Mehnat ta’limi darslarida "Kasblar tasnifini, Kasblarda mehnat turlarining ta’rifi" ta’lim texnologiyalari asosida o’qitish mehnat jarayoni sifatida qaralsa, texnologik bilim va ko’nikmalar egallash kasbiy ko’nikmalarga moslashuv va mehnat tarbiyasi kabi omillarni ham o’z ichiga ehtiyojiga muvofiq texnologik bilim va ko’nikmalar egallash va kasb tanlashni o’rganish bu asosan bilim, mahorat oladi.Bir qator tushunchalar kabi texnologiya va dizayn yo’nalishi kasb tanlashga yo’llash bo’limini 8-sinfda o’qitish tushunchasi ham o’zgarishsiz qotib qolishi mumkin emas. Mehnat tadimi darslarida "Kasblar tasnifini, Kasblarda mehnat turlarining ta’rifi" ta’lim texnologiyalari asosida o’qitish mohiyati haqida, umuman olganda shakli, uslubi, vazifasi va maqsadi haqida tasawur o’zgarishi bilan texnologiya va dizayn yo’nalishi kasb tanlashga yo’llash bodimini 8-sinfda o’qitish -ham rivojlanib boradi. Bu tushunchaning o’zgarib borishi mavjud ta’riflarda ham o’z ifodasini topadi. Bu ta’riflarni har biri texnologiya va dizayn yo’nalishi kasb tanlashga yo’llash boMimini 8-sinfda o’qitishning u yoki bu qirralarini, ya’ni funktsiyasini ajratib ko’rsatish amaliy yoki nazariy rivojlanishi darajasini belgilash, pedagogika yoki psixologiya pozitsiyasidan qarash, boshqarish nazariyasi va shu kabilami yoritishda ajralib turadi. Mehnat ta’limi darslarida Kasblar tasnitini, Kasblarda mehnat turlarining ta’rifi mashg’ulotlarni samarali tashkil etish bo’yicha tavsiyalar.Kasb tanlashga yo’llash butun pedogoglar kollektivi tomonidan xal etiladigan umummaktab vazifasi xisoblanadi. SHu bilan birga, bu ishda mehnat taMimi aloxida o’rinni egallashini esdan chiqarmaslik kerak. Bunga sabab shuki, mehnat taMimining mazmuniga qator kasblar bilan uzviy ravishda tanishtirish kirishtirib yuboriladi va bu tanishtirish faqat nazariy jixatdangina emas, amaliy jixatdan xam olib boriladi. Madumki, kasb to’g’risida tasawur ana shunday tarzda berilgandagina u xaqda to’liq tasawurga ega bo’lish mumkin bo’ladi.
Kasb tanlashga yo’llash ishi butun mehnat tadimi davomida olib boriladigan, lekin uning vazifalari o’zining turli bosqichlarida o’zgarib turadi.
VII sinflarda asosan kasb xaqida madumot beriladi. O’quvchilar qanday ommaviy ishchi kasblar borligi bilan tanishadilar. Bu kasblarning elementlari o’quvchilaming ustaxonadagi faoliyati mazmunini tashkil etadi. Bu xol o’qitishning shu davrida o’quvchilarni umumtexnikik tayyorlash vazifasiga tula mos keladi.sinfda va ayniqsa, VII sinfda kasb to’g’risida maMumot berish bilan bir qatorda kasbiy tarbiyalash ishlari xam olib boriladi. Bunga sabab shuki, VII sinfni bitirish arafasida o’quvchilar bo’lg’usi mehnat tayyorgarlikning profili (yo’nalishi)ni tanlab olishlari zarur. Xar bir profil ko’plab ommaviy ishchi kasblami o’z ichiga oladi. Bular ustaxonadagi mashg’ulotlarning mazmuni bilan izchil aloqada bo’lgan kasblar bo lishi (masalan, metallga ishlov berishga va yog’ochga ishlov berishga oid kasblar) yoki ular bilan xech qanday aloqador bo’lmagan kasblar (chunonchi, suvoqchilik, bo’yoqchilik va shu kabi qurilish kasblari) bo’ lishi mumkin.Mehnat tayyorgarligining profilini tanlashda ko’pincha munozarali vaziyatlar vujudga kelib,bu munozarada o’quvchilarning ota-onalari xam ishtirok etadi.
Kasb tanlashga yo’ llash ishini olib borishda maktabning real ish sharoitlarini xisobga olish darkor. Mamlakatimiz turli rayonlarining ishlab chiqarish bazasi bir xilda emas. Masalan, agar gap Qora dengizga, ya’ni kurort zonaga yakin joylashgan shaxar xaqida boradigan bo’lsa, o’quvchilaming ko’pchilik qismi kelgusida axoliga xizmat ko’rsatish soxasida ishlash kerakligini e’tiborga olishga to’g’ri keladi. Rayon ekonomikasi mehnat bilan ta’min1ash imkoniyatlarini ko’p jixatdan belgilab beradi. Biroq insonning individual xususiyatlari xam, odatda, qator kasb talablariga javob beradi, o’quvchilarning qiziqishlarini esa shakllantirish mumkin.
Shunday qilib, kasb tanlashga yo’llash ishini davlatning u yoki kasbga bo’lgan extiyojlarini xisobga olgan xolda va o’quvchilaming qiziqishlari xamda ishtiyoqlarini e’tiborga olgan xolda olib borish mumkin.
Kasb tanlashga yo’llash ishida VIII-IX sinflarida aloxida o’rinni egallaydi. Bunda bir tamondan kasb tanlashga yo’llash ishi bevosita mehnat darslarida davom etib, o’quvchilar o’zlari tanlagan mehnat tayyorgarligi profili tarkibiga kimvchi kasblar to’g’risida tasavvur olishadi, ya’ni kasbga intilish go’yo «torayib boradi». Boshqa tomondan esa «Ishlab chiqarish asoslari», «Kasb tanlash» maxsus predmetlami o’rganish jarayonida o’quvchiilani xalq xo’jaligining asosiy kasblari va ixtisosliklari bilan tanishtirish yuzasidan sistemaga solingan kasb tanlashga yo’llash ishi boshlanadi. Mazkur predmetda mehnat darslarida, fan asoslari o’rganiladigan darslarda o’quvchilar kasblar to’g’risida olgan bilimlari umumlashtiriladi
“Kasb tanlashga yo’llash”fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Kasbga yunaltiruvchi mutaxassisning faoliyati maktabning amaliyotchi psixologi faoliyat bilan bog’langan holda tashkil etilishi lozim. Maktab amaliyotchi psixologik metodika, surovnoma va qo’llanmalarni o’tkazish asosida ularning nimalarga qiziqish, nimalarga moyilligi va nimalarga layoqati borligini aniqlaydi va o’quvchining «Tashxis xaritasi»ga yozib quyadi.
Kasb-hunarga yunaltiruvchi mutaxassis o’quvchilarning «Tashxis xaritasi»dagi mavjud yozuvlar bilan tanishganidan sung aniqlangan qiziqish, moyillik va loqaydlar asosida ularni kasb va hunarlarga yo’naltirish kasb va hunarlar haqida ma’lumot berish va mazkur kasb va hunarlarning tasniflari bilan tanishtirish, bu kasb va hunarni qayerlarda egallash mumkinligi va boshqa ma’lumotlar bilan tanishtiradi.
Bu ishlar individual ravishda yoki qiziqishi moyilligi va layoqatlari mushtarak bo’lgan o’quvchilar guruhi bilan o’tkazilishi mumkin. Yuqorida aytilgan ma’lumotlar bilan tanishgandan sung o’quvchining qalbida o’z tasavvuridagi kasblardan biriga nisbatan iliqlik, moyillik keyinchalik va qiziqish paydo bo’ladi. Bu qiziqish vaqtlar utgan sayin O’quvchi ulgaygan sayin aniqlashib, nihoyat reallikka ya’ni, uning qalbiga yoqqan kasbini o’quvchi tomonidan tanlanishiga olib keladi.
Yuqorida aytib o’tilgan tadbirlar o’quvchining aniq bir kasbini tanlashini ta’minlashda to’liq kafolat bo’lla olmaydi. O’quvchi shu kasbini o’z ko’zi bilan ko’rishi, uning ish sharoitlari bilan tanishishi, shu kasb egalari bilan uchrashishi kabi boshqa tadbirlarda ishtirok etishi lozim bo’ladi.
Maktab kasb-hunarga yunaltiruvchi mutaxassis tomonidan o’quvchilarni kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, kasblar haqidagi ma’lumotlarni tuliqroq anglab yetishi shuningdek, ularning kasb tanlashlardagi reallikni vujudga keltirish maqsadida:
1. Maktabda ilg’or kasb egalari, kasb faxriylari, kasb sulolalari bilan uchrashuvlar;
2. Davra suhbatlari;
3. Kechalar;
4. Ma’ro’zalar tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ushbu tadbirlar o’quvchining shu kasbga bo’lgan qiziqishini yanada qattiylashishini vujudga keltiradi. O’quvchi o’zi qiziqqan kasbi haqida albatta, o’z ota-onasiga aytishi tabiiydir. Bu maqsadda ota-onalar bilan o’z farzandini kasbiy qiziqishini aniqlaydigan suhbat, surovnomalar o’tkazilishi foydalidir.
Kasb-hunarga yunaltiruvchi mutaxassis maktab o’quvchilarining kasbga bo’lgan qiziqishi va moyilliklarini yanada rivojlantirish maqsadida xududdagi mavjud bo’lgan korxona, tashkilot va muassasalarga rivojlantiruvchi ekskursiyalar uyushtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’quvchi 9-sinfga borganidan yakuniy psixolog-pedagog va kasbiy tashxisidan o’tkazilib, uning «Tashxis xaritasi» asosida aniqlangan qiziqishi, moyillik va layoqadlar tizimi tahlil etilib, O’quvchining eng sunggi kasbiy yunalishi aniqlanadi va maktabda tashkil etilgan tavsiyanomalar berish bo’yicha xududiy komissiya qaroriga asosan o’quvchiga akademik lisey yoki kasb-hunar kollejlariga yunaltiruvchi tavsiyanoma beriladi. Maktabda tashkil etilgan xududiy komissiyaning raisi maktab direktorii hisoblanadi. Komissiya tarkibiga maktab direktorining ma’naviy ishlari bo’yicha o’rinbosari, maktab kasb – hunarga yo’naltiruvchi mutaxassisi, bitiruvchi sinflarning sinf rahbalari, ota-onalar qo’mitasi, xududiy urta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari vakillari keltirilishi mumkin. Komissiya maktabdagi barcha bitiruvchi 9-sinf o’quvchilariga tavsiyanomalarni berib bo’lgandan sung, xududiy komissiyalar faoliyat to’g’risidagi yuriqnomada ko’rsatilgan hisobot shakli asosida tuman (shahar) tashxis Markaziga yunalishlari kesimida ma’lumot beradi.
Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligining urta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi va uning xududiy boshqarmalari kasb-hunarga yo’naltirish jarayonida o’zining alohida urnini topib olishi lozim. Amaldagi mavjud bo’lgan va ya’ni paydo bo’layotgan tayyorlov yunalishlari, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari, ularning xududiy joylashi, tayyorlov yunalishlari va kasb-hunarlar, ularning mamlakat iqtisodiyotidagi urni. Har xil kasb yoki mehnat faoliyatining o’ziga xos jozibasi va nufo’zi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tashxis Markazlarini, eng muximi har bir maktabni qurollantirib borishi lozim.
Xududlardagi mehnat bozori, kasb-hunarlarga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish jarayoni yo’lga quyilishi lozim, bu yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirishda va mamlakat mehnat bozoriga malakali mutaxassislar yetkazib berishda nihoyatda muhimdir.
Bundan tashqari, urta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’zlarining ta’lim xizmatlari marketingini tashkil qilishi va umumta’lim maktablari o’quvchilari bilan tegishli targ’ibot ishlarini yulga qo’yishi, kasbga yo’naltirish xonalarini jihozlashga amaliy yordam kursatishi lozim.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda maktab, kasb-hunar kollejlari, mahalla fuqarolari yig’inlarining o’zaro hamjihatligi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Kasbga yunaltiruvchi mutaxassis maktab ma’muriyati bilan birgalikda noan’anaviy sayohat darslarini tashkil etib o’quvchilarni har xil sohaviy kollej, korxona, faoliyati, yunalishi va hayoti bilan tanishtirishi, u yerda ilg’or ishchilar bilan har xil mavzularda uchrashuvlar o’tkazishlari lozim.
Kasbga yo’naltiruvchi mutaxassisi, psixolog va fan o’qituvchilari o’zviy muloqotda ish olib borishlari talabga muvofiqdir. Masalan: mehnat ta’limi darsida o’quvchi o’zi qiziqadigan yoki layoqati bor kasbini to’la namoyon eta oladi, hamda u dars davomida «Duradgorlik», «Pazandachilik va oshpazlik», «Tikuvchilik va bichuvchi», «Avtochilangarlik» shuningdek, matematika darsidan hisobchi, ona tili va odobnoma darsida «tarbiyachi-muallim pedagog» kasbiga moyilligi borligini ko’ramiz. Ayni vaqtda shu dars muallimi sinf rahbari o’quvchiga kasb madaniyati bilan birga tashxis berib borishi kerak.
Maktab ota-onalar yig’ilishi kasb-hunar kollejlari, akademik lisey xodimlar bilan birgalikda olib borishlari maqsadga muvofiq. Chunki, o’quvchi ota-onasi hamkorligida kasblar haqida axborot oladi va uni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Oiladagi o’zaro hamkorlik tula holda kasbni tanlash imkoniyatini yaratib bersagina shunda o’quvchida kasb moyilliga paydo bo’ladi.
Bu o’quvchilarni qiziqqan yo’nalishi va kasbi bo’yicha o’qishga qabul qilganimizda, mahala fuqarolari yig’ini tomonidan ma’lumotnoma olamiz, shuning uchun o’quvchi maktabni tamomlab, qaysi kasb – hunar yoki akademik liseyda o’qishni davom ettirganligi haqida ma’lumot mahala fuqarolar yig’inida ham saqlash maqsadga muvofiqdir.
Kasb-hunar kollejiga qabul qilingan o’quvchiga kasbini o’rgatish, izlanuvchanlik va ijodkorligini orttirish, kollejning muhandis pedagoglar zimmasida bo’lib, ular o’zlarining kasb- hunar mahoratlarini o’qituvchiga tula namoyon eta olishi kerak. O’quvchilarning kasb- hunarga kollejlarini tamomlagach, korxonalarga ishga joylashishi yoki oliygoh bakalavrga kirib o’qishni davom ettirishlari dolzarb masala hisoblanadi. Demak kollejning muhandis pedagolari xududiy mehnat birjalari va oliygox ma’muriyatlari bilan o’zviy aloqada bo’lishi talab etiladi. Kasbga yo’naltirish ishini amalga oshirishning umumiy sistemasida maktab sistemasi dastlabki bosqich hisoblanadi. Kasbga yo’naltirish ishida maktab sistemasining vazifalari:
- shaxsning yuksak ma’naviy – ahloqiy fazilatlariga ega bo’lgan fuqarolarni tarbiyalashdan;
- politexnik va boshlang’ich kasbiy malakalarning muayyan sistemasini egallagan bo’lg’usi malakali mutaxassisni tayyorlashdan;
- ham shaxsiy mehnat, ham jamoa mehnati muayyan tashkilotchilik malakalarini shakllantirishdan iborat.
O’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash – butun pedagoglar jamoasining, ota – onalar, mahalla, jamoatning ko’p yillik ta’lim – tarbiya ishidir. Yoshlarni kasbiy ma’naviy – jihatdan mehnat faoliyatiga tayyorlashga shaxsni har tomonlama kamol toptirishning o’zaro bog’liq jarayoni deb qaraladi, bu jarayonda qiziqish, qobiliyat milliylik, ehtiyoj va e’tiqodlarni o’smirning shaxsi harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi (5 shakl) da ifodalangan.
Qobiliyat va qiziqishlarni shakllantirishning politexnik asoslari va maktab yoshlari boshlang’ich ishlab chiqarish tayyorgarligini kengaytirish bilan uzviy bog’liq bo’lishi ishchi kasblarini egallashga yo’naltirishning hal qiluvchi shartidir.
Mehnat tarbiyasi jarayoni birmuncha ilk bosqichda amalga oshirilgan taqdirda bunga erishiladi.
O’rta va yuqori bosqich ta’limida davomiylik shu holda ifodalanadiki o’quvchilar muntazam tamoyil asosida tuzilgan yagona dasturlar bo’yicha ishlaydilar. Bunday dasturlar asta-sekin murakkablashtirilib borishni, bilim, ko’nikma va malakalarni, mehnatning muayyan usullarini egallashni ta’minlaydi.
Ta’lim va kasbga yo’naltirish bilan qo’shilgan unumli mehnatda muntazam qatnashish eng ko’p pedagogik samara beradi.
Maktabda kasbga yo’naltirish sohasidagi hamma ishlarning bir-biriga muvofiqlashtirilishini ta’minlash maqsadida maktab direktori raisligida kasbga yo’naltiruvchi kengash tuziladi.
Kengash tartibiga maktab direktorining tarbiyaviy ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha muovini, kasbga yo’naltiruvchi o’quv-metodik kabenit mudiri, mehnat ta’limi, o’quvchilarning ijtimoiy-foydali, unumli mehnatni kasbga yo’naltiruvchi o’qituvchi yoki tashkilotchi, bitiruvchi sinflarning sinf rahbari, maktab kutubxonachisi, maktab o’quvchilar tashkilotning vakillari, maktab vrachi, ota-onalar qo’mitasining a’zolari, bazaviy korxona vakillari kiradi.
Kasbga yo’naltiruvchi kengashning ish rejasini maktabdagi kasb-hunarga yo’naltirish komissiya kengashi ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi, ya’ni; - o’tkaziladigan pedagogik kengash;
maktab rahbari huzuridagi kengash;
kasb-hunarga yo’naltirish komissiya tarkibini tasdiqlash;
komissiya a’zolarining vazifalari;
berilgan vazifalarning bajarilish muddati;
Do'stlaringiz bilan baham: |