Ongning mohiyati Ong muammosi doimo faylasuflarning diqqat-e’tiborini o'ziga



Download 27,66 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi27,66 Kb.
#681697
Bog'liq
11-mavzu


Ongning mohiyati
Ong muammosi doimo faylasuflarning diqqat-e’tiborini o'ziga
jalb qilib kelgan. Buning boisi insonning dunyodagi o'z o'mi va
rolini anglab borishi, atrof muhit, tabiat va jamiyatga, boshqa
odamlarga munosabatini belgilashidir.
Ong o'z tabiati va mohiyatiga ko'ra juda murakkab bo'lib,
uni qator fanlar o'rganadi. Masalan, falsafa, sotsiologiya,
fiziologiya, psixologiya, tilshunoslik, pedagogika kabi fanlar
shular jumlasiga kiradi. Falsafadan boshqa fanlar ongning alohida
ma’lum bir tomonini o'z predmeti doirasida o'rgansa, falsafa
ongni bir butun holda, har tomonlama olib o'rganish asosida
uning umumiy mohiyati, kelib chiqishi va rivojlanishini
umumnazariyjihatdan tahlil qiladi. Falsafada ,,ong“ kategoriyasi
insonning butun moddiy va ma’naviy faoliyatini tahlil qilish va
tushunishning markaziy tushunchasidir. Inson o'zining ongli
faoliyati bilan o'zi mavjud bo'lgan tabiatdan farq qiluvchi
Jkkilamchi tabiatni“va, ayni chog'da, „ijtimoiy muhit“ni, ya’ni
jamiyatni yaratadi. 1
Falsafada inson ongi yuksak darajada tashkil topgan materiyia
— inison miyasining xossasi, inson miyasidagi voqelik in’ikosining
oliy ruhiy shakli, ijtimoiy taraqqiyot mahsuli, deb qaraladi. Ong
muammosini bunday tushunish borliq evolutsiyasi natijasida
noorganik tabiatdan organik tabiatning kelib chiqishi, organik tabiat
taraqqiyotida unga mos in’ikos shakllarining rivojlanib, o'zgarib,
oddiy turlardan murakkab turlarga o'tib borishi asosida shakllangan, degan qarashdan kelib chiqqan. Bu qarash ongning shakllanishida
muhim rol o‘ynagan mehnat, nutq (til)ning o‘rnini to‘g‘ri e’tirof
etish bilan ham bog'liq.
Ongning shakllanishi odamlarning paydo bo‘lishi, so‘ng oziq-
ovqat topish uchun mehnat qilishga o‘ta boshlashi, tabiat
ashyolaridan foydalanib, mehnat qilishga, borgan sayin
ijtimoiylasha borib, jamoa, jamiyat bo‘lib uyushish jarayoni bilan
bog‘liq. Ong, aslida, yarim yowoyi kishilaming o‘zlari tayyorlagan
mehnat qurollari yordamida moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab
chiqarish jarayonida, miyalarida tug‘ilgan fikrlarini bir-biriga nutq
orqali yetkazishga harakat qilishdan boshlab shakllanadi.
Odam obyektiv olamdagi narsa va hodisalarni idrok etganda,
ulami abstraktlashtirib, umumlashtirib ifodalaydigan bo‘ladi. Endi
narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, ular o‘rtasidagi
turli xil munosabatlar odam miyasida tushuncha, hukm va xulosa
shakllarida, xullas, fikr shaklida in’ikos eta boshlaydi.
Natijada, odamda abstrakt tafakkur qaror topadi. Abstrakt
tafakkur obyektiv olamdagi narsa va hodisalarning odam miyasidagi
mavhumlashgan, umumlashgan va, ayni vaqtda, konkretlashgan
tushuncha, hukm va xulosa shakllaridagi fikriy in’ikosidir. Shunday
qilib, odam va jamiyatning rivojlanib borishi bilan ong ham
rivojlanib, til bilan birga taraqqiy etib, ijtimoiylashib boradi., Ong
inson miyasida sodir bo‘Jsa ham o‘z mohiyati jihatidan ijtimoiy
hodisadir. Ijtimoiy ongning muayyan qadriyatlarga tayangan, inson
kamoloti va jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan shakllari
m a’naviyat deb ataladi. Ong va ma’naviyat borliqning o‘ziga xos
shaklidir.
Ijtimoiy ong va ma’naviyat
Falsafaning o'ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda ma’naviy
borliq masalasini „ijtimoiy ong" tushunchasi orqali tahlil etamiz.
Ijtimoiy png mazmuni jihatidan keng, ma’naviyat esa uning
qadriyat darajasiga ko‘tarilgan shaklidir. Ijtimoiy ong shakllari
ma’naviyat darajasiga ко‘tarilgandagina jamiyat taraqqiyotiga ijobiy
ta’sir etadi.
Ijtimoiy ong jamiyat ongi sifatida ijtimoiy borliqning in’ikosidan
iboratdir. Bir butun jamiyat ana shu ijtimoiy borliq va ijtimoiy
ongning birligidan iborat. Ijtimoiy borliq jamiyatning moddiy
hayotini, ijtimoiy ong esa uning ma’naviy hayoti asosini tashkil
qiladi. Jamiyatning moddiy hayoti moddiy ishlab chiqarishning,
ma’naviy hayoti esa ma’naviy ishlab chiqarishning mahsulidir.
Jamiyat moddiy hayotining asosida moddiy ishlab chiqarish
yotganidek, jamiyat ma’naviy hayotining asosida jamiyatning
ma’naviy ishlab chiqarishi yotadi. Ijtimoiy ong va uning shakllari
ayni shu ma’naviy ishlab chiqarish tufayli yuzaga keladi.
Jamiyatning та ’naviу ishlab chiqarishi deganida nimani
tushunamiz?
Ma’naviy ishlab chiqarish bir butun ijtimoiy ishlab chiqarish­
ning tarkibiy qismi bo'lgan moddiy ishlab chiqarish bilan
chambarchas bog‘liq jamiyat ma’naviy hayotini ham ishlab
chiqarishini tushunamiz.
Ma’naviy ishlab chiqarish —bu jamiyatni shakllantirishning
maxsus yo‘nalishi boiib, jamiyatda yangi tasawurlarni, tushun-
ehalarni, g‘oyalar va qarashlami, bilimlar va nazariyalarni,
muammolar va gipoteza (faraz)larni, ta’limotlarni vujudga
keltirish, xullas jamiyat ijtimoiy ongi va uni tashkil etgan: mifologik,
diniy, falsafiy, ilmiy, badiiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy va shu kabi
ma’naviy qadriyatlarni yaratishdir.
Ma’naviy ishlab chiqarish jamiyatning tarixiy taraqqiyoti
jarayonida moddiy ishlab chiqarishda ishtirok qiluvchi kishilar
ma’naviy faoliyatlarining shakllari sifatida yuzaga keladi, ya’ni
ma’naviy ishlab chiqarish ham tarixiy xarakterga ega. Shuningdek,
ma’naviy ishlab chiqarish kishilaming bevosita aqliy-ijodiy
faoliyatlari bilan bog‘liq holda o‘ziga xos vorislikka ham ega. Ma’naviy
ishlab chiqarishda ijodkor o‘zidan oldin yaratilgan ma’lum ma’naviy
boyliklarni o‘zlashtirib, ulami qayta ishlab, o'zicha baholab, egallab
olgandan so'ng, o‘zi ham muayyan sohalarda yangi ma’naviy
boyliklar yaratadi.
Ma’naviy taraqqiyot asosida muayyan talablar va ehtiyojlar
yotadi. Ma’naviy ehtiyojlar va talablar jamiyat ma’naviy ishlab
chiqarishini yuzaga keltiruvchi, uning ma’naviy hayotini
harakatlantimvchi kuchlar sifatida jamiyat a’zolarining qiziqishlari,
maqsadlari, orzu-umidlari, rag'batlari, xohish va istaklari hamda
irodalarida o‘z ifodasini topadi.
Insonning ma’naviy ehtiyojlari va talablari doimo jamiyat
ma’naviy ishlab chiqarishi oldiga muayyan yangi vazifalarni va
muammolarni hal qilishni qo‘yadi. Shu jihatdan, har bir ijtimoiy
davrning o‘z ma’naviy ehtiyojlari va talablari mavjud bo‘lib, ular
jamiyatning o'zgarib va rivojlanib borishi bilan o‘zgarib va rivojlanib,
eskilari o‘miga yangilari paydo bo‘lib boradi. Jamiyatda bu vazifalar
va muammolarning hal bo'lishi uchun ma’lum obyektiv va
subyektiv shart-sharoitlarning yuzaga kelishi bilan ular jamiyat
a’zolari tomonidan anglab olinib, amalga oshirishga kirishiladi.
Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek, ,Дгкт fuqaro
та ’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan
eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz о ‘z haq-huquqlarini
taniydigan, o ‘z kuchi va imkoniyatlariga layanadigan, atrojida sodir
borayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan
yondashadigan, ayni zamonda, shaxsiy manfaatlarini mamlakat
va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda k o ‘radigan erkin, har
jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz keraktil.
Ma’naviy ishlab chiqarish, odatda, individual va ijtimoiy ong
tadriji asosida amalga oshadi. Jamiyat ma’naviy ishlab chiqarishi
tufayli vujudga kelgan hamma tasawur va tushunchalar, turli-
tuman qarashlar, e’tiqodlar, ishonchlar, maqsadlar, niyatlar,
g‘oyalar, nazariya va ta’limotlar, xullas, barcha ma’naviy qadriyatlar
ana shu individual va ijtimoiy onglarga mansubdir.
Individual va ijtimoiy onglar birlikda bir butun jamiyat ongini
tashkil qiiadi. Bunda individual ong bir kishi yoki alohida shaxs
Ongi bo‘lib, ijtimoiy ong esa, jamiyatdagi ma’lum ijtimoiy guruhlar,
sinflar, elatlar, xalqlar, millatlar, ijtimoiy qatlamlar onglaridir.
Individual ong ijtimoiy ong bilan bog‘liq bo‘lib, u ijtimoiy ongning
umumiy va asosiy elementlarini o'zida mujassamlashtirgan boiadi.
Jamiyatdagi har qanday yangi tasawur, fikr, g‘oya, qarashlar,
dastlab, ana shu individual ongda paydo bo'lib, so‘ng ijtimoiy
ongda obyektivlashadi. Individual ong, shu bilan birga, o‘zida ijtimoiy
ongda mavjud bo‘lmagan tomonlarga, xususiyatlarga ham ega bo‘ladi.
Ijtimoiy ong bir butun ijtimoiy borliq asosida shakllansa, indi­
vidual ong ma’lum konkret davrdagi ijtimoiy guruh, ma’lum
jamoa, oilada, konkret kishilar ta’sirida, ta’limi va tarbiyasida
shakllanadi. Bunda jamiyatdagi ma’lum ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy
qatlamlar, elat va millat, xalqlarga xos bo‘lgan ijtimoiy ong indi­
vidual onglarning о‘ziga xos xususiyatlarini inkor etmaydi,
aksincha, individual onglarning hammasi uchun umumiy bo'lgan
tomonlari va xususiyatlarinigina ifodalaydi, xolos. Individual ongda
ijtimoiy ong shakllari bo‘lmagan rang-barang xususiyatlar ham
mavjud bo‘ladi. Buning sababi, ijtimoiy ongni bir butun ijtimoiy
borliq belgilasa, individual ongrii yakka kishining yoki shaxsning
ijtimoiy turmush sharoiti, uning qaysi ijtimoiy guruh yoki
jamoaga, ijtimoiy qatlamlarga mansubligi, u tug'ilib o'sgan va
tarbiyalangan oila sharoiti va, nihoyat, o'zining gcnctik hamda
ruhiy tomonlari belgilaydi.
Individ (yakka kishi) jamiyat bilan o'zaro chambarchas bog'liq
bo'lgani kabi. individual ong ham ijtimoiy ong bilan o'zaro dialektik
asosda bog‘liq bo'ladi. Bu bog'liqlik shundaki, ular o‘zaro bir-
birlariga ta’sir va aks ta’sir qiladi, bir-birlariga o'tadi va bir-birlarini
boyitib boradi. Ularning birini ikkinchisisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Shaxs va jamiyat ma’naviy kamolotining dialektik birligi shu bilan
taqozo etiladi.
Ijtimoiy ongning tarkibi
Ijtimoiy ong o'z tarkibiga ko‘ra: oddiy va nazariy ong, ommaviy
ong,ijtim oiy ruhiyat va mafkura hamda ijtimoiy o«gning
turli shakHaridan iborat bo'ladi, Ular ijtimoiy ong tuzilishi va tarkibida
o'zlarining tutgan o'rinlariga, ijtimoiy ong. rivojlanishining darajasiga
ko‘ra, ijtimoiy ongning quyi va yuqori bosqichlarini tashkil qilish-
lari jihatidan bir-birlaridan farq qiladilar. Shu bilan birga, ular
o'zaro bir-birlariga ta’sir va aks ta’sir qilib turuvchi, bir-birlari
bilan chambarchas bog'liq va aloqador, lekin, har biri o'ziga xos
xususiyatlariga ega bo'lgan ijtimoiy ongning turli ko'rinishlaridan
iboratdir. Shu sababli ular bilan alohida-alohida tanishib chiqamiz.
a) Oddiy va nazariy ong
Ijtimoiy ong rivojlanishining darajasiga ko'ra: oddiy (kundalik)
ong va nazariy ong\m' bir-birlaridan farq qilinadi. Ular ijtimoiy
borliqni oddiy, kundalik, odatdagi billshimiz darajasiga borib
taqaladi. Oddiy ong bizning har kungi amaliy ishiarimiz jarayonida
stixiyali holda, o'z-o'zidan, o'zaro bog'liq predmet va hodisalar
tashqi tomonlarining empirik in’ikosi sifatida hosil bo'ladigan
bilimlar va tasawurlardir. Nazariy ong esa, borliqdagi predmet va
hodisalarning ichki muhim aloqadorliklari va qonuniyatlarining
nazariy tafakkur darajasidagi in’ikosidan iborat bo'lib, Ular
odatda, falsafada hamda ijtimoiy ongning boshqa turli shakllarida
o'z ifodasini topadi. Ijtimoiy ong rivojlanishi darajasidagi oddiy
ong va nazariy ongning bunday ajratilishi bola ongida kunadlik oddiy
tasavvur va qarashlar vujudga kelishi bilan unda ilmiy tushun-
chalar va qarashlaming paydo bo'lishi misolida yaqqol o'z ifodasini
topadi. Bola ongida kundalik hayot haqidagi oddiy tasawurlar, lining
har kungi oddiy hayoti faoliyatida o‘z-o‘zidan paydo bo‘la boradi.
Lekin, bola ongida ilmiy tushunchalarning, ya’ni nazariy ongning
paydo bo‘lishi uchun u bilan maxsus o‘qish-o‘qitish, ta’lim-tarbiya
ishlari olib borish lozim bo‘ladi. Unda nazariy ong: turli fanlami
о ‘ rganish va mutaxassislar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlar,
muloqotlar asosida shakllanadi. Ijtimoiy hayotda har bir kishi uchun
oddiy ong ham, nazariy ong ham o‘z o‘rnida juda zarur.
Real ijtimoiy hayotda oddiy ong nazariy ong bilan shu qadar
chirmashib ketgan boMadiki, ularni bir-birlaridan ma’lum chegara
bilan ajratish qiyin, ular o‘zaro birlikda, doimo bir-biriga ta’sir va
aks ta’sirda bo‘ladi. Bunda nazariy ong oddiy ongga ta’sir qilib,
uni kengaytirishi, chuqurlashtirishi, o‘zlashtirishi va natijada, uni
,/nadaniylashtirishi “ mumkin. Ammo, ayni vaqtda, nazariy ong
qancha yuqori rivojlansa ham, oddiy ong kishilaming kundalik
oddiy hayotiy faoliyati uchun juda zarur. Oddiy ong, odatda,
oddiy kundalik Ksog‘lom fik r“dn o‘z ifodasini topadi. Biz bu
„sog'lom fikr“ bilan prinsip jihatidan obyektiv borliqdagi har
qanday voqea-hodisalarni qarab chiqishimiz. ularni baholashimiz
va izohlashimiz mumkin. Biroq bu ,,sog‘lom fikr“ bilan qilingan
xulosalarimiz hamma vaqt ham to‘g‘ri bo'lavermaydi. Chunki, bu
hulosalar, odatda, empirik umumlashmalar bilan chcklangan, bir
tomonlama, to‘liq bo lmaydi.
b) Ommaviy ong
Ommaviy ong oddiy va nazariy onglardan farqli o‘laroq,
ijtimoiy ongning jamiyatdagi ko‘pchilik kishi larga—; xalq ommasiga
xos bo‘lgan, ularning kundalik hayot ehtiyojlari va manfaatlarini
aks ettiruvchi shaklidir. Ommaviy ong jamiyatdagi turli kasbdagi
kishilar o‘rtasida keng tarqalgan tasawurlar va tushunchalami,
turli, g‘oyalar va qarashlarni, xomxayollarni, hissiyotlarni ham
o‘z ichiga oladi. Unda, odatda, ijtimoiy ongning turli shakllari va
darajalarining hammasi birgalikda, bir-biri bilan qorishib ketgan
holda mavjud bo‘ladi. Ommaviy ong, ko‘pincha, muyyan omma
ma’naviy saviyasining pastligi yoki yetukligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ommaviy ongning holati esa shu davrga xos jamoatchilik fikri,
ommaning kayfiyati va faoliyatlarida ifodalanadi.
Antagonistik jamiyatlarda ommaviy ong iqtisodiy ya. .siyosiy
jihatdan hukmron guruhlar va sinflarning mafkurasi, ,barcha
ma’naviy ta’sir vositalari tazyiqi ostida, mavjud, shart-sharoitlar
natijasida ham shakllanishi mumkin. Demokratik jamiyatlarda esa,
ommaviy ongning shakllanishi turli mafkuralar ta’sirida, turli xil
g'oyaviy-tarbiyaviy ishlar olib borilishi natijasida yuzaga keladi.
Ommaviy ong ommaning xulq-atvori, jamoatchilik fikri, ommaviy
axborot va targ'ibot vositalari faoliyati bilan bog'liq. Ommaviy ong,
shu bilan birga, jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari va ilmiy-
texnika taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liq bo'ladi.
Jamiyat ma’naviy hayotiga oid qadriyatlar va axloqiy me’yor­
lar, an’analar, ehtiyojlar, intilish va istaklar, siyosiy qarashlar,
ijtimoiy ideallar, har xil obyektiv va subyektiv vaziyatlarga bo'lgan
reaksiyalar —bular bari ommaviy ong sohasiga ham tegishlidir.
Ommaviy ong, bular bilan birga, o'z tarkibiga omma orasiga keng
yoyilgan har xil tasawurlarni, umumiy bilimlar va me’yorlami,
ma’lum e’tiqod element(unsUr)larini ham qamrab oladi. Xullas,
ommaviy ong shu qadar ,,chegarasiz“ki, u ma’lum ma’noda
ijtimoiy ong shakllarining hammasiga oid elementlarni o'z ichiga
oladi. Chunki ommaviy ong o'z hajmi va mazmuni jihatdanijtimoiy
ong shakllari tarkibiga to'liq kirmaydi. Ommaviy ongning subyekti
omma, keng xalq ommasidir. „Отта, xalq ommasi “tushunchalari
esa, o'z mazmuniga ko'ra, ,plomon “ tushunchasidan tubdan farq
qiladi. Omma, xalq ommasi ma’lum faoliyat va kayfiyati jihatidan
bir-biri bilan bog'langan ijtimoiy birliklardir. Olomon esa, hech
qanday umumiy birlikka ega bo'lmagan kishilarning yagona maqsad
asosida uyushmagan gumhlaridir.
Ommaning olomondan farqi quyidagilar:
a) omma ma’lum barqaror tabiatga ega bo'lgan birlik;
b) nihoyat, omma har bir tarixiy sharoitda, har bir konkret
faoliyatda o'zgarib boruvchi birlik.
Demak, yuqorida aytilganlardan shunday xulosa qilish
mumkinki, har bir tarixiy davrning o'ziga xos ommaviy ongi
mavjud. Bu ommaviy ong ijtimoiy ongning boshqa ko'rinishlari va
shakllari bilan chambarchas bog'liq bo'ladi. Bular ijtimoiy ruhiyat
va maflairadir.
Download 27,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish