Shahar restoranlari-shahar ichida joylashgan bo‘ladi, belgilangan ma’lum
soatlardagina ishlaydi. Ular taom, gazaklar, ichimliklarning keng assortimentini
tavsiya etadi, asosan tushlik va kechki taomlar tayyorlanadi.
Vokzal restoranlari-temiryo‘l, aerovokzallarda joylashgan bo‘ladi va
yo‘lovchilarga kechayu-kunduz xizmat qiladi. Bunday restoranlar taomnomasida
taomlar, gazak va ichimliklar cheklangan bo‘ladi.
Mehmonxona majmualariga tegishli mehmonxona tarmog‘i tarkibiga ikkita
restoran-firma ta’miga ega bo‘lgan serhasham, taom va ichimliklarning bahosi
yuqori darajada bo‘lmagan kichik restoranlar kiradi.
Shahar tashqarisidagi, milliy va tematik restoranlar taomnomalarida taom va
ichimliklar miqdori yakka sharoitda firma taomi va mahsulot assortimenti asosida
tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |