O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi to‘g‘risida “Avesto” va Axamoniylar manbalari


O‘rta Osiyo qadimgi tarixi haqida Xitoy manbalari



Download 26,13 Kb.
bet3/5
Sana22.02.2023
Hajmi26,13 Kb.
#913810
1   2   3   4   5
Bog'liq
Этногенез 3 мавзу. маърўза

O‘rta Osiyo qadimgi tarixi haqida Xitoy manbalari.
Turkiston tarixining qadimgi davrlari, uning xalqi va xo‘jaligi, turmush- tarzi va urf – odatlari haqida, ayniqsa Qang‘ davlati va Qadimgi Farg‘ona, Davon haqida Xitoy yozma manbalari qimmatli ma’lumotlar beradi. Si-ma-Szyanning (mil.avv II-Iasr) “Tarixiy xotiralar” Ban Gunning (mil. avv. I asr) “Birinchi Xan sulolasining tarixi” asarlari muhimdir. Mil.avv 138- yilda CHjan – Syann Qashqar orqali Qadimgi Farg‘ona davlatiga keladi. Ikkinchi marta mil.avv 114- yili O‘rta Osiyoga 300 kishilik karvonga bosh bo‘lib keladi. Usun, Kangyu, Baqtriya, Parfiyagacha o‘z odamlarini yuboradi. Aholilar urf-odati, turmush- tarzi, xo‘jaligi haqida to‘liq ma’lumotlar beradi.
Qang‘ davlatining hududi, harbiy qudrati to‘g‘risida Si ma Szyan, Ban gu lar ma’lumot beradi. Qovunchi madaniyatiga oid Qang‘lar xo‘jaligi, madaniyati yaxshi o‘rganilgan. YA.G‘ulomov, YU.F.Buryakov, K.SHoniyozov, M.I.Filanovichlar tadqiqotlari juda ahamiyatli. Avestoda- Qanxa, Ptolemeyda Qang‘ar, SHoxnomada turklar deb nomlangan qabila, aslida saklar edi. Qang‘ aholisi ikki tilda –(so‘g‘diy va turkiy) so‘zlashuvchi qabila va elatlardan iborat. Mil.avv. III asrdan boshlab Sirdaryoning o‘rta oqimi rayonlarida turkiy tilda so‘zlashuvchi yangi etnos yuzaga kela boshladi. Milodiy eraning boshlariga kelganda bu yangi etnos son jihatidan ko‘payib qariyb ikki azim daryo tevarak- atrofini egallaydi, Qang‘ar elati bo‘lib, o‘zbek davlatchiligi tarixining boshlang‘ich kurtagi bo‘ladi. Qanqa uning poytaxti maydon- 150 ga. mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. YOzgi qarorgohi – O‘tror bo‘lgan. Milodiy V asr o‘rtalarida Qang‘ davlati parchalanib ketadi. Ular dastlab ko‘chmanchi chorvadorlar bo‘lishgan, ammo milodiy eraning boshlarida o‘troq hayotga o‘ta boshlaganlar.
Davon podsholigi. Qang‘ davlatiga qaraganda Xitoy manbalarida Davon davlati haqida ma’lumotlar ko‘proq Si ma Szyanning ma’lumoticha Davon Xan davlatidan 10 000 (576 metr – 1li) masofada G‘arbiy tomonda joylashgan. Davonliklar o‘troq hayot kechirishgan. 70 – dan ortiq shaharlari bor. Asl tulpor otlari bor. Ershi poytaxti – (Migtepa, eski Axsiket (A.Anorboev)). Davlat tepasida xukmdor yonida ikkita yordamchi, oqsoqollar kengashi faoliyat ko‘rsatgan. Mil.avv 104 yili, 2- marta 102 yili Xitoyliklarning Davonga yurishi bo‘ladi. Ershini ololmasada, asl tulporlarni olib ketishadilar.
Daxya. Mil. avv II-Iasrlarda Toxariston davlati bo‘ladi. Ko‘chmanchi saklarning Da- yuechji qabila uyushmasi YUnon- Baqtriya davlatini ag‘darib, siyosiy hokimiyatni egallashdilar. Toxarlar davlati aholisi millionga etadi, poytaxti Lanshi. SHaxarlari ko‘p, bozorlari ko‘p. Kushon podsholigi gullagan davri Kanishka davriga to‘g‘ri keladi. (mil.avv. 78 - 123 yillar). Rim bilan iqtisodiy, savdo – aloqlarini yo‘lga qo‘yadi. Troyan ustunlarining bo‘rtma bezaklarida Kushon elchilari tasvirlari bor.
YUqorida zikr etilgan ma’lumotlar O‘rta Osiyo qadimgi xalqlari tarixi borasida manbalar hisoblanadi.
O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari haqida maxalliy yozma manbalar baxtariy, so‘g‘diy, qadimgi Turkiy, “Noma’lum yozuv” deb ataluvchi yozuvlar hisoblanadi. Bu yozuv namunalari –Eski Nisadan topilgan podsho arxivi, Tuproq qal’adan Xorazm podsholarining arxivi, Mug‘qal’adan topilgan so‘nggi yozuvlar, Baqtriyadan topilgan ibodatxona xujjatlari hisoblanadi. SHuningdek, Qadimgi Dunxuandan topilgan Samarqandliklariga tegishli oilaviy xatlar, Afrosiyobdan topilgan savdo qarz tilxati, elchillik nomalari, tangalardagi yozuvlar namunalari ham bor.
YOzuvning 5- ming yillik tarixi bo‘lib, Misrda (suratli ierogiflar yozuvi), SHumerda so‘z va bo‘g‘inlarni ifoda etuvchi mixxatlar. Mil.avv. II ming yillik o‘rtalaridan savdo rivojlanib boradi va yozuvga extiyoj, talab oshadi. Mil.avv. XIII- XII asrda bo‘g‘inlab o‘qishga mo‘ljallangan mixxat yozuvlaridan foydalanib,finikiyaliklar yozuv ixtiro qilishdilar. Bu yozuv 1-marta inson nutqi ayrim tovushlardan iborat ekanligi va uni xarf-belgilar orqali ifodalashni isbotladi.(faqat unli belgilar yo‘q (kvazialfavit)). Mil.avv X-VII asrlarda finikiyaliklar asosida oromiy yozuvi ajralib chiqdi (oromiy tili doirasida –bular axamoniylar bitiklari). Oromiy yozuvi asosida parfiya , xorazmiy, baqtariy, so‘g‘diy yozuvlari paydo bo‘lgan. (22-ta harf-belgi asosida). Panjikent saroy harobasidan topilgan taxtacha yozuvida 23-ta harf belgi mavjud.
YUnonlar Finikiya yozuviga asoslanib ulardan farq qiladigan o‘z alifbosini ishlab chiqishgan.YUnon alifbosi 25-ta harfdan iborat, unli harflari ham bor.YUnon yozuvi asosida rimliklarning lotin alifbosi ishlab chiqilgan.
So‘g‘d yozuvi asosida qadimgi Turkiy yozuvi paydo bo‘lgan. Undan, uyg‘ur, mo‘g‘ul, manjur yozuvlari o‘sib chiqqan. Abu Rayxon Beruniy “O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida arablar bosqini davrida qadimgi yozuv namunalari butunlay yo‘q qilingan deb yozadi. YOzuv namunalari arxeologik qazilmalar paytida axyonda topilgan.

Download 26,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish