OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB –HUNAR TA’LIMI MARKAZI
Ro’yxatga olindi
№ KMD 3141701-2.05
2012 yil 15 аvgust
|
|
Vazirlikning 2012 yil
15 avgustdagi 332-1-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan
|
DEFEKTOLOGIYA ASOSLARI
FANIDAN O’QUV DASTURI
Fan dasturi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil 24 iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Fan dasturi Toshkent pedagogika kollejida ishlab chiqildi bilim sohasi bo’yicha sho’ba kelishuvidan o’tkazildi (16.07.2012 y. № 1 sonli).
Tuzuvchilar:
|
Raxmonova Valida Sabirovna
|
–
|
TDPU pedagogika fanlari nomzodi, professor
|
|
Abduqodirova Feruza
Abduqaxxarovna
|
|
Toshkent pedagogika kolleji katta o’qituvchisi
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Nurkeldiyeva Dilbar Ahmadovna
|
–
|
TDPU pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
|
|
|
|
|
|
Ismoilova Dilnoza Toxirovna
|
–
|
250-maxsus “ko’p ixtisosli” maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi
|
|
|
|
|
Toshkent -2012
KIRISH
Mazkur dastur Pedagogika kollejining “Maktabgacha ta`lim” yo`nalishidagi “Ixtisoslashtirilgan bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi ”ixtisosligida bilim oluvchi o`quvchilar uchun tuzildi.
Dasturda “Defektologiya asoslari” fanining eng asosiy bo`limlari qamrab olingan.
Ushbu dasturda bolalarda ruhiy va jismoniy rivojlanishida kuzatiladigan kamchiliklarning turlari, kelib chiqish sabablari, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarning xususiyatlari, ularni rivojlantirish, korreksiyalash usullari va vositalari yoritib berildi.
Fanni o’qitishdan maqsad – o’quvchilarda ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar uchun maxsus muassasalarda korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari hamda usullari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
“Defektologiya asoslari” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan ishlar doirasida o’quvchilar:
- rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarni rivojlantirish va korreksiyalash jarayonida maxsus ta’lim-tarbiyaning rolini anglab yetishi, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar uchun maxsus muassasalar tizimining ishi haqida tushunchaga ega bo’lishi, korreksion-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish, tahlil etish va baholash to’g’risidagi bilimga ega bo’lishi, maxsus va umumta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya berish usullarini to’g’ri ta’riflab bera olishi kerak;
- rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar nuqsonlarini tasniflash, maxsus adabiyotlarni tahlil etish, bolalardagi kamchiliklarni korreksiyalash,o’qitish va tarbiyalash uchun didaktik materiallarni tanlash va ulardan to’g’ri foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
- korreksion pedagogik jarayonni nazariy-amaliy tahlil etish, ta’limni tashkil etish shakllari, usullarini amalda samarali qo’llash, ota-onalar bilan ishlash, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta’lim-tarbiya nazariyasini amalda qo’llash malakalariga ega bo’lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |