Klinikasi. O'tkir appenditsit o'ng yonbosh sohasida kuchli og'riq bo'lishi bilan ifodalanadi. Ba'zan og'riq kindik sohasidan boshlanadi. So'ngra o'ng yonbosh sohasiga o'tadi (Koxer-Volkovich belgisi). Og'riq qusish, qabziyat kabi belgilar bilan boshlanadi.
Quyidagi belgilar tashxis qo'yishga ma'lum darajada yordam beradi. Sitkovskiy belgisi — bemor chap biqinini bosib yotganda simillagan og'riq paydo bo'ladi. Rovzing belgisi — chap yonbosh sohasini kaftning yoni bilan bosilsa va yuqoriga picha silkitilsa, o'ng yonbosh sohasida og'riq sezadi. O'tkir appenditsitda 100 dan ortiq belgilar tasvirlangan, biroq ularning hammasi nisbiy ahamiyatga ega.
O'tkir appenditsitda o'ng yonbosh sohasida qorin mushaklarining taranglashishi, Shchetkin—Blyuberg belgisining musbatligi, haroratning ko'tarilishi, leykotsitozning 12.000— 15000 gacha yetganligi qayd qilinadi. Chuvalchangsimon o'simtadagi yiring yorilganda (perforativ appenditsit) peritonitning belgisi kuzatiladi.
Perforativ appenditsitning klinikasi shu bilan ta'riflanadiki, o'ng yonbosh sohasidagi og'riq borligi va o'tkir appenditsitning boshqa umumiy belgilari asosida og'riq keskin kuchayadi va qorinning boshqa sohalariga tarqaladi. Qorin taranglashgan, dam bo'lgan, qorinning deyarli hamma sohalarida, harorat 40°C gacha ko'tariladi, qusish, leykotsitoz 20,000 gacha va bundan ortiq bo'lishi kuzatiladi.
Surunkali appenditsitda bemor o'ng yonboshi sohasida vaqti-vaqti bilan o'rta darajada og'riq turishidan noliydi. Kasallik uzoq vaqtgacha cho'zilishi mumkin. Appenditsitning bu turi uchun quyidagi og'riq nuqtalari xarkterlanadi:
1) Mak-Burney nuqtasi — qorin devoriga kindik bilan yonbosh suyagi yuqori oldingi o'sig'i o'rtasidagi uchdan bir o'rta va tashqi uchidan bir masofa chegarasini barmoq bilan bosilganda:
2) Lans nuqtasi — yonbosh suyagi ikkala yuqori oldingi o'siqlari orasida joylashgan o'rta va o'ng tomondagi tashqi uchidan bir masofa o'rtasidan o'tgan chegara.
Davosi. O'tkir appenditsitda bemorni zudlik bilan operatsiya qilinadi — chuvalchangsimon o'simta olib tashlanadi (appendektomiya). Qorin bo'shlig'idayiringli suyuqlik bo'lganda chuvalchangsimon o'simtani olib tashlash uchun kesma orqali drenaj qilinadi, jarohat qisman tiklanadi. Yiring kam miqdorda bo'lganda chuvalchangsimon o'simta olib tashlangach va shu sohani yiringli suyuqlikdan quritilgandan so'ng qorin devori tikiladi, biroq qorin bo'shlig'iga antibiotiklar yuborish uchun mikroirrigator (ingichka naycha) kiritib qo'yiladi.
Surunkali appenditsitda operatsiya rejali tartibda o'tkaziladi.
Appenditsitning asoratlangan turi — appendikulyar inflt-ratda (o'ng yonbosh sohasiga palpatsiya qilinganda chuvalchangsimon o'simta, charvi va ichak qovuzlog'ining yallig'lanib yopishib qolishi natijasida hosil bo'lgan zich yallig'li infaltrat aniqlanadi), awaliga konservativ davo qilinadi (muzli xalta, parhez ovqat, umumiy antibiotik terapiya). Infiltrat so'rilib bo'lgandan keyin sovuq davrda appendektomiya qilinadi. Infiltrat abssess hosil qilgan taqdirda appendektomiya o'tkaziladi va yiringli suyuqlik chiqariladi.
Bolalarda o'tkir appenditsit keskin kechib, kattalardagiga qaraganda birmuncha og'ir o'tadi; aksariyat chuvalchangsimon o'simta perforatsiyasi (teshilishi) kuzatiladi. Yoshi ulg'aygan
kishilarda, aksincha, chuvalchangsimon o'simta hatto destruksiyaga uchraganda ham klinik manzara atipik o'zgargan bo'ladi. Homilador ayollarda, ayniqsa , homiladorlikning ikkinchi yarmida og'riqlar birmuncha yuqori sohada seziladi, ko'ngil aynishi va qusish ko'proq sodir bo'ladi. Bolalarda, homilador ayollarda va keksalarda appenditsitning ilk alomatlari bo'lgandayoq operatsiya qilinadi (yiringli peritonit paydo bo'lishi va homila-ning vaqtidan oldin tushish xavfi).
Do'stlaringiz bilan baham: |