Appenditsit tasnifi: Patologo anatomik holatiga ko'ra:
1. Sust ifodalangan appenditsit — appendikulyar sanchiq (marfologik o'zgarishlarsiz).
2. Oddiy — kataral appenditsit (chuvalchangsimon o'simta shishib nuqtasimon qon quyilishlari bo'ladi).
3. Destruktiv appenditsit quyidagilarga bo'linadi:
a) flegmonoz (chuvalchangsimon o'simta keskin qalinlashadi, yuzasida fibrinli parda, bo'shlig'ida seroz-yiringli suyuqlik bo'ladi);
b) chuvalchangsimon o'simta empiyemasi (o'simta to'nog'ichsi-mon qalin tortgan, bo'shlig'ida yiringli suyuqlik bo'ladi);
v) gangrenoz (o'simta yumshoq, to'q rangli, bo'shlig'ida yiringli-nekrotik suyuqlik bilan va perforativ appenditsit). Asoratlangan appenditsit:
a) appendikulyar infiltrat;
b) appendikulyar abssess;
v) tarqoq yiringli peritonit;
g) ichaklararo abssess turlari farq qilinadi.
Surunkali appenditsitda o'simta bo'shlig'i obliteratsiya-li o'zgarib, o'simta chandiqli bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |