Samarqand davlat universiteti
Agrobiotexnologiya va oziq ovqat xavfsizligi fakulteti
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: O’simlik to‘qimalari. To’qimalar Tuzilish va funksiyalari
BAJARDI:______________________
TEKSHIRDI:__________________
Mavzu: O’simlik to‘qimalari. To’qimalar Tuzilish va funksiyalari
Reja:
1. O`simlik to’qima haqida umumiy tushuncha.
2. O`simlik to’qimalarni o’rganilish tarixi
3. To’qimalar klassifikatsiyasi
4. Aerenxima to`qimasi
5. To`qimalar haqida ma`lumotlar
O`simlik to`qimalari haqida umumiy tushuncha
O‘simliklar bir hujayrali oddiy tuzilishidan ancha murakkab ko’p hujayrali hamda maxsus vegetativ va generativ organga ega bo‘lgan o‘simliklar darajasiga yetgunga qadar katta evolyutsion jarayonni bosib o’tganlar. Shuning uchun ham suvda va quruqlikda yashovchi o‘simliklar organizmining tuzilishida keskin farq bor. Quruqlikda yashovchi o‘simliklarda ildiz, poya, barg va boshqa xil organlarning yetilishi bilan ularning vazifalari ham, ichki mikroskopik tuzilishi ham o‘zgaradi. Masalan, suvda yashovchi suv o‘tlarning tallomi (tanasi) asosan bir xil tuzilishga ega bo‘lgan hujayralardan tashkil topgan bo‘lsa, tanasi ildiz, poya va barglarga differensiatsiyalangan yuksak o‘simliklar esa har xil vazifani bajaruvchi va turli xil tuzilishga ega bo‘lgan hujayralar yig‘indisidan (kompleksidan) tuzilgan. O‘simlik barglarida fotosintez vazifasini bajaruvchi hujayralar yig‘indisi bo‘lsa, ildiz uchida suv va unda erigan mineral moddalarni shimib olib, o‘simlikning boshqa organlariga yetkazib beradigan maxsus so’rish vazifasini bajaruvchi hujayralar yig‘indisi mavjud. Demak, bir xil vazifani bajaruvchi, bir-biriga o‘xshash kelib chiqishi ham umumiy bo‘lgan hujayralar yig‘indisiga to’qima deyiladi. Masalan, bug‘doy, arpa va shu kabi o‘simliklar urug‘idagi murtakning tuzilishini olganimizda unda boshlang’ich ildizcha, poyacha boshlang‘ich bargcha va kurtaklar borligini ko‘ramiz. Murtak organlarini tashkil etuvchi hujayralar bir xil tuzilishga ega, ya’ni ular izodiametrik katta yadroli, hujayra po‘sti yupqa sellyulozali, vakuolsiz tuzilgan va ular bir xil vazifani bajaradi. Ya’ni, doimo bo‘linib o‘sib turadi, bu hujayralarning kelib chiqishi ham umumiy: ular urug‘langan tuxum hujayradan keyin yoki zigotadan hosil bo‘ladi. Biroq murtak hujayralarining bir qismi asosiy ildizni, ikkinchisi - poyani va uchinchisi esa boshlang‘ich barglarni (primordiyalarni) hosil qiladi.
2.O‘simliklar to‘qimasi haqidagi dastlabki ma’lumotlar XVII asrda M. Malpigi va N.Gryu asarlarida bayon etilgan. To’qimalar haqidagi ta’limotning asoschisi ingliz olimi N.Gryu hisoblanadi. Uni 1682 yilda “O’simliklar anatomyasi” asari chop etiladi. Gryu botanika faniga birinchi bo’lib to’qimalar tushunchasini kiritadi hamda o’simlikning barcha organlaridagi to’qimalarni hujayrasining shakliga ko’ra parenxima va prozenxima guruhlariga ajratadi. Albatta bu sun’iy tasnif hisoblanardi, chunki uning negizida faqat bitta belgi ya’ni hujayra bo‘yining eniga nisbati yotar edi. Keyinchalik gistolog P. Van Tigem to‘qimalarni tirik va o’lik guruhga ajratdi. Bu ham tub ma’nosi bilan sun’iy tasnif edi, chunki o‘simlik organlaridagi to‘qimalarni o‘lik va tirik qismga ajratish shartli bo’lib, amalda ular orasidagi farq deyarli bo’lmaydi. To‘qimalarni ilmiy asosda tasnif qilgan olim fiziolog Yu. Saksdir. U 1868 yilda o‘simlik to‘qimalarini bajaradigan vazifasiga ham ularning joylanishiga qarab uch guruhga: qoplovchi, o‘tkazuvchi va asosiy to‘qimalarga ajratdi. Bu xil bo‘linish hozirga qadar ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas va to‘qimalar sistemasida asosiy o’rinni egallaydi.
XIX asrning oxirida va XX asrning boshlarida o‘simliklar anatomiyasi ancha rivojlangan. Bu davrda o‘simlik to‘qimalarini kelib chiqishi va bajaradigan vazifalari (funktsiyasi) aniqlangan va ushbu ma’lumotlar e’tiborga olinib to’qimalarni klassifikatsiyaga solishga harakat qilishgan.
Biroq to‘qimalarni bunday klassifikatsiyasi suniy edi va bir qancha qarama-qarshi fikrlarga olib keldi, buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat.
1. O‘simliklarning ko‘pchilik to‘qimalari har xil vazifalarni bajarishga moslashgan, ya’ni bir xil shakldagi to‘qima bir necha vazifani bajarishi mumkin (Masalan, assimilyatsion to‘qimalar(hosil qilish, jamg’arish), mexanik (mustahkamlik berib turuvchi) va asosiy to’qimalar (oziq moddalarni g‘amlovchi) vazifalarini bajaradi. Bundan tashqari bir to‘qima har xil vazifalarni bajaruvchi hujayralardan tashkil topishi mumkin, bunday to‘qimalar murakkab to‘qimalar deb ataladi.
2. To‘qimalarni yoshi o‘zgarishi bilan ularni bajaradigan vazifasi ham o‘zgaradi. Masalan, hujayra po‘sti yog‘ochlanishidan avval, yoshlik davrida suvni o‘tkazish, keyinchalik yog‘ochlanish natijasida faqat tayanch berish vazifasini bajaradi.
3. Shakl va vazifasi bilan to‘qimadagi boshqa hujayralardan farq qiluvchi maxsus hujayralar alohida-alohida joylashadi.
To‘qimalar deyarli hamma yuksak o‘simliklarda uchraydi. Ular faqat tuban o‘simliklarda va ayrim yo‘sinlarda bo‘lmaydi.
Parenxima hujayralaridan iborat to‘qimalar parenximali, prozenximatik hujayralaridan iborat to’qimalar esa prozenximali to’qimalar deyiladi. To‘qima zich va g‘ovak bo‘ladi.
Hujayra oraliq moddasi yemiriladi, buning natijasida esa yopishib turgan hujayra po‘stlarining bir-biridan ajralib, bo’lak – bo‘lak bo‘lib ketish hollari uchraydi, bu hodisa matseratsiya deb ataladi.
|
1-rasm. Hujayralar differensiallanishi modeli.
Meristema (markazda) hujayrasidan turli doimiy to’qimalar yuzaga kelishi. 1-parenxima; 2-epidermis; 3-elaksimon nay va uning yo’ldosh hujayralari;4-naylar; 5-traxeidlar; 6-sklerenxima tolasi; 7,8-sklereidlar; 9-kollenxima
|
Ko’p o‘simliklar (tarvuz, qovun, nok, olma va boshqalar)da meva etlarining pishish jarayonida va ba’zi bir na’mataklar, mushmulalar sovuqdan so’ng, xazonrezgilikdan oldin barg bandlarida, pishib etilgandan so‘ng to‘kiladigan meva bandlarida, ko‘p o‘simliklarning so‘ligan gullarining gul kosalari, gul barglarida matseratsiya sodir bo‘ladi. Bu hollarda matseratsiya fermentlar ta’sirida sodir bo‘ladi.
Shakllangan to‘qima hujayralarida tirik moda bor-yo‘qligiga qarab hujayralar embrional yoki meristematik va doimiy, ya’ni yetilgan differentsiatsiyalashgan to‘qimalarga bo‘linadi (1-rasm). Hosil qiluvchi to‘qimalardan tashqari qolgan barcha to‘qimalar odatda doimiy to‘qimalar deb ataladi. Assimilyatsion, g‘amlovchi va aerenximalar ba’zan asosiy parenxima deb ham ataladi.
Shunugdek, oddiy va murakkab to’qimalar ham farqlanadi. Oddiy to’qimalar bir xil vazifani bajaradi. Murakkab to’qimalar turli xil vazifalarni bajaradi.
Tuzilishi va vazifasiga oid belgilariga qarab, bir-biridan ma’lum bir masofada turadigan hujayralar (idioblastlar) va shuningdek, funktsiyasi shu sistemadagi to’qimalar funktsiyasiga o‘xshaydigan hujayra bo’shliqlari ham to‘qimalar sistemasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |