Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I bob. Turistik mahsulotni ishlab chiqishda ovqatlantirish korxonalarining ahamiyati va ularning turlari
1.1. Turistik mahsulotni ishlab chiqishda ovqatlantirish korxonalarining ahamiyati
O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida turistlarga xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish va ular uchun barcha sharoitlarni yaratish, yangi turistik majmualar, mehmonxonalar, dam olish maskanlari, restoranlar, barlar, transport sohalari uchun katta mablag‘lar ajratilmoqda. Bunday sur’atda turizmni
rivojlantirish albatta ovqatlantirish korxonalari faoliyatining rivojlanishiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Chunki barcha turistlar xoh xalqaro turistlar bo‘lsin, xoh ichki
turistlar bo‘lsin, ovqatlantirish korxonalaridan bo‘lgan restoran xizmatidan foydalanadilar. Aks holda insonlar ovqatlantirish uchun barcha mahsulotlarni
o‘zlari bilan olib yurishi yoki uy sharoitlarida tayyorlab, iste’mol qilishi kerak
bo‘ladi. Ammo turistlarda bunday imkoniyatlar yo‘q, shuning uchun ham ular
ovqatlantirish xizmatidan foydalanishga majburdir va mana shu holatlarning
mavjud bo‘lishi turizmda ovqatlantirishni uyg‘un holda rivojlantirishi uchun imkon
beradi. Shuning uchun ham turizmda asosiy xizmat turlaridan bo‘lgan ovqatlantirish xizmati tashkil etiladi. Xorijiy turistlar, ichki turistlar va mahalliy aholiga ovqatlantirish xizmatlarini ko‘rsatishda restoran xizmatlarini tashkil qilish,
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan ovqatlantirish korxonalarining turlari va vazifalari, ovqatlantirish korxonalari bozorida restoran xizmatlarining o‘rni
haqidagi bilimlarni egallash turizm sohasini rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.
G‘arb mamlakatlarida qabul qilinganidek, har bir tashkilot uchun kerakli
ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
--restoranning did bilan bezatilgan estetik manzarasining ko‘zga
tashlanishi, xizmatning oliy darajadagi sharoitlarini yaratilishi;
--xizmat ko‘rsatish jarayonida xodimlarning ahloq-odob qoida va
me’yorlarini bilishi;
--mijozlarga xizmat ko‘rsatishda o‘rnatilgan tartib va intizom qoidalarini
bilishi, ularga rioya qilishi;
--turli taom va ichimliklarni tavsiya qilishi, olib kelib berishi, shuningdek,
ko‘nikma texnikasi va taom tarqatish usullarini bilishi;
--stol ustiga dasturxon bezashning asosiy qoidalarini bilishi;
--xizmat ko‘rsatish jarayonida xavfsizlik va gigiyena qoidalarga rioya
qilinishi;
--oshxona idish-tovoqlari va anjomlari, sochiq va dasturxonlarining yetarli
miqdorda bo‘lishi.
Restoran-bu oziq-ovqat mahsulotlarining barcha turlaridan keng assortimentda murakkab tayyorlash texnologiyasiga ega bo‘lgan taomlarni, shu
jumladan buyurtma bo‘yicha tayyorlanadigan taomlarni, ekzotik taomlarni, hamirli konditer va bulochka mahsulotlarini ishlab chiqaradigan, keng assortimentda
alkagolli, issiq va sovuq ichimliklarni, sotib olingan mahsulotlarni, tamaki
mahsulotlarini mijozlarga taklif qiladigan korxona. Restoranlarda yana yakka buyurtmalar asosida juda ko‘p gazak va taomlar tayyorlashi bilan birga yevropacha
hamda milliy taomlar ham taqdim qilinadi.
Dunyo bo‘yicha ovqatlantirish korxonalarining yagona tasnifi mavjud emas.
Lekin, shunga qaramasdan ko‘p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan ma’lum bir
ko‘rinishdagi (tipdagi) ovqatlantirish korxonalari ajratilib ko‘rsatiladi. Milliy
oshxonaga ega bo‘lgan restoranlar ham mavjud bo‘lib, ular italyancha, xitoycha,
grekcha, turkcha, inglizcha, amerikacha, hindcha, fransuzcha, nemischa kabi
restoranlardir. Ular ayrimlari narxlarining juda arzonligi bilan ajralib tursa,
ayrimlari esa qimmatliligi bilan ajralib turadi. Myunxenda esa turistni albatta
«Xofbrayxaus»ga, ya’ni eng katta pivo zaliga olib borishadi.
Avstriyada dunyoda eng mashhur bo‘lgan vencha shnitsellarni (katlet turi)
tamaddi qilishga olib borishadi va albatta Italiyada esa tushlik pastasiz (makaronli
taom) o‘tmaydi. AQSH da va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda afg‘oncha,
kolumbcha, hindcha va chexcha kabi restoranlar faoliyat yuritadi.
Odatda turistlar qaysi mamlakatda bo‘lsalar, o‘sha mamlakatning oshxonasi
bilan tanishishga qiziqadilar. Ko‘p hollarda ularga shaharning qiziqarli milliy
hamda arzon restoranlari haqida ma’lumot berib boriladi. Milliy restoranlar bilan
tanishtirish nuqtai nazarda ham sayohatlar tashkil etiladi. Masalan, Bavariyada
turistlarni Bavariya (Germaniya) oshxonasi bilan ya’ni mashhur oq sosiskalar
hamda bavarcha pivo bilan mehmon qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |