshiradi.
Mustaqil ta’limning umumiy tavsifi:
Mustaqil ta’lim axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim
oluvchilarning kasbiy mahoratini qo‘llab-quvvatlash, mustaqil ta’lim olish
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot
ashyolari,
o‘zaro aloqalar qaydnomalari, dasturiy va tashkiliy-metodik
ta’minotlarning tizimli-tashkiliy majmuidir.
Mustaqil ta’lim ochiqlikni ta’minlovchi quyidagi tamoyillar asosida
shakllantiriladi:
- ta’lim olishni ochiq rejalashtirish, ya’ni, yo‘nalish va unga mos o‘quv rejasi
doirasida bilimlarni oshirib borishning individual traektoriyasini tuzish erkinligi;
- o‘qitish vaqti va sur’atlarining erkin tanlanishi;
6
- ta’lim olish davri va o‘rnining erkin tanlanishi;
- etakchi professor-o‘qituvchilar kasbiy salohiyatiga tayangan holda ta’lim olish
sifatining ta’minlashi;
- ta’lim oluvchilar uchun uzluksiz bilim olish imkoniyatini yaratish.
Mustaqil ta’limning maqsadi:
Taklif etilayotgan mustaqil ta’lim tizimining asosiy maqsadi – o‘qitish
jarayonini individuallashtirish hamda differentsiyallashtirish tamoyillari asosida
tashkil etilishini ta’minlash, oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan etakchi
professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatlariga tayangan holda, ta’lim sifatini
oshirish, ta’lim oluvchilar uchun uzluksiz bilim olishga imkoniyatni yaratish, ta’lim
olishning turli shakllarini o‘zaro bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.
Mustaqil ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim faoliyatida zamonaviy pedagogik
texnologiya va ular asosida yaratilgan interfaol usullardan foydalanishi, mustaqil
ta’limning barcha shakllarini yangi texnika va texnologiya yutuqlarini hisobga olgan
xolda zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish va amalga oshirish, mustaqil
ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy qobiliyat hamda kasbiy mahoratlarini
zamon talabi darajasida shakllantirish, mustakil ta’limning noan’anaviy o‘qish va
ilmiy-tadqiqot ishlari bilan uzviy hamda uzluksiz aloqasini yaratish, mustaqil ta’lim
imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim oluvchilarga mustaqil ta’lim jarayoniga nisbatan
kasbiy, iqtisodiy, tafakkur etish, ma’naviy va boshqa qiziqishlarini uyg‘otish,
mustaqil tarzda kerakli, ma’lumotlarni yig‘ish, muammoni aniqlash, echimlarini
qidirish, olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tanqidiy tahlil etish va ularni yangi
vazifalarni hal etishda qo‘llash, mustaqil ta’limda mustaqil ishlash bilan
raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, tashkiliy, psixologik-pedagogik, o‘quv-
uslubiy, axborot, moddiy-texnik ta’minotni o‘z ichiga oluvchi mustaqil ish
infrakturasini yaratish, mustakil ta’lim-natijalarini baholash tizimini yaratish, fan,
texnika va texnologiya taraqqiyotining bugungi darajasi bilan professor-
o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifatini ta’minlash jarayoni orasidagi
nomuvofiqlikni tizimga keltirish, oliy pedagogik ta’lim muassasalarining elektron
axborot-ta’lim muhiti va integrallashgan o‘quv-ilmiy resurslarining etarlicha
7
yaratilishini ta’minlash, ta’lim jarayonini axborotlashtirish borasida to‘plangan ilg‘or
tajribalarning amaliyotga etarlicha joriy etilishini ta’minlash, zamonaviy axborot
texnologiyalari muhitida ta’lim oluvchilar mustaqil malaka oshirishini tashkil etish
imkonini beruvchi elektron o‘quv-metodik majmualarning etarlicha yaratilishini
ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilish bo‘yicha
vaqt resursining cheklanganligini inobatga olgan holda ta’lim oluvchilar mustaqil
bilim olishlarini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilishga oid o‘quv-metodik
adabiyotlar, tavsiyalar, ishlanmalar, yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalarning etarli emasligi
va talab darajasida ishlanmaganligini yoritishdan iboratdir
1
.
Mustaqil ta’limning vazifalari:
-bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
-kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usul va vositalarini aniqlash;
-axborot manbalaridan samarali foydalanish;
-elektron darslik ma’lumotlar bankini yaratish;
-berilgan topshiriqning muhim echimini belgilash;
-ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
-ish natijalari xulosasini tayyorlash va qayta ishlash;
-topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;
-ishlab chiqilgan echim, loyixani asoslash va mutaxassislar ishtirokida himoya
qilish;
-pedagogik texnologiyalarni nazariy va amaliy egallash hamda sharoitlarini
aniqlash;
-ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar hamkorligidagi faoliyatning aniqligi va
oshkoraligidir.
Mustaqil ta’limni amalga oshirilishi jarayonida quyidagilarga alohida ahamiyat
berish zarur bo‘ladi:
1. Mustaqil ta’limni tashkil qilish namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga mos
ravishda amalga oshirilishi;
1
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish
konsepsiyasi / Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 2-avgustdagi 278-sonli buyrug‘iga 1-ilova.
8
2. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirish kafedra yig‘ilishida
muhokama qilinib, ma’qullanganligi;
3. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va mustaqil ta’lim uchun belgilangan
mavzular fan dasturi va ishchi dasturda belgilangan tartibda ishlab chiqilib,
tasdiqlanganligi;
4. Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular muayyan bir mavzuning biror
qismini yoritib bergan holda umumiy tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda bilim olish
uchun yo‘naltirilganligi;
5. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda mavzular yuzasidan adabiyotlar
(manbalar) ro‘yxatining oldindan talabalarga taqdim qilinishi;
6. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda aniq maqsadning belgilanganligi va
rahbar (o‘qituvchi) tomonidan aniq topshiriqning qo‘yilishi.
7. Mustaqil ta’limni tashkil qilish jarayonida mustaqil ta’lim mavzularini
tayyorlash shakllarining avvaldan belgilab berilishi ((reja (oddiy yoki murakkab)
asosidagi konspekt, tezislar, xronologiya, jadvallar va boshqa shakllarda yozma,
og‘zaki yoki ijodiy ish (referat) tarzida));
8. Mustaqil ta’lim natijalarining rahbar (o‘qituvchi) tomonidan tekshirish
jarayoni (shakllari) va uning baholanish tartiblari va ballar miqdorlarining talabalarga
avvaldan taqdim qilinishi.
Quyida sanab o‘tilgan shartlarning har birining alohida xususiyatlari haqida
so‘z yuritamiz.
I.1. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning namunaviy va ishchi o‘quv
rejalariga mosligi
Mustaqil ta’limni tashkil qilish namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga mos
ravishda amalga oshirilishi quyidagi talablarga mos kelishi ko‘zda tutiladi:
Mustaqil ta’limni tashkil etilishi eng avvalo barcha ta’lim yo‘nalishlarining
namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga asoslangan holda belgilangan bo‘lishi shart.
9
“Dinshunoslik” fani barcha ta’lim yo‘nalishi namunaviy va ishchi o‘quv
rejasi bo‘yicha nomutaxassis yunalishidagi fakultetlarning I bosqich talabalariga
o‘tilishi belgilab qo‘yilgan.
I.2. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirishning kafedra
yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi
Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirish kafedra yig‘ilishida ko‘rib
chiqilib, ma’qullanishi uchun quyidagilar bajarilishi zarurdir:
– Mustaqil ta’lim uchun fan dasturida tavsiya qilingan mavzular aniqlanishi
(bankining yaratilishi);
– Mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzularning ishchi o‘quv dasturida soatlar
bilan ta’minlanishi (ishchi o‘quv rejaga asoslangan holda);
– Kafedra uslubiy yig‘ilishigacha kamida ikkita professor-o‘qituvchi tomonidan
tahlil qilinishi (mavzularning fan (kurs) mavzulari doirasiga tegishliligi, soatlar
miqdorining mos kelishi, mavzularning qo‘yilishi va talabalar bilimini boyitishi
uchun ahamiyatliligi va boshqalar) va yig‘ilish muhokamasi jarayonida tegishli
xulosalar berilishi;
– Kafedra yig‘ilishida ma’qullangandan so‘nggina ishchi dasturga kiritilishi va
belgilangan tartibda tasdiqlangandan so‘ng talabalarga taqdim qilinishi mumkin.
I.3. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning fan dasturi va ishchi dasturga
mosligi
Mustaqil ta’limni tashkil qilish va mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzular
fan dasturi va ishchi dasturda belgilangan tartibda ishlab chiqilishi zaruriy holat
bo‘lib, bunda mustaqil ta’limni amalga oshirish va uning bajarilishi uchun
belgilangan holatlar hamda tavsiyalar namunaviy dasturda umumiy holda, ishchi
dasturda esa batafsil holda ko‘rsatib berilishi, ishchi dasturda mustaqil ta’lim uchun
belgilangan mavzularning umumiy ro‘yxati hamda adabiyotlar (manbalar) ro‘yxati
berilgan bo‘lishi lozim.
10
I.4. Mustaqil ta’lim mavzularining muayyan bir mavzuning biror qismini
yoritib berish va bilim olish uchun yo‘naltirilganligi
Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular muayyan bir mavzuning biror qismini
yoritib bergan holda umumiy tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda bilim olish uchun
yo‘naltirilganligi katta ahamiyatga ega holatdir. Birinchi bosqich talabalariga
o‘qitiladigan «Dinshunoslik» fani eng qadimgi davrlardan hozirgi kunlargacha
bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kurslar uchun belgilangan ma’ruza soatlarida
tarixiy jarayonlarni to‘liq va batafsil ochib berish imkoniyati cheklangan. Garchi har
bir mavzu yuzasidan ma’lum miqdorda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari uchun
soatlar ajratilgan bo‘lsada, talabalarning mazkur mavzular yuzasidan to‘liq va chuqur
bilim olishlari uchun to‘g‘ri tashkil qilingan mustaqil ta’lim juda katta samara beradi.
Bunda o‘tilayotgan har bir mavzuning aynan qaysi qismini mustaqil ta’lim uchun
ajratish va uni qay tariqa tashkil qilish muayyan bir mavzuning talabalar tomonidan
har tomonlama va batafsil holda o‘rganish, xulosalar chiqarish, tasavvurga va bilimga
ega bo‘lishi uchun zamin bo‘ladi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, ayrim iqtidorli va ilmiy tadqiqotlar qilish
malakasini ma’lum darajada shakllantirgan talabalarga aniq bir muammoga
yo‘naltirilgan mavzularni mustaqil ish (yoki ilmiy tadqiqot ishi) sifatida berish
malakali mutaxassislarni tayyorlashda beqiyos ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin va
eng ahamiyatli tomoni, bunday ishlar mustaqil ta’lim tarzida, rahbar (o‘qituvchi)
tomonidan ko‘rsatilgan tavsiyalar yordamida amalga oshiriladi, ayni vaqtda talabada
tadqiqot malakasini shakllantirishga yordam beradi.
I.5. Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida
e’tibor berish talab etiladi:
-tizimli yondashish;
-barcha bosqichlarni muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
11
-bajarilishi ustida qat’iy nazorat o‘rnatish;
-tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur.
Mustaqil ish topshiriqlarini muvaffaqiyatli yakunlash uchun quyidagi talablar
bajarilishi lozim:
-maqsad, bilimni mustahkamlash, yangi bilimlar o‘zlashtirish, faollikni oshirish,
amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish aniq asoslanishi;
-vazifa va topshiriqlarning aniq va ravshan belgilanishi;
-topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning etarli darajada
xabardor bo‘lishi;
-maslaxat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va
ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli
topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli holatlarni
birgalikda hal qilish);
-hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;
-nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar,
laboratoriya mashg‘ulotlari, maslahat uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan
vaqt, ma’ruza yoki referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy
vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola,
ko‘rgazmali jihozlar va ijodiy ishlar, savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va
mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish).
I.6. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda adabiyotlar ro‘yxatining taqdim
qilinishi
«Dinshunoslik» fanining ishchi o‘quv dasturida har ma’ruza va seminar darslari
uchun hamda fan uchun umumiy, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar, manbalar
ro‘yxati beriladi. Mustaqil ta’limni tashkil kilish jarayonida shuni inobatga olish
zarurki, talaba ma’ruza uchun belgilangan asosiy adabiyotlardan mustaqil ta’lim
mavzusi uchun etarli ma’lumot ololmasligi mumkin. Chunki, mustaqil ta’lim
mavzusi aynan bir muammoviy mavzuga yoki aniq bir masalaga yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Bu esa aynan shu masala uchun tegishli bo‘lgan adabiyotlar va manbalar
ro‘yxatini qo‘shimcha tarzda talabalarga etkazib berish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
12
Adabiyotlar va manbalar ro‘yxatiga ega bo‘lgan holda aniq bir mavzu yuzasidan
ma’lumotlar yig‘ish va uni tahlil qilish talabaga osonlik tug‘diradi, uning vaqt
taqsimotini to‘g‘ri tashkil qilishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida mustaqil
ta’lim jarayonida olingan natijaning samarali bo‘lishiga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |