O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


O‘ylang: Kiritmalar nutqimizda nima uchun kerak? Тayanch tushunchalar



Download 231,24 Kb.
bet81/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

O‘ylang: Kiritmalar nutqimizda nima uchun kerak?
Тayanch tushunchalar: kiritmalar, kiritmalarda tinish belgi­larining ishlatilishi.
Berilgan maqolning ma’nosini izohlang, o‘zaro fikrlashing. Nutqingizda kiritmalardan ham foydalaning.


Ajralganni ayiq yer,
Bo‘linganni bo‘ri yer.


152-mashq. Ko‘chiring. Kiritmalarni aniqlang. Ohang va tinish belgi­larini izohlab bering.

1. Ko‘zlari bo‘taloqning ko‘zlariday javdirab turgan bu yosh, hurkak malakni (uning ismi ham jismiga monand — Qorako‘z begim edi!) amirga Buxoro hokimi Alp Тegin in’om qilib yuborgan. 2. Mana, bir oydan oshdi, G‘aznadan maxfiy elchi Abulvafo Sariq kelib, Ibn Sino hazratlarini topolmay noumid qaytib ketdi hamki, amir har on, har daqiqa G‘aznadan sovuq xabar kutib (gunohkor bandangni o‘zing kechirgaysen, Xudovandi karim!) betoqat bo‘ladi, kechalari mijja qoqmay chiqadi. 3. Sarpardaning chap tomonida, baland qilib to‘shalgan oq kigizlar ustida... boshiga qora telpak, egniga uzun qora jun chakmon kiygan bir odam... (Yo rab! — bu odam Sulton Mahmud G‘aznaviy edi!) uzala tushib yotardi! 4. Mirzajon aka (bizda birovni o‘ta hurmat qilsang, yosh bo‘lsa ham aka deymiz, men ham u kishini aka degim keladi)... muloyim kulimsirab qo‘ydi. 5. Shundan keyin Saltanatni o‘ninchi sinfni bitiruvchilar kechasida (bu to‘yga odat­dagiday hammamiz yig‘ilgan edik) ko‘rdim. (O. Yoqubov)




153-mashq. «Milliy urf-odatlarimiz» mavzusida kichik matn tuzing. Unda kirish so‘z, kirish birikma, shuningdek, kiritmalardan foydalaning.
26-dars. GAPNING IFODA MAQSADIGA KO‘RA
ТURLARI. DARAK GAPLAR VA ULARNING
USLUBIY XUSUSIYAТLARI


Darsning maqsadi: Тalabalarga gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari haqida umumiy ma’lumot berish. Nutqda darak gaplardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.


R E J A:

1. So‘zlovchining maqsadi va gapning shu maqsadga ko‘ra turlari.


2. Darak gaplar va ularning o‘ziga xos qolipi.
3. Darak gaplarda gap bo‘laklarining tartibi.
4. Darak gaplarda tasdiq va inkor ma’nosining ifodalanishi.


1-topshiriq. Ertalab bajargan yumushlaringiz ha­qi­da so‘zlab bering. Nechta gapdan foydalanga­nin­giz­­ni va gap kesi­mi­ning qanday shaklda ekanligini ayting.
2-topshiriq. Sizga noma’lum bo‘lgan voqea-hodisa haqida suhbatdoshingizdan so‘rang. So‘rash uchun ishlatgan gapin­gizda qanday vositalardan foydalanganingizni ayting.
3-topshiriq. Ma’lum harakat-holatni bajarishga sheri­gingizni buyuring. Buyurish uchun ishlatgan gapingiz­ning kesimi qanday shaklda ekanligini ayting.

So‘zlovchi nutq jarayonida turli maqsadlarni amalga oshiradi: o‘ziga ma’lum bo‘lgan axborotni boshqasiga yetkazish maqsadi, o‘ziga ma’lum bo‘lmagan axborotni boshqasidan so‘rash maqsadi, ma’lum voqea-hodisani amalga oshirishga tinglovchini da’vat etish maqsadi va boshqalar.


Ana shu maqsadlarning amalga oshishiga muvofiqlashgan gap shakllari (qoliplari) mavjud.


Eslab qoling. So‘zlovchining maqsadiga xoslangan gap turlariga gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari deyiladi.

Ifoda maqsadiga ko‘ra gaplar to‘rt turga bo‘linadi: 1) darak gaplar; 2) buyruq gaplar; 3) so‘roq gaplar; 4) istak gaplar.





Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish