O’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mustahkamlash uchun savollar



Download 6,66 Mb.
bet21/136
Sana14.04.2022
Hajmi6,66 Mb.
#551160
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   136
Bog'liq
KHY 3 kurs-2021majmua

Mustahkamlash uchun savollar:
1. Kasbga yo’naltirish ishida iqtisodiy muammolarning ahamiyati.
2. O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limini boshqarish va nazorat qilish.
3. Hozirgi fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yosh avlodni jamiyat barpo etishdagi o`rni?


5.Modul.Kasb hunarga yo`naltirish ishining maktab tizimi Kasb hunarga yo`naltirish ishlari mazmuni va ahamiyati
5-Mavzu: Sinf rahbarining kasb tanlashdagi o`rni. kasb hunarga yo`naltirishdagi o`rni. Kasb hunarga yo`naitirish komissiyalarini tashkil qilish; o’qituvchilar bilan ishlash,ota-onalar bilan ishlash. Kasblar xarakteristikasi – professiogramma. Kasb hunarga yo`naltirish ishlariga qo`yiladigan talablar,maktabda mehnat ta`limi darslarida kasb hunarga yo`naltirish.
R E J A:
1.Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining ta’rifi nazariy asoslari
2.Mehnat ta`limi darslarini pedagogik texnologiya asosida tashkil etish


TAYANCH IBORALAR:
Tayanch iboralar: texnologiya, ususl, loyiha
Ihtisoslik, kasb,o`rta mahsus
Kasb to`g`risidagi eng muxim manbalardan biri professiogramma xisoblanadi.Professiogramma kasbga berilgan xarak­teristika bulib, usha kasb odamning shaxeiy fazilatlari: akliy, psixologik, jismonii va boshka fazilatlariga kuyadigan asosiy talablarni o`z ichiga oladi.
Barcha professiogrammalar taxminan kuyidagicha sxema asosi da tuziladi:
kabning nomi;
kabning xalk. xujaligidagi axamiyati va urni; mexnatning turi: kul mexnati, mexanizatsiyalashtirilgan, av- tomatlashtirilgan mexnat;
mexnat predmeti va maxsuloti;
ish bajarish uchun zarur bulgan bilim va maxorat; ish sharoitlari, ish joyi;
mexnat rejimi (smenalilik, bir xillik va shu kabilar) va dam olish rejimi;
kabning soglikka tugri kelmasligi xakida meditsina xulosasi shaxsning irodaviy, ishchanlik va boshka fazilatlariga kuyiladigan talablar

Xar bir usmir uz mexnat yuli kanday boshlanishi tugrisida uylar ekan, uzi uchun muljallanayotgan kasbning professiogram- masini tuzib chikishi foydali buladi. Bunday ish unga uzining bulajak kasbi tugrisida kuprok narsalarni bilib olish, usha kasbga uzining kasb jixatidan kay darajada mos kelishini baxo- lash imkonini beradi. Professiogramma tuzish siz uzingizda shakllantirishni yoki rivojlantirishni zarur deb xysoblayotgan kasb jixatidan muxim sifatlarni belgilab olishga yordam beradi (ular professional planga asos kilib olinmogi kerak). Profes­siogramma tuzayotgan vaktda «Mir professiy» («Kasblar olami») ensiklopediyasidan olingan makolalardan, xar xil spravochnik nashrlaridan foydalanish mumkin. Amaliy xarakterdagi ba’zi bir ma’lumoglarni baza korxonasi mutaxassislari bnlan yoki profkonsultant bilan utkaziladigan suxbatlardan olish mum­kin.


O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar davlatimizning istiqbolini taminlovchi asosiy omillardan biri sifatida jahon ommasi tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘z navbatida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qimmati unda har bir shaxsni jamiyat ehtiyojiga javob beruvchi kasb egasi qilib tarbiyalashga asosiy etibor qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu asosda o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash ishlarining samarali yo‘lga qo‘yilishi ta’lim islohotlari muvaffaqiyatini taminlovchi muhim omil vazifasini o‘taydi.
Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim modelimizning asosiy g‘oyasi va mazmuni «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘z ifodasini topgan.
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari oldiga o‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash bo‘yicha qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasini bajarishda mehnat ta’limi o‘qituvchisining roli beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish uchun mehnat ta’limi o‘qituvchisidan o‘z kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini, kasbiy mahoratini takomillashtirishni hamda dinamik ravishda rivojlanib borayotgan pedagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari bo‘yicha mukammal bilimlar, ko‘nikmalarni egallashni taqozo etadi.
Kasb-hunarga yo’llash bo’yicha olib boriladigan ishlarning barcha shakl va metodlari o’quvchilarning maqsadli ravishda kasb tanlashlariga xizmat qilishi lozimdir.
Maktabda kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini yo’lga qo’yishda an’anaviy amaliy mashg’ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogik o’yin, konferensiya, mustaqil fikrlar, mahalla, ishlab chiqarish korxonalarining jamoalari bilan birgalikda o’tkaziladigan tadbirlar kabi innovasion pedagogik texnologiya elementlaridan unumli foydalanish tavsiya etiladi.
Umumiy o’rta ta’lim davlat standartlariga asosan maktabda kasbga yo’naltirish bo’yicha mashg’ulotlar 8-9 sinflarda amalga oshiriladi. 8-sinfda kasblar haqida “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichi” asosida axborot berish davom ettirilishi bilan bir qatorda o’quvchilarga kasb egallash yo’llari, kasb tanlashda tibbiy nomuvofiqliklar, kasbga yaroqlilik va hakozolar tushunchalari berib boriladi.
Maktabda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish birgina mehnat ta’limi o’qituvchisining ishi emas, balki butun maktab jamoasining, mahalla, ota-onalar, jamoatchilikning birgalikdagi ishidir. Maktabda fan o’qituvchilari mavzuni yoritish jarayonida kasblar bilan bog’lab o’tishsa, maktab psixologi va rahbariyati o’quvchilarning individual qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishsagina o’quvchilarga kasb tanlashlarida ko’mak bergan bo’lishadi. SHu bilan birga takrorlash zarurki, o’qituvchilar O’zbekiston Respublikasida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi o’quvchi yoshlarni va aholini kasb-hunarga yo’naltirish tizimini takomillashtirish – ish o’rinlarini bo’shab qolish jarayonlari jadallashadigan va ishchilarning malakalariga qo’yiladigan sifat talablari oshib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Aholini rasional va samarali bandligini ta’minlashdagi kasb-hunarga yo’naltirishning asosiy roli shundan iboratki, yoshlar va aholi tomonidan kasbning ongli va ilmiy asoslangan tanlovi ularni mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishishda zamin yaratadi, iqtisodiyot sohalaridagi kasb-hunarga bo’lgan mavjud ehtiyojlarni hisobga olgan holda mehnat resurslarini oqilona taqsimlaydi hamda insonlarning ish qidirish, ta’lim va kasbiy faoliyat turini tanlashlaridagi zo’riqish holatlarini oldini olishga yordam beradi.

Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish