Ahamoniylar qoyatosh bitiklari.
Forslarning ajdodlari oriylar dastlab akkadga “Elamtu” ga (tog‘li mamlakat) joylashganlar. Vaqt o‘tishi bilan elamtu Persua deb atalgan. Mil.avv VIII asr oxiri VII asr boshlarida Axamen o‘z sulolasiga asos solgan. Bu sulola vakillari ko‘plab yozuv namunalarini qoldirishganlar. Behustun qoyatosh bitigi fors, elam, akkad tillarida yozilgan. YOzuvda hammasi bo‘lib 23 ta davlat, Xususan, Parfiya, Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona tilga olinadi. Marg‘iyonalik Frada qo‘zg‘oloni. Dadarshish bu qo‘zg‘olonni bostirgan. Saklar va ularning sardori Skunxa to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Naqshi Rustam yozuvlarida mamlakatlar ro‘yxati Midiya va elamdan so‘ng sharqiy viloyatlardan boshlanadi: “Baqtriya, So‘g‘diyona , Xorazm, Saka Xaumavarka, Saka tigraxauda .......”.
Suza yozuvi. Doro 1 ning Suza shaxridagi podshox saroyida o‘rnatilgan haykalidagi yozuvlarda Baqtriya, So‘g‘diyona va Xorazmdan tashqari “balchiq va tuproq o‘lkasi saklari” tilga olinadi. YAna bir Suza yozuvida oltin- Sard va Baqtriyadan, yaltiroq toshlar va lojuvardlar So‘g‘diyonadan, firuza –Xorazmdan olib kelingan degan iboralar bor.
Persepol devorlaridagi bo‘rtma rasmlar.
Persepol shaxrida Doro 1 va Kserks saroyiga olib boradigan tosh pillapoya devorlariga eron ahomoniylariga tobe mamlakatlardan hiroj olib kelgan vakillar suratlari bo‘rtma uslubda ishlangan. M; 8- qatorni So‘g‘diyona vakillari tashkil etib, ular etti kishi shohga kumush idishlar, ipak matolar, hayvon terilari, 2 ta qo‘yni etaklab kelayotgani tasvirlangan. 11 – qator tigraxauda saklari dasht otini, 15- qatorda Baqtriyaliklar ikki o‘rkachli tuya, 17- qatorda xorazmliklar jiyron otni etaklab kelayotgani tasvirlangan. Bu manbalar O‘rta Osiyoning qadimgi tub joy aholilari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi (nomlari, iqtisodiy va madaniy hayoti, hunarmandchiligi, kiyim – kechaklari va h.k.).
YUnon mualliflari:
Manbalar ko‘rsatishicha qadimgi yunonlar tarixi Poniyaning milet shaxrida shakllangan. Bu tarix maktabining vakili mil.avv. VI asrda yashagan Gekatey o‘zining “Er kurrasi tavsif” asarida xorasmiylar haqida ma’lumot beradi. SHuningdek, Afiney, Stepanlar ham xorasmiylar to‘g‘risida xabarlar qoldirishganlar. Eng muhimi ma’lumotlarni Geradot o‘zining “Tarix” asarida (1,3, VII, IX jildlari) qoldirib, sak (skif), massaget, xorasmiy, margush, sug‘d, parikan kabi O‘rta Osiyoda qadimda yashagan o‘troq va ko‘chmanchi xalqlar haqida xabarlar bergan. Kir 2 va To‘maris o‘rtasidagi munosabatlar, massagetlarning hududiy joylashuvi “Ular SHarqda quyosh chiqishi yo‘nalishida, Araks daryosining narigi yog‘ida joylashganlar. Araks daryosi Matiyona tog‘lari (Pomir yoki Hindiqush) dan boshlab oqadi”. Ahamoniylar davlati 20 satrapidan 3 tasi O‘rta Osiyo bilan bog‘liq; 12- satraplik – baqtriyaliklar; 15-satraplik saklar va kaspiyliklar; 16-satraplik – parfiyaliklar, xorasmiylar, so‘g‘d va oriylar. Massagetlar urf-odati, xo‘jaligi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar qoldirilgan. Ktesiy (mil.avv. V asr oxiri - IV asr). SHoh Artakserksning shaxsiy tabibi (17 yil ) bo‘lib, qadimgi sharq xalqlari tarixiga juda qiziqqan (“Hindiston tasviri”, “Er tavsifi”, “Tog‘ haqida” kabi asarlari bor, lekin bizgacha etib kelmagan). Baqtriya va Hindiston ma’lumotlariga katta e’tibor qaratgan. (Ossuriya podshosi Nin, Baqtriya podshosi Oksiard haqida, Kir 2 ning biqtriyaliklar bilan to‘qnashuvi to‘g‘risida ma’lumotlar qoldirgan). Baqtriyaning qal’alari ko‘pliligi, aholisining jasurligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. A.Asqarov ham o‘z tadqiqotlarida haqiqatdan mazkur hududda mil.avv. I ming yillikning 1- yarmiga oid 240- dan ortiq qishloq qo‘rg‘onlar, qal’alar bo‘lgan deb ma’lumot keltirgan (Kuchuktepa, Pishaktepa, Beshqo‘ton, Jondavlat, Bandixon va boshqalar).
- esxil “Forslar” tragediyasida Salamin jangida qatnashgan Tenagan, Aritom kabi baqtriyalik jangchilarni tilga oladi. (mil.avv 480 yil). Diodor (“Tarixiy kutubxona”), Strabon (“Geografiya”), Pompey Trog (“Filipp tarixi), Plutarx, Klavdiy Ptolomey (mil.avv 2 asr), Pliniy kabilar qiziqarli ma’lumotlar qoldirishganlar.
Arrian (milodiy 90/95 – 175 yillar). “Iskandar yurishlari” asarida Iskandarning SHarq va O‘rta Osiyo hududlariga harbiy yurishlari haqida yozib qoldirgan. Oks, Navtaka, Spitamen, Oksiard, Tanais, Politimet, Maroqand to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Spitamen qo‘zg‘olonini yaxshi ta’riflaydi.
Kvint Kursiy Ruf (mil.avvalgi I asr oxiri va miloddiy I asr o‘rtalari) “ Makedoniyalik Iskandar tarixi” asarida Qadimgi Baqtriyaning rang- barang tabiati va Iskandarning harbiy yurishlari haqida ma’lumot beradi. Baqtriya eri hosildor, bug‘doy ekiladi. Erlarni ko‘p buloq, daryolar sug‘oradi. Erning ko‘p qismini hosilsiz dashtlar tashkil etadi va bu joylar qumlik, odamzod yashamaydi. Iskandar Maroqandga etib keladi. Uning mudofaa devorlari uzunligi 70 stadiy. SHaxar qo‘rg‘oni ikkinchi devor bilan o‘rab olingan. U So‘g‘diyona to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan: So‘g‘diyona keng dashtli mamlakatdan iborat. Politimet degan daryo shiddat bilan mamlakat bo‘ylab oqadi.
Strabon (mil.avv 64-24) o‘zining “Geografiya” asarida O‘rta Osiyo qadimgi xalqlarning urf- odatlari, shaxarlar va daryolari haqida ma’lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |