Vagon-restoranlar-uzoq masofalarga qatnovchi temiryo‘l po‘ezdlarida
bo‘ladi. Odatda bunday restoranlar bir kecha-kunduzdan ortiqroq safarga boruvchi
yo‘lovchilar uchun xizmat qiladi.
Kupe-bufetlar-bir kecha-kunduzdan kam yo‘l yuradigan poyezdlarda tashkil
etiladi. Kupe-bufetlar uchun po‘ezdda 2-3 ta kupe savdo qilish va yordamchi xona
sifatida ajratiladi. Kupe-bufet salondan to‘siq-vitrina bilan ajratiladi, sovutgich
shkaf va vagon osti qutilarga ega. Asosiy taomlar assortimenti: buterbrod,
pishirilgan tuxum, sut-qatiq mahsulotlari, sosiskalar, sardelkalar; issiq
ichimliklardan-choy, kofe, kakao bo‘ladi, qandolat va non-bulka mahsulotlari,
alkogolsiz ichimliklar, sharbatlar, meva va boshqalardir. Yo‘lovchilarga bufetchi
xizmat ko‘rsatadi. Taom tashuvchi ofitsiant boshqa vagonlardagi yo‘lovchilarga
taomlar yetkazib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |