O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi to‘g‘risida “Avesto” va Axamoniylar manbalari



Download 26,13 Kb.
bet4/5
Sana22.02.2023
Hajmi26,13 Kb.
#913810
1   2   3   4   5
Bog'liq
Этногенез 3 мавзу. маърўза

Qadimgi Xorazm yozuvi. SHimoliy Xorazmda “Katta Aybuyirqal’a” yodgorligidan xum sirtiga bitilgan oromiy yozuvi nusxasi topilgan (mil. avv IV asr).Oromiy yozuvi asosidagi xorzmiy yozuvi namunasi mil. avv. IV asrning oxiri - III asr boshlariga oid Qo‘yqirilgan yodgorligidan topilgan. Sopol parchasiga bitilgan 1-so‘z “ASRAVA REK”(sipoxiy ma’nosini beradi) topilgan. Tangalardagi yozuvlar. III - IV asrga oid Tuproqqal’adan Qadimgi Xorazm podsholarining arxivi topilgan. VI – VIII asrga oid kumush qadahlarda yozuv, To‘qqal’adan ossuariy sirtiga yozilgan yozuvlar topildi. Govurqal’a yozuvlari.
Parfiya yozuvi. Eski Nisodan 2700 dan ziyod taxtachaga bitilgan, asosan xo‘jalik ishlariga bag‘ishlangan yozuv namunalari topilgan. Bu yozuv Mitridat I davrida (mil.avv. II asr o‘rtalarida) oromiy yozuvi asosida shakllangan (22- ta xarf). III – IV asrlarga kelib keng tarqalgan.
Baxtariy yozuvi. Mil.avv. IV asr oxirigacha Qadimgi Baqtriya xududlarida oromiy yozuvi ishlatilib kelingan. Mil.avv. III-II asrda bu yozuv asosida maxalliy boxtariy yozuvi ishlab chiqilgan (Oyxonum – mil.avv II asr 1- yarmi ). SHuningdek Baqtriyada yunon tili va yozuvi, braxma va kxorashta yozuvlari ham muomilada bo‘lgan (YUnon- Baqtriya podsholari rasmi va YUnon tili tangalarda). Zevs o‘rniga ot tasviri tangalarda tushirilishi yangi davlat to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bunday tangalar Surxandaryoda topilmoqda. (Kushon davlati, poytaxti Dalvarzintepa ). Xolchayondan topilgan tangada to‘rtta yunoncha so‘z bor: 1 – si hukmdor; 2 – si Geray; 3 – si o‘qilmagan ; 4 – si Kushon.. Sulolaviy ibodatxonalar hisoblangan Surhkotal va Rabatak peshtaxtalari yozuvi muhim. Bunda Kanishka oriylardan ekanligi keltirilgan. So‘g‘d yozuvi, mil. avv III – II asrlarda oromiy yozuvi asosida shakllangan so‘g‘d yozuvi o‘lkamiz madaniyati tarixida muhim rol o‘ynaydi. So‘g‘d tili va yozuvi So‘g‘ddan tashqari Farg‘ona, Toshkent, Ettisuv voxalariga keng tarqalgan. 22 ta harfdan iborat dastlabki yozuv namunalari YUnon – Baqtriya tangalariga taqlid etilib zarb etilgan so‘g‘d tangalariga bitilgan. I – III asrga oid Afrosiyobdan topilgan sopol parchalari, Terrakota haykallarida uchraydi. So‘g‘d kumush tangalaridagi yozuvlar ham muhim. Savdo yo‘li bilan Mo‘g‘ulistonga kirib borgan so‘g‘d yozuvi 1889 yili topilgan. XI asr uyg‘ur hoqoni qabr toshida so‘g‘d yozuvi bor. “ Qadimgi so‘g‘d maktublari” ( mil. avv. 313 – 317 yillari yozilgan, Dun xuan shahridan topilgan.) 1933 yili Hayrobod qishlog‘i yonidagi Mug‘ Qal’adan so‘g‘d xujjatlari topildi. ( So‘g‘d arxivi). Bular VIII asrning 2 – o‘n yilligia oid 89 ta xujjat bo‘lib, 74 tasi So‘g‘d tilida (teri, qog‘oz, yog‘ochga bitilgan). Qolganlari arab imlosida. Devashtich Mug‘qal’asiga chekinib, saroy arxivini ham olib kelgan.
Samarqand ixshida Varxuman 651 yilli taxtga chiqib, saroy qurdirib, uning devorlarini suratlar bilan bezaydi. Uzun xalat kiygan musavvir surati ham bo‘lib, uning xalati etagida 2 qatorli so‘g‘dcha xat bitilgan. “ Smarakansa” so‘zi uchraydi. Milodiy IV asrga oid yog‘ochga bitilgan so‘g‘dcha xujjatni M.Isoqov o‘qib, u savdogarning o‘z hamkasbiga bergan qarz puli tilxati ekan.
Pahlavon Rustam to‘g‘risidagi xalq dostonida “Kalila va Dimna” to‘g‘risidagi ikki parcha so‘g‘dcha bayon etilgan. So‘g‘d yozuvida budda, xristian, manixey matnlari yozilgan.

Download 26,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish