Основные свойства пищевых продуктов



Download 146,92 Kb.
bet5/10
Sana24.03.2023
Hajmi146,92 Kb.
#921305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-SINF O’QUVCHILARIGA SABZAVOT VA MEVALARNI KONSERVALASH” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI

1.3 Bexini konservalash
Behidan kompot, murabbo, quyuq shinni (djem), povidlo, shirin dirilloq (jele), shakarlangan meva(pukat)lar, sharbatlar tayyorlash mumkin. Behidan konservalar tayyorlash uchun eng qulay vaqt – noyabrь-dekabrь oylaridir. Behi ayni shu oylarda yetilib pishadi.
Oʼzbekistonda yetishtiriladigan behilarning poʼsti nisbatan yupqa boʼladi. Shuning uchun ularni archimasdan konservalash mumkin. Konserva uchun tanlangan behilarning avval sirtidagi tuki iliq suvda qoʼlda ishqalab yoki choʼtkalab tozalanadi, keyin yaxshilab yuviladi. Soʼng bir tekis qilib toʼgʼraladi, oʼzagi kesib tashlanadi.
Behidan kompot tayyorlash.
Аvvalo behini part qilib olish kerak boʼladi. Part qilish – bu qaynoq suv bilan yumshatib olishdir. Behilar part qilingunga qadar qorayib ketmasligi uchun limon kislotasi yoki tartrat kislotaning 5% li eritmasiga solib qoʼyilishi lozim. Toʼgʼralgan behi ozroq limon kislotasi bilan qaynatilib, yumshaguncha part qilinadi. Behi qaynagan suv suzilib, u shakar qiyomi tayyorlash uchun ishlatiladi.
Part qilingan mevalar shisha bankalarga toʼldiriladi va ustiga 80-85°S gacha isitilgan 40% li shakar qiyomi quyiladi. Ishlatiladigan qiyom tiniq boʼlishi kerak. Shundan keyin bankalar tunuka qopqoqlar bilan yengil berkitilib, issiq suvda idishga joylanadi va 100°S da: 1 litrli bankalar 20-25 daqiqa, 2 litrli bankalar 25-30 daqiqa, 3 litrli bankalar esa 30-40 daqiqa davomida qizdiriladi. Shu muddat oʼtgach, ularning qopqoqlari burab, mahkamlanadi, bankalar toʼntarib qoʼyilgan holda sovitiladi.
Behidan murabbo qaynatish.
Toʼgʼrab, qaynoq suvda part qilingan behilar sovuq suvda sovitiladi va sirlangan togʼoraga solinadi. Part qilingan suv suziladi va shu suvga shakar solib, 50% li qiyom qaynatiladi. 1 kg meva uchun 1 litr hisobida qiyom tayyorlash kerak. Qiyom 80°S gacha isitilib, togʼoradagi mevalar ustiga quyiladi. Murabboni qaynatishni boshlashdan oldin mevalar togʼoradagi qiyomda kamida 6 soat turishi kerak. Behi murabbosini 4 marta qaynatish tavsiya qilinadi. Har gal 7-10 daqiqa qaynatilgach, 8 soat tindirib qoʼyiladi.

Download 146,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish