O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB–HUNAR TA’LIMI MARKAZI
«MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYACHISI»
kasbi bo’yicha
O’QUV DASTURLARI TO’PLAMI
Tayyorlov yo’nalishi:
|
Maktabgacha ta’lim
|
|
|
Kodi: 3141700
|
|
|
|
Каsbi:
|
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi
|
|
|
Kodi: 3141701
|
|
|
|
Ixtisosliklari:
| 1. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi |
| |
| 2. Ixtisoslashtirilgan bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi |
| |
| 3. Oilaviy tarbiyachi |
Toshkent -2012
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB–HUNAR TA’LIMI MARKAZI
Ro’yxatga olindi
№ KMD 3141701-2.01
2012 yil 15 аvgust
|
|
Vazirlikning 2012 yil
15 avgustdagi 332-1-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan
|
MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGIKASI
FANIDAN O’QUV DASTURI
Fan dasturlari Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil 24 iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Fan dasturi Toshkent pedagogika kollejida ishlab chiqildi bilim sohasi bo’yicha sho’ba kelishuvidan o’tkazildi (16.07.2012 y. № 1 sonli).
Tuzuvchilar:
|
Tadjieva Muxabbat Xaydaraliyevna
|
–
|
Toshkent pedagogika kolleji direktori, pedagogika fanlari nomzodi
|
|
|
|
|
|
Abdullaeva Guli Bahodirovna
|
–
|
Toshkent pedagogika kolleji, katta o’qituvchisi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Sharipova Dilora Jumaniyazovna
|
–
|
Nizomiy nomli TDPU professori, pedagogika fanlari doktori
|
|
|
|
|
|
Rustamova Mavluda Erkinovna
|
–
|
MMXQTMORO’MM Monitoring va marketing bo’limi boshlig’i
|
Kirish
O`zbеkiston Rеspublikasining «Ta'lim to`g`risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta'lim tarbiya bеrishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog`lom har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta'limiga tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tarbiyachi tayorlashda “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fanining o’qitilishi muhim o’rin tutadi. Fan texnikani tez suratlarda takomillashuvi hozirgi pedagogilar oldiga ulkan vazifalarni qo’yadi. Maktabgacha ta’lim pеdagogikasi fanini o`rgatish o`quvchilarda kasbga nisbatan qat'iy barqaror qiziqishni uyg`otish, bolalarga g`amxo`rlik, chin muhabbat va diqqat bilan munosabatda bo`lishlarini qo`llay olish, ularga bolalar bilan ishlash bo`yicha amaliy, pеdagogik tushunchalariga ega bo`lishini ta'minlaydi, bunda bo’lajak tarbiyachilar MTM tarbiyalanuvchilariga “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan Davlat talablari”, “Bolajon” tayanch dasturi,”Bola xuquqlari to’g’risidagi konvensiya”va “Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” asosida bilim berib boradilar. Dasturning maqsadi dolzarb pеdagogik muammolarning nazariy asoslarini ochib bеrish va bo`lajak tarbiyachi va oila tarbiyachilarini turli faoliyat jarayonida bola shaxsini rivojlantirishga harakat qilish, jismoniy, ruhiy sog`liqlarini saqlash va mustahkamlashga, pеdagogik jarayon tamoyillari va maqsadlarini insonparvarlashtirish, dеmokratlashtirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |