Fan mashg’ulotlarining mazmuni. ASOSIY QISM. ODAM GENETIKASINI RIVOJLANISH TARIXI, YUTUQLARI VA O`RGANISH USULLARI.
(Nazariy) O`quvchi bilishi kerak: • Genetika fanining irsiyat va o`zgaruvchanlik haqidagi fan ekanligini;
• Genetikaning rivojlanish tarixi va bosqichlarini;
• Odam genetikasi -genetikaning yetakchi tarmog`i ekanligini, o`rganish usullarini;
• Odam genetikasining pedagogikada tutgan o`rnini;
• Mamlakatimizda genetikani rivojlanishiga hissa qo`shgan olimlar va ularning qilgan ishlarini.
O`quv axborot mazmuni. Genetika - tushunchasi.Genetikani boshqa fanlar orasidagi o`rni. Genetika irsiyat va o`zgaruvchanlik qonuniyatlarini o`rganadigan fan. Irsiyat va o`zgaruvchanlik barcha tirik organizmlarning, shu jumladan odamning umumbiologik xususiyati ekanligi.
Genetikaning rivojlanish tarixi (klassik genetika davri, neoklassistizim davri, sintetik genetika davri) va tarmoqlari.
Odam genetikasining rivojlanish tarixi, yutuqlari va o`rganish usullari. Pedagogika kollejlari o`quvchilarini tayyorlashda odam genetikasi fanining o`rni.Mamlakatimizda genetikaning rivojlanishiga o`z hissasini qo`shgan olimlar, ularning ishlari va yutuqlari.
IRSIYATNING SITOLOGIK ASOSLARI (Nazariy)
O`quvchi bilishi kerak: • Hujayraning tuzilishi va funksiyalarini;
• Xromosomalarning hujayrada joylashgan o`rni va tuzilishini;
• Mitoz siklida xromosomalarni dinamik o`zgarishini;
• Mitozning biologik ahamiyatini;
• Meyoz siklida xromosomalarni dinamik o`zgarishini;
• Konyugatsiya va krossingoverning mohiyatlarini;
• Meyozning biologik ahamiyatini;
• Meyozdagi xatoliklar oqibatini.
O`quv axborot mazmuni. Hujayra tirik materiyaning asosiy yashash shaklidir.Hujayraning tuzilishi va funksiyasi. Ko`p hujayrali organizmlardagi o`zak va maxsus hujayralar. O`zak va maxsus (ixtisoslashgan) hujayralarning asosiy hususiyatlari.
Yadroning tuzilishi, unda xromosomalarning joylanishi. Xromosomaning tuzilishi va funksiyasi. Xromosomalarning bo`yalish xususiyati va uni odam kariotipini aniqlashdagi ahamiyati. Odam kariotipi va idiogrammasi.
Hujayra sikli.Hujayraning asosiy bo`linish usullari: amitoz, mitoz va meyoz. Hujayraning mitotik siklida xromosomalarni dinamik o`zgarishi.Mitozning biologik ahamiyati.
Meyoz - jinsiy hujayralarning hosil bo`lish usuli. Spermatogenez va ovogenez, ularning biologik ahamiyati. Meyoz davrida xromosomalarda sodir bo`ladigan o`zgarishlar. Meyozning biologik ahamiyati. Meyoz fazalarida xromosomalarda sodir bo`ladigan xatoliklar va ularning oqibatlari. Qirqdan oshgan ayollarda meyoz fazalaridagi xatoliklarning (chastotasining) ko`payishi.
IRSIYATNING BIOKIMYOVIY ASOSLARI.
(Nazariy) O`quvchi bilishi kerak: • Nuklein kislotalar va ularning xillarini. Nuklein kislotalarni irsiyatda tutgan o`rnini;
• Oqsil sintezida ishtirok etuvchi aminokislotalar nomini;
• DNK replikastiyasi va uning ahamiyatini. DNK replikastiyasida fermentlarning ahamiyatini;
• Genlarning tuzilishini. Genetik kod va uning ahamiyatini. :
O`quvchi bajarishi kerak. • Nuklein kislotalarning tuzilishi bo`yicha masalalar yecha olishi;
• Oqsil biosinteziga tegishli masalalarni yecha olishi;
• Masalalar yechishda genetik kodni ishlata olishni.
O`quv axborot mazmuni. Irsiyatning molekulyar asoslari va ularning kimyoviy tarkibi, strukturasini o`rganishdagi kashfiyotlar.
Nuklein kislotalar. Ularning kimyoviy tuzilishi, xillari va vazifalari. Nuklein kislotalarning irsiyatda tutgan o`rni. DNK replikastiyasi va uning irsiyatdagi ahamiyati. Oqsil sintezida ishtirok etuvchi aminokislotalar. DNK ning ikki hissa oshish jarayonida fermentlar (DNK - polimeraza, RNK - polimeraza, endonukleaza va DNK - ligazalar).
Genlarning tuzilishi va genetik axborot. Hujayrada irsiy axborotni replikastiyasi, transkripstiyasi va translyatsiyasi. Genetik kod va uning ahamiyati.
Nuklein kislotalarning tuzilishi, soni bo`yicha masalalarni yechish. DNK ning ikki hissa oshishi, oqsil biosinteziga tegishli masalalarni yechish.Oqsil biosintezi bosqichlarini o`rganish.Masalalar yechishda genetik koddan foydalanish.
* Mustaqil ish: Nuklein kislotalar.Oqsil biosintezi va gen uzunligini topish bo`yicha masalalarni yechish. Tranlyatsiya va genini kodlash bo`yicha masalalarni yechish.