QORIN BO'SHLIG'I A'ZOLARINING YALLIG'LANTIRUVCHI KASALLIKLAR
Appenditsit. Chuvalchangsimon o'simtaning yallig'lanishi appenditsit deyiladi. Appenditsit ikki turda — o'tkir va surunkali turlarda kechishi mumkin.
Appenditsitga — chuvalchangsimon o'simtaga enterogen (ichaklardan) yoki gematogen yo'l bilan infeksiya tushishi sabab bo'ladi. Chuvalchangsimon o'simta bo'shlig'ida najas toshlari yoki ichak parazitlari (askaridalar) borligi bu kasallikka moyillik tug'diruvchi sabablardan hisoblanadi. Ular shilliq pardani shikastlab, infeksiya kirishi uchun yo'l ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |