MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
1.O`rta mahsus kasb hunar ta`limidagi tayyorlov yo`nalishlari?
2.Kasblar va ihtisosliklar tasniflagichi?
3.O`qtuvchining shahsi, fan o`qituvchilari, sinf rahbari, o`quv muassasasi psihologining vazifasi?. «AQLIY XUJUM» YUZASIDAN SAVOLLAR.
1. Ihtisoslik va mutahassislik o`rtasidagi farq?
2. Kasb tanlash bosqichlarining mazmuni?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. J. Ramizov, H.Hamidov. Melmat taTimi. 8-sinf uchun sinov darsligi. Toslikent. “0,qituvclli,,. 1998.
2. 01imov K,.T., O’zoarva L.P., Jalolova D.F. Kasb-hunar taTimida amaliy ko’nikmalarni o’rganish bosklchlari. "Kasbiy ta’lim muammolari" respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari. - Samarkand; 2003y. 72-6.
3. 01imov K,.T., Avliyoqulov N.X. Muammoli o’qitish texnologiyasi, "Kasbiy ta’lim muammolari" respublika ilmiy amaliy konferentsiyasi materiallari. -Samarkand: 2003. - 73-6.
6- Mavzu: Boshqa soha mutahassisliklar bilan tanishtirish.Maktabdan tashqari tashkilotlarga ekskursiyalarni tashkil qilish,ommaviy ahborotlarning ahamiyati.
R E J A:
1.O`quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash
2 Maktabdan tashqari ishlarning ahamiyati.
Tayanch so’z va iboralar:
o’quv muassasasi rahbari, o’quv ishlari bo’yicha rahbar o’rinbosari, tarbiyaviy ishlar bo’yicha rahbar o’rinbosari, sinf rahbari, maktabdan va sinfdan tashqari ishlar, kasbga oid tarbiya, maktab individual maslaxat, qiziqishlar qartotekasi, tavsifnoma.
Maktabda qiziqishlar bo’yicha o’tkaziladigan xilma – xil mashg’ulotlar orasida to’garak ishi alohida ahamiyat kasb etadi. Maktabda to’garaklarning asosiy ko’pchiligini mehnat ta’limi o’qituvchilari olib boradi. To’garak ishini tashkil etishda va o’tkazishda qo’yidagilarga e’tibor berish kerak:
- o’quvchilarning kasblarga yo’naltirish sohasiga qiziqishini aniqlash;
- o’quvchilarga maxsus kasblarga yo’naltirish sohasiga oid nazariy ma’lumotlarni berib borish;
- mashg’ulotlar davomida “Ustoz” va “Shogird” munosabatlari va muomala madaniyatini singdirib borish.
Bular ishlab-chiqarish – texnika to’garaklaridir. O’qituvchi bunday to’garaklarda o’quvchilarda ixtirochilik, konstruktorlik singari maxsus qobiliyatlari ijodiy rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatiga ega.
Mehnat ta’limi o’qituvchisi o’quvchi shaxsini o’rgangan chog’da kasbga yo’naltirish maqsadida kuyidagi qoidalarga: shaxs kamol topadigan konkret vaziyatda konkret jamoada shaxsning xulq-atvorini ko’zatish; faoliyat orqali shaxsni o’rganish; shaxsni qandaydir qotib qolgan narsa tariqasida emas, balki taraqqiyotda ko’rib chiqish; shaxsning vaqtincha psixologik holatini, o’rtoqlariga munosabatini hisobga olish kabi qoidalargик ҳолатини, ўртоқларига муносабатниарса тариқасида эмас, балки тараққиётда кўриб чиқиш топадиган коa amal qilish maqsadga muvofiqdir.
Mehnat ta’limi o’qituvchisining ishida psixologik diognostika katta o’rin ajaratiladi. Psixologik diognostika jarayonida u maktab, mahalla o’quv ishlab-chiqarish kombinati, kasb-hunar kollejlari kasb maslahatchisi bilan birgalikda har bir o’quvchining kelgusida kasbni tanlashi jarayonida shaxsiy xususiyatlarini aniqlashi mumkin.
Shunday qilib, mehnat ta’limi o’qituvchisi ishida qo’yidagi yo’nalishlarni;
- kasb maorif – o’quvchilarni mehnat faoliyati sohalari, xalq xo’jaligining ayrim tarmoqlari, kasblar va mutaxassisliklar bilan tanishtirish; йўналтириш ишини амалга оширишнинг умумий системсид______________
- psixologik pedagogik maslahat – mehnat faoliyatining turlari to’g’risida, o’quvchi xislatlari, bilimlar va mayillariga eng muvofiq bo’lgan kasblar va mutaxassisliklar haqida o’quvchiga gapirib berish;
- kasb tarbiyasi – o’quvchilarda u yoki bu kasbga nisbatan barqaror qiziqishlarni shakllantirish;
- amaliy kasbiy ko’nikish - mehnat faoliyatining turli sohalarida kuchlarni amaliy jihatdan sinabko’rish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- kasbga yo’naltirish maqsadida o’quvchining shaxsini o’rganish, mehnatga bo’lgan qiziqishlarni va kasbga qiziqishlarni shakllantirish kabi yo’nalishlarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Tajriba shuni ko’rsatadiki - o’quvchilarda kasbga bo’lgan barqaror qiziqish va qobiliyatini shakllantirish ishlari samaradorligini oshirish uchun:
- fan asoslarini o’qitishning, mehnat ta’limining va fakul’tativ mashg’ulotlarning fanlararo aloqalarini, davomiyligini, politexnik va kasblarga yo’naltirish (olti xil) yo’nalishini ro’yobga chiqarish;
- poltexnik ma’lumot, mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirishning o’quvchilar ijtimoiy foydali, unumli mehnati bilan o’zaro aloqasini ta’minlash;
- o’quvchilarning bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatli o’quv ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishlari;
- halq xo’jaligining turli sohalarida o’quvchilarning qiziqishini rivojlantirishga shaxsiy, tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish;
- o’quvchilarni kasbga yo’naltirish sohasida maktab o’qituvchilari bilan ishlab chiqarish jamoalarining birgalikda ish ko’rishi;
- sanoat qishloq xo’jalik kasblarini targ’ib qilish lozim.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish o’zviyligi mamlakatimizdagi yangi ta’lim tizimini isloh etishda o’z samarasini beradi. Har bir kasb-hunar kollejlari o’rtasida rakobatni yuzaga keltiradi. Qaysi kasb-hunar kollejining bitiruvchisi ko’proq ishga joylashsa yoki o’z mutaxassisligi buyicha oliy o’quv yurtlarida o’qishni davom ettirsa, shu kasb-hunar kollejining viloyat yoki respublika miqyosidagi reyting ko’rsatkichlari oshib borishga imkon yaratiladi. Shu bilan birga biz kelajak avlodni hayotda o’z urnini topishga, vatanimizning ravnaqini yanada oshirishga hissa qo’shgan bo’lamiz.
Меҳнат мазмунини қатор омиллар жумладан; касб хусусиятлари билан белгиланади. Касб махсус тайёргарликни тақазо этадиган меҳнат туридир. Корхоналарда турли касб эгалари меҳнат қиладилар. Уларнинг асосий энг кўп қисми ишчилардан иборат. Ишчиларнинг кўпчилиги корхонани асосий маҳсулотини тайёрлайдилар. Масалан: станокларда деталга ишлов берадилар (токарлар, фрезалар, автоматлинияларни операторлари ва бошқалар) буюмларни йиғадилар, созлайдилар (слесер йиғувчилар, радио аппаратини созловчилар ва бошқалар) булар асосий ишчилар ҳисобланади, яна бошқа ишчилар (ремончилар, электромонтёрлар, контриллар ва хоказа).
Асбоб анжомларга хизмат кўрсатиш.
Техникани ремонт қилиш, материал ва асбобларни иш ўринларига, тайёрланган деталларни йиғув цеҳларига келтириш, буюмларни сифатини текшириш ва бошқа ишлар билан шуғулланадилар. Улар маҳсулотларни тайёрлашда бевосита қатнашмайдилар, балки бунинг учун зарур шароитни яратадилар.
Асосий ишлаб чиқаришга хизмат кшрсатадилар. Корхонадаги маҳсулот ишлаб чиқариш жараёнларни техникавий бошқариш, машиналар, приборлар ва апаратларини янги турларини лойхалаш технологик жараённи ишлаб чиқиш каби ишларни муҳандис техник ҳодимлар технологлар, конструкторлар ва бошқа мутахасислар амалга оширади.
Корхоналарда ишчилар инженер ходимлардан ташқари хизматчилар (маъмурий идора ва хўжалик ишларини бошқарувчилар) корхонада турли касбларни ўрганадилар, шогирдлар кичик ёрдамчи ходимлар ҳам фаолият кўрсатади. Ишчи меҳнатнинг мазмуни унинг малакаси билан белгиланади.
Малака-киши бирор меҳнат фаолияти турига тайёргарлик даражси, маълум мураккабликдаги меҳнатни бажариш учун зарур билим ва кўникмалар мажмуи кўп касблардаги ишчиларни малака даражаси разряд билан белгиланади. Малака даражаси қанча юқори бўлса разряд ҳам шунча юқори бўлади.
Масалан умумтаълим мактабларида ишчи касблар бўйича 1-2 разряд, касб-ҳунар коллежларида 3-4 разряд, корхонада ишлаётган ўз малакасини ошириб ишчилар 5-6 разряд олишлари мумкин. Бир қанча касблар (ҳайдовчи ва бошқалар) учун малака даражаси класс билан белгиланади. Бундай ҳолда 1-класс малаканинг энг юқори даражаси ҳисобланади. Буларни аниқлаш учун махсус таъриф жадвал мавжуд бўлиб, уларда типавий ишлар рўйхати ҳолида у ёки бу даражада малакали мумахасисларни билим ва кўникмаларга қўйиладиган талаблар ифодаланган.
Разрядлар (класслар) тоифалар бериш, малака имтиҳонларни натижаларига қараб малака камиссияси тамонидан амалга оширилади.
Техник жиҳатдан қуролланганига кўра қўл меҳнати меҳанизатциялашган ва автоматлаштирилган меҳнат бир-биридан фарқланади.
Қўл меҳнати (масалан; қўл билан бажариладиган) ортиш, тушириш, транспорт ишлари, жиҳозларни ремонт қилиш ва созлаш қўлда йиғиш ва ҳоказоларда қўл асбобларидан фойдаланилади. Меҳанизатциялашган меҳнат (масалан; қўл ёки меҳаник, узатмали станокда ишлов бериш автаматлашни, экскаватори бошқариш ва ҳоказо) қўлда бошқариладиган машиналарни қўллашни тақазо этади.
Касб-махсус тайёргарлик ва иш тажрибаси натижасида маълум бир соҳада касбий фаолиятни амалга ошириш учун назарий билимлар мажмуасини, амалий кўникма ва малакаларни эгаллаган, унга жисмоний имконият, ақлий қобилият ва юридик ҳуқуқларни таъминловчи инсоний меҳнат фаолиятининг (машғулотининг) туридир.
Do'stlaringiz bilan baham: |