(Nazariy) O`quvchi bilishi kerak: • T. Morgan nazariyasini.
• Birikkan holda irsiylanishni.
• Jinsga bog`liq holda irsiylanishni;
• Irsiy belgilar va kasalliklarning G. Mendel va T. Morgan qonunlariga tegishliligini ajrata bilishni.
O`quvchi bajarishi kerak. • Birikkan holda irsiylanish bo`yicha masalalar yecha olishi;
• Jinsga bog`liq holda irsiylanish bo`yicha masala yecha olishi.
O`quv axborot mazmuni: T. Morganning xromosoma nazariyasi. Jins genetikasi. Genlarning xromosomada chiziqli joylanishi va birikkan holda irsiylanishi. Birikkan holda irsiylanuvchi belgilar. Krossingoverlangan gametalar, ularning ahamiyati.Genlar orasidagi masofa.Odam xromosomalarining birikish guruhlari.Odam xromosomalarining xaritasi.Odam genetik xaritasini tuzishning ahamiyati.
T.Morganning xromosoma nazariyasini mohiyatini o`rganish. Birikkan holda va jinsga bog`liq bo`lgan holda belgilar va xususiyatlarni normal va patologiyada irsiylanish qonuniyatlarini o`rganish.
* Mustaqil ish: Monoduragay, diduragay va poliduragay chatishtirish bo`yicha masalalarni yechish. T.Morganning nazariyasi asosida genlar orasidagi masofani aniqlash bo`yicha masalalarni yechish.
IRSIYAT VA MUHIT. O`ZGARUVCHANLIK QONUNIYATLARI.
(Nazariy) O`quvchi bilishi kerak: • O`zgaruvchanlikning turlarini. Fenotipik va genotipik o`zgaruvchanlikning farqlarini;
• Fenokopiyani fizik, kimyoviy va biologik ta’sirlar hisobiga yuzaga chiqishini;
• Mutastiyalar, ularning kelib chiqish sabablarini. Mutatsiya turlarini;
• Gen mutatsiyalarini. Xromosoma mutatsiyalari.Genom mutatsiyalari. Genom mutatsiya-larining mexanizmlarini.
O`quv axborot mazmuni: Belgilarning rivojlanishida genotip va atrof muhit omillari ta’sirining ahamiyati. O`zgaruvchanlik va uning turlari. Irsiy va irsiy bo`lmagan o`zgaruvchanlik. Modifikatsion o`zgaruvchanlik va uning adaptiv harakteri. Reaksiya normasi.Odamdagi modifikatsion o’zgaruvchanlikka misollar. Fenokopiyalar va ularning paydo bo`lish mexanizmlari
Genetik materiallarning o’zgarishlari - mutatsiyalar. Spontan va indukstion mutatsiyalar. Ekzogen va endogen, fizikaviy, ximiyaviy va biologik mutagen omillar. Mutastiya turlari: gen, xromosom va genom mutatsiyalar.
Gen mutatsiyalari va ularning mexanizmlari. Gen mutatsiyalarining chastotasi. Xromosom mutatsiyalari (aberrastiyalar) - inversiya, deletsiya, dublikatsiya, translokatsiya va transpozitsiyalar. Genom mutatsiyalar - trisomiya, monosomiya, poliploidiya va aneuploidiya ularning hosil bo`lish mexanizmlari.