13
II. MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA ADABIYOTLAR BILAN
MUSTAQIL ISHLASH USLUBIYOTI
Malumki, ijtimoiy fanlardan olingan bilimlarni puxta egallashda ma’ruza,
amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ishlash, nazariy-ilmiy anjumanlar, o‘zaro suhbatlar
o‘tkazish, radio-televidenie orqali beriladigan ijtimoiy-siyosiy eshittirish va
ko‘rsatuvlar, matbuotdan hamda internetdan keng foydalanish kabi turli yo‘nalish va
uslubiyatlardan foydalanish mumkin.
Adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ikki, ya’ni keng va tor ma’noga ega bo‘lib,
keng ma’noda deganda, umuman bilimlarni mustaqil o‘rganish tushuniladi. Tor
ma’noda esa birinchi manbalar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar ustida yakka tartibda
mustaqil o‘qish, ya’ni «aql-zakovat bilan ishlashga katiy kirishish» tushuniladi.
Kitob ustida ishlash uzoq tarixga borib taqaladi. Insoniyat paydo bo‘lishi bilan
o‘z tarixi, madaniyati, fan yutuqlarini keyingi avlodga asosan shu kitob orqali
qoldirganlar. Demak, kitob ustida tinimsiz ishlagan kishigina o‘z bilimini oshirib,
mustahkamlab boradi. Misol uchun Sharqning buyuk allomalaridan Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo
Ulugbek, Alisher Navoiy va boshqalar tinimsiz mehnat orqali o‘z bilimlarini oshirib
borganlar va yangi-yangi muammolar echimini topishga harakat qilganlar. Demak,
biron-bir fanni egallashda, uni chuqur va har tomonlama o‘rganmoq uchun ko‘plab
kitoblar bilan ishlash zarurdir.
«Dinshunoslik» fanini o‘rganish jarayonida kitob bilan mustaqil ishlash eng
avvalo o‘quvchiga juda katta tushuncha beradi, chunki kitob bir avlodning ikkinchi
avlodga vasiyati. Biz ko‘p narsani kitobdan o‘rganamiz, o‘z dunyoqarashimizni,
ongimizni, bilimimizni, manaviyatimizni boyitamiz. Adabiyot bilan mustaqil
ishlashda fakat u yoki bu kitobdan olingan ma’lumot emas, balki ish jarayoni, uning
usullari xam katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bilimni egallash ikki yo‘nalishda bo‘lishi mumkin: berilgan materialni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yodlab olish va faktlarni tanqidiy tahlil qilib, mustaqil fikrlash.
Birinchi holda material passiv egallandi, faqat yodlanadi, ikkinchi holda esa turli
manbalardan bilimlarni tanqidiy fikrlab va amalda ongli yondashib, aniq dalillar
14
asosida boyitish mumkin bo‘ladi. Haqiqatni to‘g‘ri anglab etishda bilimlarni qat’iy
ishonch bilan izlanish natijasida egallash nihoyatda katta ahamiyatga ega.
Mustaqil o‘qishda xech qachon birinchi manbani chuqur tahlil qilmasdan yoki
mag‘zini tushunmasdan turib muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu tufayli,
kitob ustida mustaqil ishlash bilan materialni og‘zaki bayon qilishni aralashtirib
yubormaslik, o‘rganilayotgan mavzuning asosiy masalalarini, murakkab nazariy
koidalarini egallab, ularning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishga erishish zarur.
Chunki ayrim talabalar ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari bilan chegaralanib
qoladilar.
Haqiqatdan ham ma’ruza qanchalik keng qamrovli, mukammal bo‘lishga
qaramay unda u yoki bu muammo bo‘yicha asosiy qoidalar, ya’ni cheklangan
material beriladi. Shuning uchun ham ma’ruza kimnidir qondiradi, boshqa birovni
qondirmaydi, birov konspekt qilishga ulguradi, birov esa yo‘q. Demak, materialni
o‘rganish uchun ko‘prok kitob bilan mustaqil ishlashga to‘g‘ri keladi. Mustaqil
ishlashda har kim kitob, ya’ni manba bilan o‘z qobiliyati va ko‘nikmasiga qarab
ishlaydi, birov bir vaqtning o‘zida bir necha kitobdan foydalanish, materialni puxta
egallash uchun ularni qayta-qayta o‘qishi mumkin. To‘g‘ri, hamma talaba ham
mustaqil ishga bir hilda tayyor bo‘la olmaydi, bu hol “Kadrlar tayyorlashning milliy
dastur”ida takidlaganidek, “har bir o‘qituvchi-murabbiyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
vazifasi, talabani mustaqil ishlashga ko‘nikma hosil etishga har tomonlama uslubiy
yordam berish”ni talab etadi. Chunki, hozirgi zamon pedagogik texnologiyasi shuni
taqozo etmoqda, yoki bu o‘qituvchi qanchalik talabani qiziqtira olishiga bog‘liq
jarayondir. Malumki, inson ko‘p hollarda o‘zi qiziqqan ishga ishtiyoq bilan kirishadi.
Shunday ekan, mustaqil o‘qish mahorati ham tinimsiz mehnat, izlanish, ko‘nikma va
malum darajada chidam va tirishqoqlikni talab qiladi.
Manba ustida mustaqil ishlash ko‘p qirrali bo‘lib, o‘z ichiga ayrim so‘zlarni
tagiga chizish, matniga, hoshiyaga belgilar qo‘yish, reja tuzish, konspekt qilish kabi
turli usullarni qamrab oladi. Tabiiyki, bu usullarning biri oson bo‘lsa, biri murakkab
yoki uzoq mehnat talab qiladi.
Mustaqil ishlash jarayonida adabiyotlardan foydalanishning asosiy mezoni -
maqsadli bo‘lishi kerak. Biror kitob to‘g‘risida umumiy tushunchaga ega bo‘lish
15
uchun so‘zboshi va mundarijasini ko‘zdan kechirish, yangi material bormi, qoida va
xulosalar qanday yoritilganligini qarab chiqish kifoya qiladi. Agar maqsad uni
chuqur o‘rganish bo‘lsa vazifa ham kengroq qo‘yiladi. Berilgan adabiyotlarni
ayrimlari bilan chegaralanib qolmasdan, balki to‘liq tavsiya etilgan kitoblar ustida
mustaqil ishlash o‘z samarasini beradi. Bunda qiyinchiliklar va to‘siqlar bo‘lishi
tabiiy. Chunki mustaqil ishlash ko‘nikmasi birdaniga shakllanmaydi. Shuning uchun
undan cho‘chimasdan, ishtiyoq bilan mehnat qilish, intizomga rioya etish, qo‘yilgan
maqsad sari tinmay intilish, to‘siqlarni enga bilish kerak.
Yana bir uslubiy ko‘rsatma shuki, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy manbalarga oid
kitobni birdaniga boshidan oxirigacha o‘qib chiqishga harakat qilmasdan turib, uni
bo‘lib-bo‘lib o‘qish, o‘rganish, konspekt qilish, tezislar tuzish, belgilar qo‘yish,
tsitatalar olish, ularning mag‘zini chaqish, fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy-siyosiy fanlardan olgan bilimlarni boyitish, to‘ldirish, ilmiy
dunyoqarashni yanada rivojlantirish, jamiyat taraqqiyoti qonunlarini yaxshiroq
tushunish, mustaqil davlatimiz olib borayotgan ichki va tashqi siyosatni aniq anglab
etish va boshqalar uchun zaruriy holdir.
II.1. Adabiyotlarni mustaqil o‘qishda etibor berish kerak bo‘lgan jihatlar
Manbani, ya’ni kitobni mustaqil o‘rganish uchun o‘qish madaniyatini chuqur
egallash kerak. O‘qish madaniyati nima? Bu avvalo ko‘plab kitoblar ichidan kerakli
materialni topa bilish, ilg‘ab olish va kitobning mazmunini chuqur tushunish, uning
qimmatli, tarixiy, ilmiy tomonlargiga etiborni qaratish, ustalik bilan ayrim yozuvlar
qilish, reja asosida konspekt tuzish, referat yozish demakdir.
Manbani o‘qishda faqat u yoki bu kitobni o‘qib, tor doiradagi bilimga ega
bo‘lib qolish bilan kifoyalanmay, balki har bir ishda bo‘lganidek, bu erda ham qunt
bilan aqliy mehnat qilish juda ham zarur.
Manbalarni o‘rganishda uchraydigan nomalum ilmiy tushunchalar, siyosiy
terminlar, chet el so‘zlarini tushunish uchun u yoki bu kitob yozilgan davr haqida
yaxshi tushunchaga ega bo‘lib, uni tahlil eta oladigan mustaqil fikrga ega bo‘lish
talab etiladi.
16
Qanday qilib notanish kitobni o‘qish usuli va maqsadni oldindan aniqlash
mumkin? Ko‘p hollarda talabani bu ishga ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarini
olib boruvchi o‘qituvchi yo‘naltiradi. Ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulot jarayonida
tavsiya etilgan kitoblar yoki manbalar to‘g‘risida qisqa tushuncha beradi. Agar
malum masala bo‘yicha kitobni mustaqil tanlab olish zarur bo‘lib qolsa, uni
o‘qishdan oldin zarur yoki zarur emasligini muqovasi, so‘zboshi, so‘ngi so‘z,
mundarija va qisqa annotatsiyasi bilan tanishish orqali bilish mumkin bo‘ladi.
Mustaqil o‘qishda reja tuzish, tezis shaklida yozish yo‘llari ham bo‘lib, unda
asosiy fikr nihoyatda qisqa shaklda beriladi yoki manbaning asosiy mazmuni ifoda
etiladi. Konspekt qilish ham mustaqil ishlashning muhim usullaridan biridir.
Konspekt qisqacha yoki keng bo‘lib, kitob butunlay o‘qib chiqilgan yoki uni
bo‘limlar bo‘yicha o‘qish orqali tuzilishi mumkin. Konspektda hosil qilingan
tushunchani yozib borgan ma’qul. Ayrim qoida, xulosa, raqam, nom, yillar bundan
mustasno albatta.
Shuni aytish kerakki, o‘qituvchi ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mustaqil
ishlarni tashkil qilish va uni nazorat etish jarayonida, ilg‘or, iqtidorli talabalar bilan
ishlashni yuqori saviyaga ko‘tarmog‘i lozim. Kafedradagi navbatchilik kunlarida,
talabalar bilan o‘tkaziladigan suhbat, maslahat darslarida har bir talabada mustaqil
ishlash, erkin fikrlash tuyg‘usini shakllantirishi, ilmiy muloqotda, munozarada
qatnashish, muayyan mavzu bo‘yicha mustaqil ishlash ko‘nikmalarini kamol
toptirishi hozirgi zamon talabidir. Shundagina talabalarning mustaqil ishlash faoliyati
ko‘zlangan maqsadga muvofiq bo‘ladi.
17
III. MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA TALABALARDA TURLI
MALAKALARNING SHAKLLANTIRILISHI
Talabalar mustaqil ta’lim jarayonida quyidagi bir qator xususiyatlarni
(malakalarni) o‘zlashtirishlari va o‘zlarining ilmiy-ijodiy faoliyatlarini
shakllantirishlari ham ko‘zda tutiladi.
Mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonida talabalar:
Topshirilgan vazifa (mavzu)ni o‘rganishda auditoriyada olgan bilimlari
(yoki masalalar (muammolar)ning quyilishiga) asoslangan holda mustaqil
yondashishi;
Topshirilgan vazifa (mavzu)ning maqsadini va kutilayotgan natijani
oldindan ko‘ra bilishi (anglashi);
Mustaqil ta’lim jarayonida talaba o‘zi uchun yangi va hali
o‘zlashtirilmagan bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishi;
Auditoriyada va mustaqil ta’lim jarayonida olgan ma’lumotlari va
bilimini qayta ishlashi;
Qo‘lga kiritilgan natijalarni va to‘plangan ma’lumotlarni tahlil etishi;
Mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonida natijalar to‘g‘risida
mustaqil fikrlay bilish malakasi va ehtiyojini shakllantira bilishi;
Topshirilgan vazifa (mavzu)ning natijasi (echimi)ni oldindan anglash
va uni hal qilish yo‘llarini izlay bilishi;
Yuqori kurs talabalarida topshirilgan vazifa (mavzu)ni ishlash
jarayonida fanning metodologik uslublaridan foydalana olish malakasini
shakllantira bilishi;
Talabalarda ijtimoiy hayot hodisalarini bilib olish, ularning mohiyatini
tushuntirish kabi qoiliyatlarini shakllantirishi;
Mustaqil tayyorgarlik vaqtida ma’lumotlarga tanqidiy yondashish va
xulosalar chiqarish malakasini shakllantirishi;
18
Mustaqil ta’limni amalga oshirish (topshirilgan vazifa (mavzu)ni
bajarish) jarayonida o‘zining mustaqil, shaxsiy nuqtai-nazarini (fazilatlari yoki
malakalarini) shakllantira bilishi;
Prezident Islom Karimov asarlarida tarix faniga oid manbalarni
o‘rganishda ulardan ilmiy-metodologik asos sifatida foydalana bilish ko‘nikmasini
shakllantirishi;
Dastlabki manbalar, arxiv materiallari va tarixiy hujjatlar bilan mustaqil
ishlash malakasini shakllantirishi;
Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash va ularni tahlil qila olish malakasini
shakllantirishi;
Ilmiy tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, monografiyalar va boshqa
manbalar bilan ishlash va xulosalar chiqarish malakasini shakllantirishi;
Adabiyotlar bilan ishlash malakasini shakllantirishi;
Manbalar bilan ishlash malakasini shakllantirishi;
Vaqtli matbuot materiallari bilan ishlash malakasini shakllantirishi;
INTERNET tarmog‘idan foydalangan holda ma’lumotlarni olish va
ular bilan ishlash malakasini shakllantirish;
Mustaqil ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari va kompyuterdan
foydalangan holda jadvallar, chizmalar, diagrammalar, slaydlar va boshqalarni
yaratish va ularni matnlarga joylashtirish malakasini shakllantirish;
Ilmiy va ijodiy tafakkur qila olish qobiliyatini shakllantirishi;
O‘quv mehnati (vaqt, soat taqsimoti)ni to‘g‘ri tashkil etish malakasini
shakllantira bilishi;
Bilim va malakani amalda qo‘llashga o‘rganishi;
Ilmiy ishlarni yoza olish malakasini shakllantirishga erishishi;
Referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyalarini
yozish, maqola, risola, qo‘llanmalar tayyorlay olish malakasining yuzaga kelishi
va iqtidorning keng qamrovli bo‘lishiga erishishi;
Mustaqil ta’lim jarayonida qo‘lga kiritilgan natijalarni himoya eta olish
malakasini shakllantirishi;
19
Auditoriyada, to‘garaklarda, ilmiy anjumanlarda o‘z fikrini bayon eta
olish qobiliyatini shakllantirishi;
Ilmiy-pedagogik mahoratni shakllantirishi;
Nutq madaniyati va mahoratini shakllantirishi;
Ilmiy (intellektual) mehnat va muomala madaniyatini shakllantirishi;
Topshirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish mas’uliyati hissini
orttirishi;
Mustaqil ta’lim uchun belgilangan topshiriqlarni bajarish jarayonida
o‘tmish, tarixiy jarayonlar va bugungi kun taraqqiyoti jarayonlarini bog‘lagan
holda milliy g‘oya va uning mohiyatini to‘la anglash fazilatlariga ega
bo‘lishlari ko‘zda tutiladi.
Albatta yuqorida keltirilgan xususiyatlar nisbiy bo‘lishi ham mumkin.
Mustaqil ta’limni amalga oshirish chog‘ida har bir talaba o‘z imkoniyatlaridan
kelib chiqqan holda yana boshqa bir qatorda ijobiy hususiyatlarni ham o‘zlarida
shakllantirishlari tabiiydir. Bu esa ularning kelgusida etuk va har tomonlama
malakali mutaxassislar bo‘lib etishishlarida xizmat qiladi.
20
IV. MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISHDA PEDAGOG-
XODIMLARNING FAOLIYATI
Mustaqil ta’limni tashkil qilishda o‘qituvchining roli va kasbiy
(professional) mahorati eng ahamiyatli mas’uliyat kasb etadi. Mustaqil ta’limni
to‘g‘ri tashkil qilish va talabalar bilan birgalikdagi faoliyat jarayonida
muvaffaqiyatli natijalarga ega bo‘lish o‘qituvchidan nafaqat o‘zi o‘qiyotgan fan
yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lishi, balki ayni vaqtda talabalar bilan ishni
to‘g‘ri tashkil qilish, har bir talabaning iqtidori va qobiliyatini imkon qadar
hisobga olgan holda yondashishni ham talab qiladi. O‘qituvchi fan (kurs)
yuzasidan ma’ruza va seminar (amaliy, laboratoriya) mashg‘ulotlari jarayonida
turli pedagogik texnologiyalar va interaktiv uslublarni qo‘llagan holda har bir
talabaning o‘ziga xos hislatlarini aniqlashtirib, mustaqil ta’lim bo‘yicha
maslahat darslarida talabalarga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsata olsa, mustaqil ta’limni
tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsadga erisha oladi. Ya’ni talabalarning
mustaqil ta’lim yuzasidan o‘zlashtirishlari, ko‘zda tutilgan bilimlarga to‘liq ega
bo‘lishlari, pirovard natijada kelgusida etuk va malakali mutaxassis bo‘lib
etishishlariga zamin hozirlashi aniq.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda fan o‘qituvchisi:
har bir talabaning iqtidori va mustaqil ta’limni amalga oshirishga
qobiliyatini aniqlashi;
imkon qadar individual tarzda talabalarga maslahatlar (masalaning
echimini topilishi uchun yo‘nalishni aniqlashi) berishi;
mustaqil ta’lim uchun aniq va muammoviy mavzularni tavsiya etishi;
mustaqil ta’lim mavzularini belgilashda fan dasturi va ishchi
dasturga qatiy rioya etishi;
ma’lumotlarni to‘plash va ularni klassifikatsiyalash yo‘llarini
o‘rgatishi;
qo‘yilgan masalani ochish uchun tavsiya qilinishi mumkin bo‘lgan
adabiyotlar haqida ma’lumotlar berishi;
21
adabiyotlar bilan ishlash yo‘llari haqida tushuncha berishi;
manbalardan foydalanish jarayonida etibor berilishi lozim bo‘lgan
jihatlar haqida tushuncha berishi;
matbuot materiallaridan foydalanish chog‘ida ma’lumotlarni yig‘ish
va ularni solishtirishi, taqqoslash va xulosalar chiqarish to‘g‘risida tushuncha
berishi;
rahbarlik qilish, nazorat va tekshirishni to‘g‘ri amalga oshirishi;
mavzular yuzasidan malum vaqtlar oralig‘ida muloqot tarzida erkin
suhbatlar uyushtirib borishi va talabalarning fikrlariga etiborli bo‘lishi mustaqil
ta’limning samarali bo‘lishiga asos bo‘lishi mumkin.
IV.1. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda aniq maqsadning belgilanganligi
Mustaqil ta’lim shakli talabalar tomonidan mustaqil tarzda, o‘qituvchining
bevosita ta’sirisiz amalga oshirishi lozim bo‘lgan jarayon hisoblansada, biroq
o‘qituvchi talabalarga mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzularni topshirar ekan,
mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda erishilishi lozim bo‘lgan natijalarning
umumiy tavsifi, bu jarayonda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, tavsiflangan
natijalarga erishish yo‘llarining taxminiy uslublari va tavsiya qilinayotgan
adabiyotlar (manbalar) haqida umumiy tushuncha berib o‘tishi zarurdir.
Bu tavsiyalar va maslahatlar talabalarning mustaqil holda o‘zlashtirishi
belgilagan mavzularni batafsil o‘rganishlari va zaruriy darajadagi bilimga
(ma’lumotga) ega bo‘lishlarini osonlashtiradi. Biroq bu jarayonda o‘qituvchi
belgilangan mavzuni o‘zi tavsiflagan holda “aynan shunday bo‘lishi kerak” degan
tushunchadan talabalarni holi qilishi zarur va ayni vaqtda talabalarga mavzu
yuzasidan erkin tadqiqot olib borishlari uchun etarli sharoit yaratishi lozim.
Bu holat o‘z navbatida talabalarga belgilangan mavzu yuzasidan o‘z
dunyoqarashlari (yoki o‘zlari lozim deb hisoblagan tushunchalar) asosida
ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilishlariga imkon beradi. Bu jarayonda
o‘qituvchi talabalarni doimiy ravishda maslahat darslarida, individual suhbatlar
22
vaqtida «O‘zbekiston tarixi» metodologiyasining asosiy jihatlari bilan tanishtirib
borishi va bajarilayotgan mustaqil ta’lim mavzulari yuzasidan to‘g‘ri xulosalar
chiqarishga yo‘naltirib borishi lozim.
Iqtidorli va ilmiy tadqiqot olib borish malakasiga ega, fan (kurs) yuzasidan aniq
tadqiqot mavzusi ustida ish olib borayotgan talabalar bilan mavzu bo‘yicha
individual (yoki kichik guruhlar tarzida) ish olib borish maqsadga muvofiqdir.
IV.2. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash mezonlari
Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:
Auditoriyada amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari. Bunda o‘tilgan
mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi.
Auditoriyadan tashqari amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari. Bunda
o‘quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan
vazifalarni bajarish, amaliy va laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib, kelish,
ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.k.
Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib borish
darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslariga)
tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida,
odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlar
tashkil etish va h.k. usullarda asosan seminar darslarida nazorat qilinadi.
Nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirishi va uyga
berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi
e’tiborga olinadi.
Ikkinchi tur ishlari fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida
o‘zlashtirlishi belgilangan mavzu bo’yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil
ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida
rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy
topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish
jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus
belgilangan maslahat soatlarida amalga oshiriladi.
23
Talabalar mustaqil ishi natijalari amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 14-avgustdagi 87-02-2642-son xatiga
asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim
tizimini yanada rivojlantrish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son qarorida
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim
standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq talabalar bilimini baholash
tizimini takomillashtirish maqsadida “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar
o‘zlashtirishini baholash tizimi to‘g‘risida Nizom” loyihasiga asosan baholab
boriladi.
Mustaqil ta’lim natijalari talabalar bilimini 5 ballik tizim asosida baholashga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, har bir talaba o‘zi bajarayotgan mustaqil
ta’lim natijalarining qay tartibda baholanishi va qancha balga ega bo‘lishini oldindan
bilishlari shart. Buni fan o‘qituvchisi fan bo‘yicha umumiy baholash jadvalini
talabalarga etkazish chog‘ida aytib o‘tsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayni vaqtda
talabalar tomonidan tayyorlangan mustaqil ta’lim mavzularining natijalari baholanish
jarayonida bir tomondan talabalarni rag‘batlantirish vazifasini bajarsa, ikkinchi
tomondan talabalarga topshirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari uchun
mas’uliyat hissini shakllantiradi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, mustaqil ta’limning amalga oshirilishida
asosiy ishtirok etuvchilar - talabalardir. Mustaqil ta’limni tashkil qilishdan
ko‘zlangan asosiy maqsad ham talabalar bilimini boyitish va ularning kelgusida har
tomonlama etuk va malakali mutaxassislar bo‘lib etishishlari uchun zamin
hozirlashdir. Shunday ekan, mustaqil ta’lim jarayonini tashkil qilish va uni amalga
oshirish jarayonida har bir talaba o‘ziga topshirilgan mustaqil ta’lim mavzusini
belgilangan tartibda o‘rganishi, tayyorlashi va bu jarayonda bevosita faol ishtirok
etishi shartdir. Bu mustaqil ta’limni tashkil qilishdagi eng muhim omildir. Mustaqil
ishlar natijalarini baholashda o‘qituvchiga quyidagi mezonlarni tavsiya etish
mumkin:
24
Do'stlaringiz bilan baham: |