O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


O‘ylang: Bir fikrni darak va so‘roq gaplar orqali ifodalash mum­kinmi? Тayanch tushunchalar



Download 231,24 Kb.
bet89/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

O‘ylang: Bir fikrni darak va so‘roq gaplar orqali ifodalash mum­kinmi?
Тayanch tushunchalar: so‘roq olmoshi, so‘roq ohangi, so‘roq yuklamasi, so‘roq-buyruq gap, so‘roq-darak gap.
Berilgan maqolni yod oling, ma’nosini izohlang hamda uni so‘roq gaplarga aylantiring.


So‘z aytganda bilib ayt,
Naql-matal qo‘shib ayt.


164-mashq. Gaplarni o‘qing. Darak gaplarni so‘roq gaplarga aylan­tiring. (Ohang yordamida, yuklamalar, so‘roq olmoshlari yordamida.)

1. Yong‘oqdan yasalib, naqsh-u nigor o‘ymakorlik ila jilo berilgan darvoza qarshisida bir zum nafas rostlab, asta qo‘ng‘iroq tugmasini bosdim. 2. Oqshom chog‘i bu xabardan ogoh bo‘lib, Muhammad Sharifning kapalaklari uchib ketdi. 3. Boshimni qashlab, hayrat barmog‘imni tishlab, damim ichimda, indamaygina izimga qaytdim. 4. Kechqurun idorada navbat­dagi mashvarat bo‘ldi. 5. Ust-boshimni yechib, men ham asta xonamga kirdim. 6. Тaom mahali yetib, qorinlar surnay navosini boshladi. 7. Shodiyor shu bo‘yi uch kecha-yu uch kunduz bedarak ketdi. 8. Yarim soatlardan so‘ng butunlay o‘zga liboslarda javlon urib chiqdi, osh­xona yo‘la­gida turganimni ko‘rib, qo‘l silkib qo‘ydi. 9. Bir­galashib taom tayyorlamoqqa kirishdik. 10. Sabr kosam to‘lib-toshdi-yu irg‘ib turdim, qahr bilan eshikni ochib kirdim. (X. Sultonov)




165-mashq. O‘qing. Darak gaplardan so‘roq gaplar hosil qiling, qanday vositalar yordami bilan so‘roq gapga aylantirganingizni ayting.

PAYG‘AMBARIMIZNING VASIYAТLARI


— Yo Ali, munofiqning uch alomati bordir: so‘zlasa yolg‘on so‘zlar; va’dasiga xilof ish tutar; omonatga xiyonat qilar.


— Yo Ali, hosid, ya’ni hasad etguvchining uch alomati bordir: Sening oldinda jo‘shlik qilar; orqangdan xiyonat qilar: agar senga biror musibat yo g‘am yetsa, unga xursand va shodmon bo‘lar.
— Yo Ali, halim (muloyim) kishida uch alomat bordir: orasi buzilgan kishi bilan aloqani tiklar; qo‘lidan hech ish kelmaydigan, ya’ni o‘z tirik­chiligini o‘zi ko‘rishi qiyin bo‘lgan kishiga ehson qilar; unga kimki zulm qilsa, o‘shani avf etar.
— Yo Ali, vaqtiki, sadaqa bermoqchi bo‘lsang, halol molingdan bergil. Bir halol luqma yo bir palla halol xurmoni sadaqa qilib berish Olloh taoloning oldida mingta haromdan kelgan tillani bergandan yaxshiroqdir.
— Yo Ali, zinhor o‘liklar birla o‘tirmagaysan. Aytdim: «Yo Rasulul­loh, murdalar kimlardir?» Aytdilar: «Johillar va g‘ofillar — o‘liklardir».



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish